To’qimalar o’limi. Qon aylanishining o’tkir buzilishi. Arterial emboliya. Klinik ko’rinishi, davosi. Arteriyalar o’tkir trombozi. Klinik ko’rinishi, davosi. Quruq va nam gangrena, mahalliy va umumiy davolash usullari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana14.03.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1266558
1   2   3
Bog'liq
21-mavzu Taqdimot

Klinik manzarasi 

Kasallik tezda zo'rayib boradi. Oyoq avvaliga oqaradi, muzlaydi, keyin 
ko'kimtir-qizil dog'chalar paydo bo'ladi, epidermis qatlam-qatlam bo'lib 
ko'chadi, qo'lansa hidli, qon aralash ekssudatli pufakchalar hosil bo'ladi. 
To'qimalar juda ham shishib ketadi, zararlangan oyoqda qattiq og'riq turadi.
Davolash 

Umumiy davolash prinsipi intoksikatsiyaga va infeksiyaga, moddalar 
almashinuvining buzilishini bartaraf etishga qaratiladi. Katta miqdorda 
kritalloidlar (natriy xloridning izotonik eritmasi, glyukozaning 5-10 
foizli eritmasi) yuboriladi, qon, plazma, qon o'rnini bosuvchi suyuqliklar 
(gemodoz, jelatinol, kam molekulyar poliglyukin) qo'yiladi, shuningdek 
antibiotiklar, nitrofuran preparatlari, yurak dorilari va siydik haydovchi 
moddalar qo'llaniladi. 
Bemorning hayotini saqlab qolish uchun jarayon tugashini kutib 
o'tirmay, gangrena bo'lgan oyoqni ertaroq amputatsiya qilish zarur. 
Nekrektomiya va nekrotomiya kor qilmasdan, balki bemorning ahvolini 
og'irlashtiradi, zaharlanish manbaini butunlay bartaraf etmaydi. 
Qorin bo'shlig'i organlari gangrenasida oshig'ich operatsiya qilib, 
qorin bo'shlig'ini ochish (laparotomiya), zaharlangan a'zoni kesib 
tashlash (lekin operatsiyani hamma vaqt ham qilib bo'lmaydi) va qorin 
bo'shlig'ini tozalash tavsiya etiladi va umumiy infeksiyaga
intoksikatsiyaga qarshi kurashiladi

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling