1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari


Download 0.56 Mb.
bet87/103
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#227001
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
Bog'liq
tarixdan m aruza

Indoneziya 1991-yil 28-dekabr oyida O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi, va 1992-yil 23-iyunda diplomatik aloqalar o’rnatildi.

Indoneziya o’zining Toshkentdagi elchixonasini 1994-yil may oyida ochdi. 1996-yilning dekabr oyidan e’tiboran Jakarta shahrida O’zbekiston Respublikasi elchixonasi faoliyat yuritib kelmoqda.

1992-yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Indoneziyaga davlat tashrifi amalga oshirildi, 1995-yil aprel oyida Indoneziya Respublikasi Prezidenti X.M.Suxarto O’zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.

2005-yil dekabr oyida Toshkentda “O’zbekiston va Indoneziya Tashqi ishlari vazirliklari o’rtasida ikki tomonlama maslahatlashuv bo’yicha qo’mita tashkil etish to’g’risida o’zaro Anglashuv Memorandumi” imzolandi hamda siyosiy maslahatlashuvning birinchi davrasi bo’lib o’tdi. Hozirgi kunga qadar uning 6 davra uchrashuvlari o’tkazilgan. (oxirgisi 2014-yil martda Jakartada bo’lib o’tdi.)

Parlamentlararo aloqa turli darajadagi tashriflar almashinuvi orqali izchil tarzda rivojlanib bormoqda. Shu jumladan 2007-yilda Indoneziya Xalq Vakillari palatasi Spikeri Agung Laksono O’zbekistonga tashrif buyurdi. 2008-yilda esa Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri muovini Indoneziyaga safar uyushtirdi.

2013-yilda Indoneziya Xalq Vakillari palatasi Parlamentlararo hamkorlik qo’mitasi Raisi S.Hidoyat O’zbekistonga tashrif buyurdi.

2015-yil aprel va may oylarida Indoneziya Respublikasi Milliy Konsultativ kongresi raisining o’rinbosari Mahyudin hamda Indoneziya Respublikasi Mintaqalar vakillari kengashi Parlament yuqori palatasi raisi Irman Gusmanning O’zbekistonga tashrifi bo’lib o’tdi.

2013-yilda Toshkent Davlat Sharqshunoslik Institutida qoshida Indoneziya tili markazi ochildi.




Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling