1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
Download 0.56 Mb.
|
tarixdan m aruza
Vyetnam Sosialistik Respublikasi (VSR) O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan oldi, 1992-yil 17-yanvarda diplomatik aloqalar o’rnatildi. 1993-yil Toshkentda Vyetnam elchixonasi ochildi, 2009-yildan buyon Xanoyda O’zbekiston Respublikasining faxriy konsulxonasi faoliyat yuritib kelmoqda.
1996-yil O’zbekistonning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov rasmiy tashrif bilan Vyetnamda bo’ldi. Tashrif davomida davlatlararo munosabatlar asoslari, hamkorlik to’g’risida Kelishuv va hukumatlararo bitimlar imzolandi. 2010-yilda O’zbekistonning Indoneziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi O’zbekiston Respublikasining VSRdagi elchisi etib tayinlangan (qarorgohi Jakarta shahrida). 2011-yil oktyabr oyida Vyetnam Bosh vaziri Nguen Tang Zungning O’zbekitonga rasmiy tashrifi bo’lib o’tdi. Vyetnam bilan ko’p tomonlama munosabatlarni rivojlantirish maqsadida O’zbekistonga VSR Xalq yig’ini raisi o’rinbosari Uong Tu Liuning (2008-yil iyul), VSR Bosh vaziri o’rinbosari Xoang Chung Xayning (2010-yil aprel), Jamoat xavfsizligi vaziri Le Xong Anning (2010-yil sentyabr), Xanoy shahri Xalq kengashi raisi Ngo Txi Zoan Txanning (2012-yil avgust), Bosh prokuror o’rinbosari Chan Kong Fanning (2012-yil dekabr), Adliya vaziri o’rinbosari Din Chung Tungning (2013-yil iyun), Oliy xalq sudi raisi Chiong Xoa Binning (2014-yil iyun) tashriflari tashkillashtirildi. 2013-yil avgustda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegasiyasining Vyetnamga tashrifi bo’lib o’tdi. 2014-yilning mart oyida Xanoy shahrida O’zbekiston va Vyetnam Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarning to’rtinchi davrasi. bo’lib o’tdi. O’zbekiston va Vyetnam o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo’yicha hukumatlararo qo’mitaning 6ta yig’ilishi o’tkazilgan. Shularning eng oxirgisi 2013-yil dekabr oyida Xanoy shahrida bo’lib o’tdi. 2017-yil fevralida bosh vazir o’ribosari – qishloq xo’jaligi va suv ho’jaligi vaziri boshchiligidagi O’zbekiston Respublikasi hukumat delegasiyasi Vyetnamga tashrif buyurdi. Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotga ko’ra davlatlar o’rtasidagi o’zaro savdo aylanmasi ko’rsatkichlari 2017-yil yakuni bo’yicha $33,8 mln.ni tashkil qilgan. O’zbekistonda hozirgi kunda Vyetnam sarmoyasi ishtirokida 19 ta korxona faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 3 tasi 100 foiz Vyetnam sarmoyasi asosida tashkil etilgan.
Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling