2017-yildan keyingi yillar — «O‘zbеkiston taraqqiyotining yangi
bosqichga ko‘tarilishi». Bu davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan
keng ko‘lamli islohotlar davri hisoblanadi. Shuningdek, bu davrda ijtimoiy-siyosiy
hayotimizga yangi iboralar, xususan, «xalq bilan muloqot», «Harakatlar
strategiyasi», «xalq qabulxonalari», «virtual qabulxona», «tanqidiy tahlil», «qat’iy
tartib-intizom», «yo‘l xaritasi», «arzon uylar», «kafolatlangan xavfsizlik»,
«innovatsiya»,
«texnoparklar»,
«raqamli
iqtisodiyot»,
«transformatsiya»,
«O‘zbеkistonda yangi uyg‘onish – uchinchi Rеnеssans
»
kabi tushunchalar kirib
keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |