1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


Talaffuzdosh so‘zlar (paronimlar)


Download 1.53 Mb.
bet20/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

Talaffuzdosh so‘zlar (paronimlar). Faqat ayrim tovushi bilan farqlanuvchi, lekin deyarli bir xil talaffuz qilinadigan so‘zlarga paronimlar deyiladi.
Paronimlar orfoepiya qoidalariga e’tibor bermaslik natijasida hosil bo‘ladi. Paronimlar bir-biridan quyidagicha farq qiladi:

  1. bir unli bilan farq qiladi: xiyol – xayol, asir – asr;

  2. bir undosh bilan farqlanadi: tub – tup, bob – bop, mard – mart, yod – yot;

  3. tutuq belgisi bilan faqr qiladi: sa’va – sava, da’vo – davo, ta’rif – tarif.

Paronimlardan she’riyatda qofiya yaratish uchun foydalaniladi. Talaffuzi yaqin bo‘lganligi uchun bunday so‘zlarni bir-biri bilan almashtirib qo‘yish mumkin.
Paronimlarning aytilishi yaqin bo‘lgan bilan ma’noda umuman yaqinlik bo‘lmaydi. Ular bir so‘z turkumi doirasida (da’vo – davo, asr – asir) ham, turli so‘z turkumi doirasida (yetti – yetdi, mart – mard, sa’va – sava) ham ro‘y berishi mumkin. Nutqingizni aniq, ravon bo‘lishini istasangiz, ana shunday xatoga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiling.
Ma’nodosh so‘zlar (sinonimlar). Тilimizda bir ma’noni bir necha so‘zlar yoki affikslar yordamida ifodalash mumkin. Masalan, inson bosh qismining old tomoni oraz, uzor, ruxsor, chehra, yuz, bet, aft, bashara, nusxa, turq singari so‘zlar orqali ifodalanadi. Shuningdek, tilimizda tilchi tilshunos, dardchil dardkash, o‘rinsiz beo‘rin, serhafsala hafsalali kabi qo‘shimchalar yordamida bir ma’noni ikki xil shaklda yuzaga chiqarish imkoniyati ham uchrab turadi.
Bir umumiy ma’noni ifodalovchi so‘z yoki qo‘shimchalarga sinonimlar deyiladi. O‘zaro sinonimik munosabatda bo‘lgan so‘z va qo‘shimchalar sinonimlar uyasi yoki sinonimlar qatori deyiladi.

Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling