Reja: - O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining tarixi.
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining bugungi faoliyati.
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining asosiy vazifalari.
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi bo’limlari.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi 1958 yili O’zSSR Markaziy davlat tarix arxivi hamda O’zSSR Oktyabr inqilobi va sosialistik qurilish Markaziy davlat arxivining qo’shilishi natijasida tashkil topdi. 1991 yildan esa O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb nomlanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining tarixi Arxivda milliy davlat chegaralanishiga qadar Turkmaniston, Tojikiston, Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekistonning bir qismi kirgan Turkiston tarixiga oid hamda O’zbekiston tarixini aks ettiruvchi hujjatlar saqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining tarixi Harbiy gubernator va Turkiston viloyati qo’shinlar qo’mondoni hamda markaziy viloyat mahalliy aholisini Boshqaruvchisining Turkiston general gubernatorligi shakllanishidan avvalgi davrga taalluqli bo’lgan (1865-1868 yillar) fondlarida ma’muriy tuzilma va aholini Boshqarish, Turkiston viloyati haqida ma’lumotlar bor. Arxiv fondida: 1917 yil fevraldan oktyabrgacha bo’lgan davrdagi Vaqtli hukumatning siyosatini ta’riflovchi hujjatlar Turkiston qo’mitasi Vaqtli hukumat, ishchi va soldat deputatlarining O’lka soveti fondlarida mujassamlashgan. Arxivda (1920-1924 yillar)ga oid Buxoro va Xorazm xalq respublikalarining markaziy va mahalliy tashkilotlarining hujjatlari saqlanadi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida 2 milliondan ortiq saqlov birligidagi hujjatlar saqlanmoqda. Arxiv fondida:
Do'stlaringiz bilan baham: |