1-mavzu. Kirish. O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi fanining o‘rganish obyekti, maqsadi va vazifalari. Reja
Download 1.53 Mb.
|
O\'TSQ O\'Q 2022 iyun Hamidova Sh, Eshniyazova M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘zg‘atuvchisi.
Darvinga e’tiroz
Darvin ta’limoti noto‘g‘ri. Odam maymundan emas, maymun odamdan tarqagan. Oyog‘i yerdan uzilmaganlar odam bo‘lib qolgan. Oyog‘I yerdan uzilganlar esa maymun bo‘lib daraxtga chiqib ketgan… Bu jarayon hamon davom etmoqda… Eng aqlli jonivor Dunyoda eng aqlli jonivor – baliq! Birinchidan, soqov. Ikkinchidan, muttasil dumini likillatadi! Qaldirg‘och E’tibor berganmisiz: qaldirg‘ochlar fayzsiz, noahil xonadonga hech qachon in qurmaydi. Goho qaldirg‘och odamdan aqlliroqmikin, deb o‘ylab qolaman. Donishmand Nar lochin yemish topib kelarkan. Moda lochin o‘ljani polaponlariga bo‘lashib berarkan. Biron falokat bo‘lib, moda lochin o‘lib qolsa, nar lochin har qancha yemish topib keltirmasin, baribir, polaponlar ochidan nobud bo‘lar ekan. Negaki, nar lochin o‘ljani bolalariga burdalab berishni eplolmas ekan… Tabiat naqadar beshafqat, tabiat naqadar dono! №2.O‘qing. Matning hajmiga ko‘ra turini aniqlang. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy qilindi. Uning bosh maqsadi chuqur bilimli, yuksak ma’naviyatli, hozirjavob yoshlarni tarbiyalashdan iborat. Mehmondo‘st, mehnatsevar, bolajon xalqimizga mos bo‘lgan sofdil, mard va dovyurak, dono yoshlar kelajak poydevoridir. №3. Matning uslubiy mohiyatiga ko‘ra turini aniqlang. Sohaga oid atamalarni ajratib yozing va izohlang. Exinokokkoz Exinokokkoz antropozoonoz kasallik bo‘lib, u bilan qishloq xo‘jaligi, yovvoyi, ov qilinadigan hayvonlar, odamlar kasallanadi hamda ular parazitning oraliq xo‘jayini hisoblanadi. Exinokokkning voyaga yetgan shakli it, bo‘ri, shoqol, ba’zan tulkilarning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Kasallik hamma joyda keng tarqalgan. Qo‘zg‘atuvchisi. Kasallikni Taeniata kenja turkumi Taeniidae oilasiga mansub sestoda lichinkalari – Echinococcus granulosus larvae kasallikni qo‘zg‘atadi. Voyaga yetgan exinokokk tanasining uzunligi 2-6 mm. Boshida yopishadigan 4 ta so‘rg‘ichi bor. Xartumchasi juda yaxshi rivojlangan bo‘lib, unda ikki qator ilmoqlar joylashgan. Bo‘yin qismi 1–2 bo‘g‘indan, strobillasi 2–3 bo‘g‘indan tashkil topgan. Bo‘g‘inlar shakli va kattaligi har xil. Oxiridan bitta oldingi bo‘g‘in germafrodit, oxirgi bo‘g‘in esa yetilgan bo‘g‘in deyiladi va barcha bo‘g‘imlardan uzun bo‘ladi. Yetilgan bo‘g‘in bachadonida 800 tagacha tuxum bo‘ladi. №4. Matning hajmiga ko‘ra tirini aniqlang. Sohaga oid atamalarga e’tibor bering. Download 1.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling