Quyidagi kabi insert jadvalini shakllantirib, mavzuga oid ma’ruza ma’lumotlari asosida to’ldiring.
3-mavzu. O‘zbek tilining imlo qoidalari
Reja:
1. Harflar imlosi.
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi.
3. Qo‘shib yozish.
4. Chiziqcha bilan yozish.
5. Ajratib yozish.
6. Bosh harflar imlosi.
7. Ko‘chirish qoidalari.
Tayanch so‘z va iboralar: imlo qoidalari, harflar imlosi, asos va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib yozish, ajratib yozish, chiziqcha bilan yozish, bosh harflar imlosi, ko‘chirish qoidalari.
Orfografiya so‘zi yunon tilidan olingan bo‘lib (“orfo” - to‘g‘ri, “grafo” - yozmoq), imlo qoidalari, ya’ni to‘g‘ri yozish qoidalari majmuidir.
So‘z o‘zak-negizi va qo‘shimchasini yagona tarzda yozish haqidagi qoida yig‘indisi orfografiya deyiladi. Orfografiya adabiy tilning yozma shakliga xos bo‘lib, orfoepiya va alifbo (grafika) bilan uzviy bog‘liq. Rivojlangan, o‘z yozuviga ega bo‘lgan adabiy tilda so‘zni bir xilda – yagona tarzda yozishni yo‘lga qo‘yish uchun imlo to‘g‘risida qonuni qabul qilinadi.
O‘zbek tilining yangi imlo qoidalari 1995-yil 24-avgustda esa «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-son qarori bilan qabul qilingan. U 82 paragrafdan iborat. Quyida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining imlo qoidalari bilan tanishib chiqamiz:
1. Harflar imlosi:
a) unlilar imlosi (1-7-bandlar);
b) undoshlar imlosi (8-32-bandlar).
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-bandlar).
3. Qo‘shib yozish (38-50-bandlar).
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-bandlar).
5. Ajratib yozish (57-65-bandlar).
6. Bosh harflar imlosi (66-74-bandlar).
7. Ko‘chirish qoidalari (75-82-bandlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |