Tarix fani haqida umumiy tushuncha
Download 21.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- ASOSIY QISM
International Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https: econferencezone.org 10 th July 2022 260 TARIX FANI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA Aliboyev Rustam Eshmurzayevich Surxondaryo Viloyati Qumqo’rg’on Tumanidagi 80-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi Annotasiya: Ushbu maqolada tarix fani, uning nima ekanligi, u nimalarni o’rganishi, tarix so’zining ma’nolari haqida ma’lumotlar keltirildi. Kalit so’zlar: tarix, o’tmish, kelajak KIRISH “Tarixiy xotirasiz -kelajak yo’q”- degan edilar muhtaram birinchi prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov. Darhaqiqat, kelajakni qanday qurish bu barchaning o’z qo’lida. O’z tarixini bilgan, millat tarixini bilgan kishi o’z kelajagini chiroyli bunyod etishi mumkin. Tarixdagi bobolarimizdan faxrlanish, ulardan o’rnak olish yoki ularning qilgan xatolarini takrorlamaslik hammaning o’z qo’lida. Kishining 1 soniya oldingi hayoti ham tarixdir. Tarixda sodir bo’lgan shuhrtli voqealar yoki mudhish voqealarning barchasini 5 sinfdan to 11-sinf tarix fani darsliklaridan o’quvchilar o’rganishlari mumkin. ASOSIY QISM Tarix (arabcha: خيراتلا, oʻtmish; davr, vaqt, era; sana) — oʻtmish voqealar haqida axborot ochish, yigʻish, tartiblashtirish va namoyish etish bilan shugʻullanuvchi fan. Tarix bilan shugʻullanuvchi olimlar tarixchilar, deb ataladi. Tarix fani voqealar ketma-ketligini tahlil etadi va ularning sabab va samaralarini tizimlashtiradi. Tarixchilar tarix tabiati va foydasi ustida bahs olib borishadi. Bunda ushbu fanning oʻzi ham oʻrganiladi va zamonaviy muammolarni uning yordamida hal qilishga uriniladi. Biror madaniyatga oid, biroq tashqi manbalarga asoslanmagan hikoyalar (masalan, Alpomish haqida asotirlar) tarixiy mavzu emas, balki madaniy meros sanaladi. Tarix — 1) tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu maʼnoda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va boshqa tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli boʻlgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraqqiyoti jarayonini oʻrganuvchi fan. Tarix fani — insoniyatning butun oʻtmishi davomida jamiyat hayotida sodir boʻlgan voqea- hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda oʻrganadi. Tarix fani ijtimoiy- gumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi. Tarix fanining bu guruhdagi oʻrni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini oʻrgansa, tarix fanining tadqiqot obʼyekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining oʻtmishi va hoziri haqidagi faktlarni yigʻish, taxlil qilish, toʻplangan bilimlarni maʼlum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Tarix fani oʻtmishda sodir boʻlgan jarayon va hodisalar orasidagi oʻzaro bogʻliqlik, ularning ildizi, tarixni Download 21.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling