2 – MA’RUZA
Mavzu: Mexanikada kuchlar. Nyuton qonunlari. Gravitatsiya va elastiklik kuchlari. Guk qonuni. Impuls va uning saqlanish qonuni.
Reja:
1 Nyuton qonunlari. Butun olam tortishish qonuni va jism og’irligi
2 Impuls. Impulsning saqlanish qonuni
2.1 Nyuton qonunlari. Butun olam tortishish qonuni va jism og’irligi
Nyutonning birinchi qonuni: Har qanday moddiy nuqta (jism) o’zining tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini tashqi jismlar ta’sir etib, bu holatini o’zgartmaguncha saqlaydi. Jismlarning tinch yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat holatini boshqa jismlarning ta’siri bo’lmaganda saqlash xossasiga inertlik deyiladi.
Nyutonning ikkinchi qonuni: Nyutonning ikkinchi qonuni kuch, massa va tezlanish kabi muhim kattaliklarni bir-biri bilan bog’laydi. Jism massasi materiyaning asosiy ko’rinishlaridan biri bo’lib, uning inersion va gravitatsion xossalarini ifodalaydi. Massa deb jism inertligining o’lchoviga aytiladi. Kuch vektor kattalik bo’lib, jismga boshqa jismlar yoki maydonlar mexanik ta’sir etganda tezlanish olish yoki shakli va o’lchamlarini o’zgartish o’lchamidir. Mexanik jarayonlarda ishqalanish, elastik va tortishish kuchlari ta’sir etadi.
Nyutonning ikkinchi qonuniga asosan, moddiy nuqta (jism) olgan tezlanish unga ta’sir etuvchi kuchga to’g’ri proporsional va jism massasiga teskari proporsional bo’lib, yo’nalishi kuch yo’nilgan tomonda bo’ladi, ya’ni
(2.1)
Xalqaro o’lchov birliklar (XO’B.) sistemasida k=1. U holda
(2.2)
Klassik mexanikada massa o’zgarmas kattalik bo’lgani uchun va (1.15) inobatga olinsa, quyidagini yozish mumkin:
(2.3)
vektor kattalik bo’lib, son jihatdan massa va tezlik ko’paytmasiga teng, yo’nalishi esa tezlik yo’nalishi bilan bir xil kattalikka moddiy nuqtaning harakat miqdori (impulsi) deyiladi. Demak, (2.3) quyidagi ko’rinishga keladi:
(2.4)
Massaning o’lchov birligi 1kg, kuchning o’lchov birligi esa-1N. 1N kuch deb 1 kg massasli jismga 1 tezlanish beruvchi kuchga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |