O`qotar qurollardan zaralanishda ichki kasalliklar. Zarb to`lqinidan zararlanish


Download 0.96 Mb.
Sana31.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1314226
Bog'liq
Temirov Fayoz

O`qotar qurollardan zaralanishda ichki kasalliklar. Zarb to`lqinidan zararlanish

Bajardi: Temirov Fayoz

Qbul qildi : Kadirov Bexruz

Hozirgi jangovor xirurgik travmalar

  • O`qotar qurollardan yaralanishlar
  • O`qotar bo`lmagan mexanik travmalar
  • Kombinatsiyalangan zararlanishlar
  • Izolatsiyalangan , aralash va polia`zo travmalari

O`qotar qurollardan yaralanish:

  • Bu organizm organ va to`qimalarining o`q tufayli anatomik va fiziologik butunligining buzilishi fonida kechuvchi, o`ziga xos ya`ni zararlanish kanali, kanalga kirish va chiqish zonalarining mavjudligi bilan xarakterlanuvchi shikastlanish hisoblanadi.

O`q hosil qilgan yaraning o`ziga xosligi:

  • Teri zararlanishi darajasi undan chuqurroqda joylashgan boshqa a`zolar zararlanish darajasidan kamroq
  • O`lik hamda nekrozlanayotgan to`qimalarning bo`lishi
  • Yaqin soatlar va kun ichida yangi nekrozlanish o`choqlarining paydo bo`lishi
  • Yara kanalining turli qismida to`qimalarning turlicha zararlanishi
  • Murakkab konturli yaraning paydo bo`lishi
  • To`qimalarda yod moddalarning bo`lishi

Yaralar klassifikatsiyasi

  • Yaralovchi qurol turiga qarab: o`qli, oskolkali, yaralovchi shariklar
  • Anatomik lokalizatsiyasiga ko`ra: bosh, bo`yin, ko`krak va boshqalar
  • Zararlangan to`qima turiga qarab :
  • Yumshoq to`qima zararlanishlari, suyak zararlanishi, tomir va nervlar , ichki organlar zararlanishlari

  • Yara kanaliga ko`ra :teshib o`tuvchi va teshib o`tmaydigan
  • Yaralar soniga ko`ra: bir yarali va ko`p yarali

Yara ballistikasi-yara paydo bo`lish mexanizmini o`rganadi

O`qotar quroldan yaralanish:

  • Zarb to`lqini;
  • Yaralovchi o`qning : deviatsiyasi, pretsessiya, nutatsiya;
  • Vaqtinchalik pulsatsiyalanuvchi bo`shliq

Yara kanalining tuzilishi

  • Yara kanali hududi:bevosita zarba hisobidan paydo bo`ladi
  • Birlamchi nekroz o`choqlari
  • Ikkilamchi nekroz o`choqlari
  • Yara kanali bo`shlig`i: o`lik to`qimalar, birlamchi zararlovchi jism, oskolkalar, yot tanachalar, qon bilan to`lgan bo`lishi mumkin
  • Yara devorlari - birlamchi nekroz o`choqlari
  • Periferiyada ikkilamchi nekroz o`choqlari bo`ladi

Infeksiya

  • Yaralangan zona nafaqat yuza balki chuqur to`qimalar ham doimo birlamchi mikroblar bilan zararlanadi. Bu infeksiyalarga stafilokokk,streptokokk, anaerob infeksiya qo`zg`tuvchilari
  • Birlamchi infeksiyaning tushishi yaralanish paytida yuz beradi, ikkilamchisi esa keyingi davrdagi yara korreksiyasi davrida paydo bo`ladi

Klinikasi

  • O`qotar quroldan yaralangandan keyin bemor ahvoli yaralagan jism hajmiga , yaralangan sohaga bog`liq bo`ladi. O`q organ va to`qimalar butunligini buzish bilan birga ularning funksiyasini ham buzadi. Bemorda o`tkir va surunkali asoratlar paydo bo`ladi. O`tkiriga travmatik, kardiogen, postgemorragik shoklar kiradi. Keyingi surunkali davrda bemor ahvoli infeksiya , intoksikatsiya, sepsis, gipovolemiya fonida kechadi.

Tibbiy yordam ko`rsatish

  • Tez tibbiy yordam sifatida bemordagi o`tkir asoratlarga qarshi ya`ni shokga qarshi kurashiladi. Narkotik analgetiklar, gemostatiklar hamda qon ketayotgan sohaga jgut, bosib turuvchi boylamlar qo`yish
  • Rejalashtirilgan tibbiy yordam harbiy gospitalda olib boriladi va yaraga xirurgik ishlov berishdan iborat.

E`tiboringiz uchun rahmat!


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling