1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja


-modda. Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi. 17-modda


Download 1.53 Mb.
bet3/67
Sana19.06.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1623168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M

16-modda.
Televideniye va radio eshittirishlari davlat tilida, shuningdek boshqa tillarda olib boriladi.
17-modda.
Noshirlik faoliyati davlat tilida, ehtiyojlarni hisobga olgan holda esa, boshqa tillarda ham amalga oshiriladi.
18-modda.
Pochta-telegraf jo‘natmalari davlat tilida yoki fuqarolarning xohishiga ko‘ra — boshqa tilda amalga oshiriladi.
19-modda.
Muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalari muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlarining matnlari davlat tilida bo‘ladi.
20-modda.
Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali hamda og‘zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin.
21-modda.
Korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulot davlat tilidagi va boshqa tillardagi yorliqlar, yo‘riqnomalar, etiketkalar bilan ta’minlanadi.
22-modda.
Geografik obyektlarning nomlari davlat tilida aks ettiriladi.
23-modda.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnlari, agar shartnomaning o‘zida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, davlat tilida va ahdlashuvchi tomonning (tomonlarning) tilida yoziladi.
24-modda.
O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi. Fuqarolarning o‘zaro muomala, tarbiya va ta’lim olish tilini erkin tanlash huquqini amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.


Mavzuga oid testlar

1. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi Qonunnining yangi tahriri qachon qabul qilindi?


A) 1989-yil 21-oktabr B) 1991-yil 1-sentabr
C) 1994-yil 24-avgust D) 1995-yil 21-dekabr
2.Adabiy tilning qanday shakli bor?
A) xalq shevalari va adabiy til
B) og`zaki adabiy til va yozma adabiy til
C) so`zlashuv uslubi va kitobiy til
D) so`zlashuv, ilmiy, rasmiy va badiiy uslublar
3.Turkiy tillar oilasi o‘z ichida qanday guruhlarga bo‘linadi?
A) qipchoq, uyg‘ur. o‘zbek B) qorluq, qipchoq, o‘g‘uz
C) qorluq, qipchoq, o‘zbek D) qozoq, qoraqalpoq, o‘zbek
4. Sudlov ishlarini yuritish davlat tilida yoki o‘sha joydagi ko‘pchilik aholi tilida olib boriladi. Ushbu misralar «Davlat tili haqidagi» qonunning nechanchi moddasida aks etadi?
A) 11 B) 10 C) 8 D) 19
5. Turkiy tillar oilasiga qancha til kiradi?
A) 50 ga yaqin B) 40 ga yaqin
C) 30 ga yaqin D) 20 ga yaqin
6. XV –XIX asrlarda xalqimiz foyydalangan til qanday nomlanadi?
A) Qadimgi turkiy til B) eski turkiy til
C) eski o‘zbek tili D) hozirgi o‘zbek tili
7.Lahja……
A) adabiy tilning bir ko‘rinishi
B) Sheva eski o‘zbek tilida lahja deb yuritilgan
C) adabiy tilning buzilgan shakli
D) yaqin (umumiylik jihatlari bo‘lgan) shevalar yig‘indisi
8.O‘zbek adabiy tili qaysi shevaga asoslanadi?
A) Andijon B) Farg‘ona C) Toshkent D) Toshkent va Farg‘ona
9. «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir» degan jumla «Davlat to‘g‘risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 1-modda B) 2-modda C) 24-modda D) 4-modda
10.«O‘zbekiston Respublikasida davlat tilini o‘rganish uchun barcha fuqarolarga shart-sharoit hamda uning hududida yashovchi millatlar va elatlarning tillariga izzat-hurmat bilan munosabatda bo‘lishi ta’minlanadi, bu tillarni rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratiladi. Fuqarolarga davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi». Ushbu fikir «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonunning nechanchi moddasida aks etgan?
A) 3-modddada B) 4-moddada C) 7-moddada D) 8-moddada


Uy ishi

2021-yil 3-fevralda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6159-son farmoni matni bilan tanishing. “2021 – 2025-yillarda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini ustuvor rivojlantirish konsepsiyasidan olingan quyidagi parcha yuzasidan guruhdoshlaringiz bilan fikr-mulohaza yuriting:


Mazkur Konsepsiyaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligida ta’lim, ilm-fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarishning integratsiyasini yanada chuqurlashtirish, yangi bilimlarni yaratish va qo‘llash, resurs tejaydigan innovatsion texnologiyalar, ilg‘or xorijiy va mahalliy fan yutuqlarini joriy etish, zamonaviy bilim va malakaga ega mutaxassislarni tayyorlash hamda agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:
– mehnat bozori konyunkturasi o‘zgarishiga mos holda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan agrar ta’lim tizimini takomillashtirish;
– agrosanoat majmuidagi ilmiy muassasalarning ilmiy va innovatsion faoliyatini yanada rivojlantirish;
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi subyektlar uchun axborot va maslahat tizimi asosida ish yuritadigan agroxizmatlar ko‘rsatish tarmog‘ini rivojlantirish.


Mustaqil ishlash uchun topshiriq
Quyidagi kabi klaster jadvalini shakllantirib, mavzuga oid ma’ruza ma’lumotlari asosida to’ldiring.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling