1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Download 1.53 Mb.
bet25/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Tayanch so‘z va iboralar: termin, terminologiya, sohaga oid terminlar, o‘z va o‘zlashma terminlar.

Ilm-fan, texnikaning ma’lum bir sohasigagina tushunarli bo‘lgan bir ma’noli so‘z va birikmalar terminlar deyiladi.


So‘z ko‘p ma’noga, ya’ni qo‘shimcha ma’nolarga ega bo‘ladi, lekin termin bunday xususiyatga ega emas. Termin ham so‘z, ammo u odatdagi so‘zlardan ma’nosining aniqligi, bir ma’noliligi bilan farqlanadi. Termin ma’lum sohada, shu soha vakillari nutqida qo‘llaniladi. Masalan: infeksiya, infeksion kasallik, mutualizm, mikroorganizm, ekzotoksin, parazit, invazion kasalliklar, gelmintoz, qo‘zg‘atuvchi bakteriya kabi terminlar veterinariya sohasida uchraydi.
Terminlar yig‘indisi va shu terminlarni o‘rganuvchi soha terminologiya deyiladi. Termin grekcha “terminos” so‘zidan olingan bo‘lib, “chek, chegara” ma’nolarini bildiradi.
Terminlarning umumiste’moldagi so‘zlardan farqlanadigan o‘ziga xos xususiyatlarini quyidagicha izohlash o‘rinlidir:
1. So‘zlar fan va texnikaning ma’lum tarmog‘ida qo‘llanilib, iste’mol doirasi chegaralangan ma’noda ishlatilsa, terminlarga aylanadi. Masalan, suv, tuz, kasallik, surtma, boshlang‘ich davr, qo‘zg‘atuvchi kabi umumiste’moldagi so‘zlar fan sohalarida ilmiy-rasmiy ma’nolarni ifodalab, hozirgi kunda terminlar tizimiga kirgan.
Suv so‘zi umumiste’molda har xil suvlarni anglatadi: oqar suv, buloq suvi, gazli suv, mineral suv kabi. Kimyo fani termini sifatida esa suv – N2O formulasi orqali ifodalangan va ikki vodorod hamda kisloroddan iborat birikma tushuniladi, ana shu tarkib asosida u Mendeleyev jadvalidagi boshqa moddalar bilan reaksiyaga kirishadi.
2. Termin nominativ vazifani bajaradi. Terminning ma’nosi adabiy til me’yorlari doirasida tushunchaga teng bo‘ladi. Chunki bir terminologik tizimda termin bir ma’noli (monosemantik) bo‘lgani uchun uning ma’nosi tushunchaga teng keladi. Ya’ni terminlar bir ma’noni ifodalovchi maxsus rasmiy so‘zlardir: kagat, hujayra, xivchin, seleksiya, leykotsit, laboratoriya. Ko‘p ma’noli birgina so‘z esa bir necha tushunchani ifodalaydi. Masalan, ko‘z – kishi a’zosi; uzukdagi bezak; yog‘ochdagi belgi; buloqning suv chiqadigan joyi kabi tushunchalarni anglatadi.
3. Termin aniq, konkret tushunchalarni bildirib, his-hayajon ma’nolaridan xoli bo‘ladi. So‘zning ma’nosi murakkab bo‘lib, unda tushuncha qo‘shimcha ma’no va uslubiy belgilarga ega bo‘ladi. Shu bois tilda bir tushunchani anglatadigan sinonimlar turli ma’no qirralari yoki uslubiy qo‘llanilishi bilan bir-birlaridan farq qiladi. Masalan, yuz, bet, chehra, jamol, yonoq, ruxsor, oraz, turq, aft, bashara so‘zlari bir umumiy tushunchani bildirib, sinonimlar hisoblansa-da, biroq turli ma’no qirralariga ko‘ra bir-biridan farqlanadi: basharang qursin deyish mumkin; chehrang qursin yoki jamoling qursin deb bo‘lmaydi.
4. Bir so‘z bir necha sohaning termini bo‘lishi mumkin. Lekin bunday so‘zlar fanning har bir sohasida alohida tushunchalarning nomi bo‘lib keladi. Masalan, topshiriq termini pedagogik terminologiyada o‘quvchilar yoki talabalarga beriladigan vazifa ma’nosini anglatsa, terminologiyada topshiriq termini huquq-tartibot tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi xodimga yuklatiladigan muhim vazifa ma’nolarini bildiradi. Operatsiya termini meditsinada jarrohlik bilan bog‘liq tushunchani anglatsa, terminologiyada biror maqsad yoki maxsus, maxfiy topshiriq yuzasidan o‘tkaziladigan tadbir nomini bildiradi. Xuddi shu ma’noda konstitutsiya, morfologiya terminlarini ham olish mumkin.
5. Terminlarning yana bir o‘ziga xos belgisi shuki, terminlar rasmiylashgan so‘zlar bo‘lganligi sababli respublika miqyosida, hatto dunyo miqyosida bir tushunchani anglatadi. Xalqaro terminlar fikrimizga misol bo‘la oladi: virus, virusologiya, molyuska, atologoanatomik , ekspertiza va h.k. Bunday terminlar yer yuzining barcha qit’alarida bir xil ma’noda qo‘llaniladi.
6. Terminlar muayyan bir sohaga tegishli bo‘lib, mutaxassislar tomonidan maxsus qabul qilingan, rasmiylashgan so‘zlardir. Shuning uchun bir tushunchani ifodalovchi terminni boshqa bir so‘z bilan almashtirib bo‘lmaydi. Ya’ni bir tarmoq terminlari tizimida sinonimiya yoki dubletning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Masalan, mikroflora, abses, efir, aeromonoz, furunkulez, patogenez kabi terminlarga muqobil variantlar izlash nojoizdir. Ba’zan boshqa terminologiya sohalarida bo‘lgani kabi terminlar tizimida ham sinonimik holatlar ko‘zga tashlanadi: sud – qozi, prokuror – qoralovchi, aybdor – ayblanuvchi, respublika – jumhuriyat, gumondor – gumon qilinuvchi, advokat – himoyachi kabi. Biroq bunday holat terminologiyadagi nuqson hisoblanadi, chunki terminlar bir ma’noli bo‘lganligi uchun sinonim va dubletlardan xoli bo‘lishi lozim. Bunday holatning asosiy sababi xalqaro terminlarga o‘zbek tilidagi muqobilini tanlash asosida yuzaga keladi. Vaholanki, xalqaro terminlar dunyo miqyosida bir xil qo‘llaniladi.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar



  1. Termin haqida ma’lumot bering.

  2. Terminologiya qanday soha?

  3. So‘z va terminlarning farqi nimada?

  4. Sohaga oid terminlarning o‘ziga xosliklari haqida ma’lumot bering.

  5. Terminologiyada qanday muammolar mavjud?



Mustahkamlash uchun mashq va topshiriqlar

1. “Davlat tili haqida”gi Qonunning ushbu moddasi bilan tanishing. Nechanchi modda ekanliginin aniqlang. Mazmunini sharhlang.


“Davlat o‘zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi, shu jumladan, unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi. Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin Oliy Majlis tegishli qo‘mitasining roziligi bilan o‘zbek tiliga joriy etiladi”.

2.Berilgan matndagi terminlarni aniqlab, daftaringizga yozing, ularning qo‘llanilish holatlariga e’tibor bering.
Mexanika – tashqi kuch ta’sirida jismning fazoda harakatlanishi va muvozanatini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan. Moddiy nuqta mexanikasi, moddiy nuqtalar tizimi mexanikasi, mutlaq qattiq jism mexanikasi, gruntlar mexanikasi va tutash muhit mexanikasi kabi bo‘limlarga, bularning har qaysisi dina mika, kinematika va statika bo‘limlariga bo‘linadi.
Mexanikaning mexanika qonunlarini amaliy masalalar – mashinalar, mexanizmlar va boshqa inshootlar yasashga tatbiq qilish bilan shug‘ullanadigan sohasi amaliy (tatbiqiy) mexanika deb ataladi; inshootlar va ularning qismlarini mustahkamlik va ustuvorligini hisoblash usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan sohasi qurilish mexanikasi deyiladi. («O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»)

№3. Quyidagi so‘zlarni ko‘chiring, imlosini va izohlarini yodlab oling.
Akkaunt – ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchining nomi, bloger – o‘z qarashlarini internetdagi ma’lum bir platformada doimiy ravishda e’lon qiladigan kishi; avatarka – foydalanuvchi taqdimoti sifatida tanlangan rasm; fayl – kompyuterda ma’lum saqlovchi diskning nomlangan sohasi; mem – mashhur bo‘lib bahsga aylangan g‘oya yoki rasm; xeshteg – ijtimoiy tarmoqlarda mavzu bo‘yicha xabarlarni tarqatishda foydalaniladigan yorliq, veb-sahifa – internetdagi hujjat va ma’lumotlar zaxirasi; vebenar – to‘g‘ridan to‘g‘ri mashg‘ulot, dayjest – ma’lum bir mavzu bo‘yicha eng qiziqarli nashrlarni yetkazadigan maqola.

4. Kichik guruhlarga bo‘lining. Har bir guruh ma’lum fan yoki sohani tanlab, o‘shanga doir terminlarga misollar yozsin. Belgilangan vaqtda terminlarni kim ko‘p va to‘g‘ri topib yozsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi.

5. Matnni o‘qing, o‘zbek tilida yangi paydo bo‘lgan so‘zlar va terminlar haqida fikringizni ayting.
Mustaqillik tufayli yuz bergan o‘zgarishlar, evrilishlar, yangilanishlar o‘zbek tili leksikasining rivojiga salmoqli ta’sir ko‘rsatdi. Bu ta’sir faqat son jihatidan emas, balki sifat jihatidan ham bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Mustaqillikdan avval lug‘atlarimizga sig‘magan ma’naviyat so‘zi izohli lug‘atga qaytdi. Bakalavr, bankomat, barter, birja, investitsiya, konsalting, marketing, menejer, multimedia, reyting, tadbirkor, raqobatbardosh kabi son-sanoqsiz so‘zlar tilimizga kirib keldi va uning boyishi uchun xizmat qilmoqda. (N. Mahmudov)

6. Quyidagi matndan veterinariyaga oid terminlarni toping va izohlang.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling