Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham, tarixchilar falsafani, adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la yoritib berolmaydilar.
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning o‘rganish ob’yekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inoson va tabiat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa soha fanlari rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa fanlarni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning hammasi ham, tarix mahsulidir
Nazorat uchun savollar
1. O‘zbekiston tarixi fanining obyekti va predmetiga nimalar kiradi?
2. Mustaqillik yillarida “O‘zbekiston tarixi” fanini rivojlanishi qanday kechdi?
3. O‘zbekiston tarixi fani qanday maqsad va vazifalarni bajarishi ko‘zda tutilgan?
4. Yozma va og‘zaki manbalar haqida nimalarni bilasiz?
5. O‘zbekiston tarixi fanining nazariy metodologik asoslari haqida nimlarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |