1-Mavzu: Kirish. O‘zbekistonning eng yangi tarixi o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari
O’zbekiston va Xitoyning savdo–iqtisodiy hamkorligi
Download 0.56 Mb.
|
tarixdan m aruza
O’zbekiston va Xitoyning savdo–iqtisodiy hamkorligi.
O’zbekiston va Xitoy savdo-iqtisodiy aloqalarining rivojlanish bosqichlari tahlillariga ko’ra, biz ikki mamlakat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar rivojini 3 ta muhim bosqichga bo’lib olishni lozim topdik: 1-bosqich 1992-1996 yillar; 2-bosqich 1997-2005 yillar; 3-bosqich esa 2006- yildan keyingi davrni o’z ichiga oladi.
O’zbekistonning 1995-yildagi eksport hajmi 3 719.9 mln. AQSh $ ni tashkil etgan bo’lsa, undagi Xitoy ulushi bor – yo’g’i 1,0 % dan iborat bo’lgan. Ammo yildan – yilga bu ko’rsatkich o’sib borgan. 1996-yilga kelib ikki davlat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2.8 martaga o’sdi. Lekin 1998, 1999, 2000-yillarda bu ko’rsatkich yana pasayib 1,0, 0,5, 0,7% ni tashkil etgan. 2000-yilda O’zbekistonning eksport hajmi 3264.7 mln. AQSh $ ni tashkil etgan. 2004-yilga kelib, O’zbekistonning tashqi savdosidagi Xitoyning ulushi 2.1 %ga ko’tarildi. Eksportning 26.2 % (974.4 mln. AQSh $) Osiyo qit’asiga to’g’ri kelgan bo’lsa, shundan 0.7 % i Xitoyga to’g’ri kelgan. Bu juda ham past ko’rsatkichdir. Solishtirish maqsadida, O’zbekistonning Gollandiya bilan tashqi savdosini ko’rib chiqadigan bo’lsaq 1995-yilda O’zbekiston Gollandiyaga 156,8 mln. AQSh $ miqdorida mahsulot eksport qilgan. Uning mamlakat umumiy eksportidagi ulushi 4.2 % ni tashkil etgan. 2000-yilga kelib bu ko’rsatkich 2.6 %ga pasaygan. 2006 yilda O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2005-yilga nisbatan, - 43.8 % ga o’sib deyarli 698 mln. AQSh $ ni tashkil etgan. Bu davrga kelib O’zbekiston tashqi savdo aylanmasida Xitoyning ulushi deyarli 6.5 %ga o’sgan. 2008 yil yakunlariga ko’ra, ikki mamlakat o’rtasidagi tovar aylanmasi 1,3 mlrd. AQSh dollariga yetdi (2007 yilga nisbatan 43 % ortdi), shu jumladan, eksport 257,4 mln. AQSh dollarini, import 1.040 mln. AQSh dollarini tashkil qildi. O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasida iqtisodiy sohada eng ko’p qulaylik yaratish tartibi amal qilmoqda. O’zaro tovar ayirboshlash xajmi 2012 yilda 3,4 milliard AQSh dollariga yetdi. 2013 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko’ra, mazkur ko’rsatkich 2,3 milliard dollarni tashkil etdi. Bu o’tgan yilning shu davridagiga nisbatan 59 % ko’pdir. O’zbekistonda (2013 yilda) Xitoy sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 455 qo’shma korxona faoliyat yuritdi. Ularning 70 tasi 100% Xitoy sarmoyasi asosida tashkil etilgan. Yurtimizda Xitoyning 71 kompaniyasi vakolatxonasi ishlab turibdi. Tashkil qilingan qo’shma korxonalarning asosiy ulushi Farg’ona vodiysiga, jumladan, Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlariga to’g’ri keladi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling