1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 1.53 Mb.
|
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu yuzasidan testlar
- Mustaqil ishlash uchun topshiriq “Konseptual jadval”ni ko’rsatilgani kabi ma’lumotlar bilan to’ldiring.
(„Kutubxona “ telegram kanalidan)
Tavsiya etilgan so‘zlar: davolash, eshitganmisiz, tavsiya, duch, yo‘l, to‘satdan, mazmun, faol, kuchaytiradi, tarixiy, hayot, to‘plam, hayrat, foydali. №9. Nuqtalar o‘miga qavs ichidagi so‘zlardan mosini tanlang. 1. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ,,Al-jabr va al-muqobala“ kitobi atigi 80 betdan iborat, ammo bu kitobning dovrug‘i ... (asir, asr)lar osha butun jahonga ... (taralgan, yoyilgan, tarqalgan). 2.Londondagi birinchi ... (yurt, xalq) kutubxonasining asoschisi S.Fenkorning talabi bilan kitob varaqlarini buklagan kishilarga nisbatan jazo chorasi qo‘llangan: aybdorlar jazolangan yoki 7 yil qamoqqa ... ( amr, amir) qilingan. 3.Kitobdan o‘zingizga yoqqan voqea ... (hayoli, xayoli) bilan oz muddat bo‘lsa-da, yashab ko‘rganmisiz? (A.Muxtor) 4.Bir ... (qayta, marta, qur) o‘qiladigan kitobning hozirgi kuni bor, takror-takror o‘qiladigan asarning ... (yoriq, yorug‘) kelajagi bor. (A.Dyuma) 5.Abu Rayhon Beruniy yozgan 150 ta kitobning 70 tasi ... (astronomiya, falakiyot, ilmi nujum) ga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi kartografiyaga, 3 tasi ob-havo masalalariga, 3 tasi minerologiyaga, 1 tasi fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi ... (tarix, o‘tmish, qadim)shunoslik va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga va 18 tasi adabiyotga ... (ato etilgan, bag‘ishlangan, nisor qilingan). (U.Karimov) 6.Rimning mashhur shoiri Franchesko Petrarka (1304-1374)ning izzat-ikromini shu darajada joyiga qo‘yishganki, u o‘z sayohati davomida ... (asl, asil) muxlislaridan biri bo‘lgan zargarning uyida bir kecha ... (uxlagach, dam olgach, tunagach), xonadon sohibi shu xonaning devoriga oltin suvini yuritib chiqqan ekan. 7.Kopernikning 40 yil davomida yozgan „Sayyoralarning quyosh tevaragida aylanishi“ nomli kitobida keltirilgan ... (dalil, dadil)lar bugungi nazariyotchilar uchun haqiqiy maktab bo‘ldi. 8.Markaziy Osiyo hududidagi dastlabki kutubxona eramizning uchinchi asrida ... (azim, azm) Xorazmda ... (vujudga kelgan, paydo bo‘lgan, hosil bo‘lgan). №10. Berilgan matnni o‘qing. Ma’nodoshi, shakldoshi, zid ma’nolisi, talaffuzdoshi mavjud so‘zlarni aniqlab, javobingizni izohlang. To‘rtta asosiy to‘qimalar mavjud: epiteliy, biriktiruvchi to‘qima, muskul to‘qima, nerv to‘qimasitananing hamma qismlari shu komponentlardan tashkil topgan bo‘lib, katta anatomik tuzilmaning farq qiluvchi tashqi ko‘rinishi qaysi to‘qima pridominant bo‘lishiga bog‘liq. Har bir to‘qima o‘xshash hujayra va ularning hosilalaridan iborat. Turli xildagi hujayralar, ushbu hosilalar muvozanati va turli to‘qimalar yig‘indisi tananing har bir qismiga aniqlatib bo‘ladigan aniq ko‘rinish beradi. Hujayralarni o‘rganishga juda ko‘p mikroskopik usullar mavjud. Mavzu yuzasidan testlar 1.Omonim so‘zlar berilgan qatorni toping. A) do‘st, o‘rtoq, birodar, og‘ayni B) bosh, katta, kam, sog‘, tez C) yara, son, kul, soz, shim D) yig‘lamoq, shirin, go‘zal, nam 2. Qanday so‘zlarga paronim so‘zlar deyiladi? A) aytilishi bir-biriga yaqin, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar B) shakli bir xil, ammo ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar C) aytilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nosi har xil bo‘lgan so‘zlar D) qarama-qarshi ma’noli so‘zlar 3.Qimmat so‘zining antonimi bilan sinonim bo‘la oladigan iborani belgilang. A) oshig‘i olchi B) mehri baland C) suv tekin D) bozori chaqqon 4. 1) nash‘a - nasha; 2) sava - sa‘va; 3) ta‘na - tana; 4) qal‘a – qala. Berilgan paronimlarning qaysilari turli so‘z turkumi doirasida kuzatiladi? A)1,4 B) 1,3 C) barchasida D) 2,4 5.Istilo va istiloh so‘zlarining lug‘aviy ma’nosini belgilang. A) istilo va istiloh bir so‘zning ikki xil shaklda yozilishi bo‘lib, «qurol kuchi biIan bosib olish, zabt etish» degan ma’nolarni anglatadi B) istilo - bosib olish, istiloh - o‘zgarish, reforma qilish C) istilo - bosib olish, istiloh - termin, atama D) istilo - bosib olish, istiloh - bu so‘zning tarixiy shakli 6.Mufassal so‘zining lug‘aviy ma’nosi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan? A) uzluksiz, to‘xtovsiz B) mutlaq, absolut C) qisqa, lo‘nda D) to‘liq, batafsil 7.Hayot shu ekan-da: yog‘du va zulmat, Qish-u yoz, o‘ng-u tush, tirik va o‘lik. Shusiz bo‘lmas ekan tugallik sira, Hatto qush na‘gmasi: go‘zal va xunuk. Berilgan she‘riy parchada nechta zid ma‘noli so‘zlar juftligi bor? A) 5ta B) 4 ta C) 6 ta D) 3 ta 8.Qaysi qatorda paronimlarni qo‘llash bilan bog‘liq xato mavjud? A) Tamburimning ovozi – yorimning sho‘xchan nozi. B) Ot abzalin shayladi, o‘q-anjomin boyladi. C) Nodirjon o‘yinga berilib ketganidan kech kirganini bilmay qoldi. D) Tanbalga ish buyursang, otangdan yaxshi maslahat beradi. 9.Qaysi qatorda paronimlar berilgan? A) gado – gadoy B) asta – ohista C) yuvundi – yuvindi D) battar - badtar 10. Qaysi qatorda yondosh o‘rnida uning paronimi qo‘llangan? A) Yo‘lga yondash anhor shovullab oqardi. B) Yaxshiga yondash, yomondan qoch. C) Masalaga to‘g‘ri yondashmoq kerak. D) Durdona dugonalariga yondashib soy bo‘yiga yo‘l oldi. Uy ishi 1.Quyida berilgan jadvallar asosida misollar yozing. 2.Quyida berilgan birliklardan shakldosh so‘zlarni ajrating va ma’nosini izohlang. Bo‘y, karam, alif, oila, turkum, lug‘at, yeng, kengash, qon, yetti, taxmin, avra, alam, oshiq, to‘sh, tup, huzur, shol, chechak. 3.Quyida berilgan talaffuzdosh so‘zlarning ma’nosini farqlab, so‘z birikmalari tuzing. Azim – azm, alpoz – alfoz, angar – angor, nar – nor, toblanmoq – tovlanmoq, chuchimoq – cho‘chimoq, emakdosh – emikdosh, ertagi – ertangi, yaroqsiz – yarog‘siz; tub – tup – to‘p, hush – xush – xo‘sh, chakka – chakki – chekka. 4.Quyida berilgan so‘zlarni qo‘y va qoramol so‘zlari ostiga birlashtirib yozib chiqing. Buzoq, qo‘zichoq, qorako‘l terisi, sigir, sovliq, novvos, qo‘chqor, jun, buzoqboqar, qo‘ychivon, yantoq, makkajo‘xori. Mustaqil ishlash uchun topshiriq “Konseptual jadval”ni ko’rsatilgani kabi ma’lumotlar bilan to’ldiring.
6-mavzu. Til va terminologiya. Reja: 1. Termin va terminologiya haqida umumiy ma’lumot. 2. Terminlarning turlari. 3. Ilmiy terminlar oldiga qo‘yiladigan talablar. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling