1-mavzu: Kirish. «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


 Fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Uni o‘rganishning nazariy-


Download 338.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/17
Sana24.11.2021
Hajmi338.47 Kb.
#176931
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
1-mavzu

2. Fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Uni o‘rganishning nazariy-

uslubiy asoslari.  Oʼzbekistonning eng yangi tarixi fanida Oʼzbekistonning davlat 

mustaqilligiga  erishishi  arafasida  yuzaga  kelgan  murakkab  vaziyat,  respublika 

mustaqilligining  eʼlon  qilinishi,  mustaqillik  yillarida  mamlakatda  amalga 

oshirilayotgan  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy,  maʼnaviy  sohalardagi  islohotlar  va 

ularning  bosqichlarini,  Oʼzbekistonning  jahon  hamjamiyatiga  har  tomonlama 

integratsiyasini,  xavfsizlik,  millatlararo  totuvlik  va  diniy  bagʼrikenglikni 

taʼminlash,  tinchliksevar  tashqi  siyosat  kabi  masalalarning  ilmiy  va  amaliy 

ahamiyati ochib beriladi. 

Fanni 

oʼqitishning 



maqsadi 

– 

mustaqillik 



yillarida 

Oʼzbekiston 

Respublikasida  yuz  bergan  muhim  oʼzgarishlar,  tub  islohotlarning  mazmun-

mohiyatini koʼrsatish va jamiyat hayotida talaba(mutaxassis)ning oʼrnini, oʼzligini 

anglatishdan iborat.  

Fanni 


oʼqitishning 

vazifalari 

– 

mustaqillikka 



erishish 

arafasida 

Oʼzbekistonda  yuzaga  kelgan  murakkab  vaziyatni  hamda  mustaqillik  yillarida 

davlat  boshqaruvi,  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  maʼnaviy  va  boshqa  sohalardagi 

islohotlarning  mazmun-mohiyatini  talabalarga  tushuntirib  berish,  ularni  Vatanga 

sadoqat  va  muhabbat  ruhida  tarbiyalash  hamda  milliy  g‘ururni  shakllantirishdan 

iborat.  

«O‘zbekistonning  eng  yangi  tarixi»  fanini  o‘rganishning  nazariy-uslubiy 

asoslari  O‘zbekistondagi  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlar  va  murakkab  vaziyatlar 

tarixini,  shuningdek  mustaqillik  yillarida  davlat  boshqaruvi,  ijtimoiy-iqtisodiy, 

siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini 



 

yoritishda  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borishning  ilmiylik,  tizimlilik,  tarixiylik, 



ob’ektivlik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi. 


Download 338.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling