1-mavzu: Kirish. «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


  XXI  globallashuv  asrida  ta’lim  sohasida  mazkur  fanni  o‘qitishdagi


Download 338.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana24.11.2021
Hajmi338.47 Kb.
#176931
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1-mavzu

5.  XXI  globallashuv  asrida  ta’lim  sohasida  mazkur  fanni  o‘qitishdagi 

nazariy-konseptual 

yondashuv 

va 

ilg‘or 

innovatsiyalar

O‘zbekiston 

Respublikasida  mustaqillikning  dastlabki  kunlaridan  boshlab  yoshlarga  nisbatan 

alohida  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatilib,  ularga  oid  davlat  siyosati  izchil  ravishda  amaliy 

hayotga  tatbiq  etib  kelinmoqda.  Bu  siyosatning  mazmun-mohiyati,  asosiy 

yo‘nalishlari,  yoshlarga  beriladigan  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va  huquqiy 

kafolatlar  O‘zbekiston  Respublikasining  1991  yil  20  noyabrdagi  «O‘zbekistonda 

yoshlarga  oid  davlat  siyosatining  asoslari  to‘g‘risida»gi  qonunida  belgilab 

qo‘yilgan.  

O‘zbekiston  davlati  hamisha  demokratik  taraqqiyot,  modernizatsiya  va 

yangilanish  borasida  belgilangan  maqsadlarga  erishishda  eng  muhim  qadriyat  va 

hal  qiluvchi  kuch  bo‘lgan  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni  tarbiyalash 

vazifasini  o‘zining  asosiy  ustuvor  yo‘nalishlari  qatoriga  qo‘yib  kelmoqda.  Bu 

borada  yoshlarning  nafaqat  jismoniy  va  ma’naviy  sog‘lom  o‘sishi,  balki  ularning 

eng  zamonaviy  intellektual  bilimlarga  ega  bo‘lgan,  uyg‘un  rivojlangan  insonlar 

bo‘lib,  XXI  asr  talablariga  to‘liq  javob  beradigan  barkamol  avlod  bo‘lib  voyaga 

etishi  uchun  zarur  barcha  imkoniyat  va  sharoitlarni  yaratish  maqsadi  qo‘yilgan. 

Shu  nuqtai  nazardan,  bugungi  kunda  yoshlar  ijtimoiy-siyosiy  kuch  sifatidagi 

faoliyatining  muhimligi  va  amaliy  ahamiyati,  O‘zbekistonda  mustaqillik  yillarida 

amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini 

modernizatsiyalash  va  yangilash  masalasi  bilan  chambarchas  bog‘liqligida 

hisoblanadi. Chunki,  mamlakatda  yoshlarning aholi tarkibidagi salmog‘i 60,0  foiz 

foizdan  yuqorini  tashkil  qiladi.  Mazkur  mulohaza  O‘zbekiston  yoshlar  davlati 

ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi.  

Yoshlarning  bilim  olishi,  ta’lim-tarbiyasi,  kasbiy  tayyorgarligi  masalalari 

O‘zbekistonda  huquqiy  demokratik  davlat  qurish,  fuqarolik  jamiyatini 

shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, ushbu jarayonlar, 

ya’ni  O‘zbekistonda  ta’lim  sohasida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  samaralari, 

yuksak bilimli hamda intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalashda davlatning roli 

va  bu  borada  to‘plangan  tajriba  bilan  xalqaro  hamjamiyatni  keng  tanishtirish 

maqsadida ko‘plab xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazilib kelinmoqda. O‘zbekistonda 

Ta’lim  sohasini  isloh  qilish,  yuksak  bilimli  va  intellektual  rivojlangan  avlodni 

tarbiyalash  bo‘yicha  1997-yil  amalga  oshirilgan,  dunyo  hamjamiyati  tomonidan 

e’tirof etilgan «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», 

katta ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, O‘zbekistonda zamonaviy  ilm-fanni puxta 

egallagan  raqobatdosh  kadrlarni  tayyorlash,  ta’lim-tarbiya  ishlarini  tubdan 

o‘zgartirish,  xalqaro  tajribalar  asosida  ta’lim  sifatini  yangilash  masalasi  davlat 

siyosati  darajasiga  ko‘tarildi.  Xususan,  2017  –  2021-yillarda  O‘zbekistonni 

rivojlantirishning  beshta  ustuvor  yo‘nalishi  bo‘yicha  Harakatlar  strategiyasida 



 

10 


ta’lim  va  fan  sohasini  rivojlantirish,  yoshlarga  oid  davlat  siyosatini 

takomillashtirish masalalari belgilab berilgan bandlarida, jumladan, uzluksiz ta’lim 

tizimini  yanada  takomillashtirish  yo‘lini  davom  ettirish,  sifatli  ta’lim  xizmatlari 

imkoniyatlarini  oshirish,  mehnat  bozorining  zamonaviy  ehtiyojlariga  muvofiq, 

yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash;  ta’lim  sifatini  tubdan  oshirish,  chet  tillar, 

informatika  hamda  matematika,  fizika,  kimyo,  biologiya  kabi  boshqa  muhim  va 

talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish; ta’lim va o‘qitish 

sifatini  baholashning  xalqaro  standartlarini  joriy  etish  asosida  oliy  ta’lim 

muassasalari  faoliyatining  sifati  hamda  samaradorligini  oshirish,  intellektual 

rivojlangan,  mustaqil  fikrlaydigan,  qat’iy  hayotiy  nuqtai  nazarga  ega,  Vatanga 

sodiq  yoshlarni  tarbiyalash  kabi  boshqa  muhim  va  talab  yuqori  bo‘lgan  fanlarni 

chuqurlashtirilgan  tarzda  o‘rganishga  alohida  ahamiyat  qaratilgan.  Shu  bois, 

O‘zbekistonda  milliy  ta’lim-tarbiya  sohasiga  jiddiy  e’tibor  berilib,  ta’lim  tizimida 

tub  o‘zgarishlar  qilish  va  erishilgan  natijalarni  tahlil  etgan  holda,  mavjud 

muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim o‘rin 

tutadi. 


Bugungi  kunda  yuksak  ma’naviy  va  axloqiy  fazilatlarga  ega,  bilimli, 

samarali mehnat qilishga qodir fuqarolar jamiyatning eng muhim boyligi va asosiy 

kapitali,  uni  harakatga  keltiruvchi  kuch  ekanligini  teran  anglash  asnosida  milliy 

qadriyatlarimizni,  qadimiy  an’analarimizni,  jahon  sivilizatsiyasi  tarixida  o‘chmas 

iz  qoldirgan  ajdodlarimizni  yangi  sharoitda  yana  bir  bor  kashf  etamiz,  qaytadan 

dunyoga  tanitish  imkoniyatiga  ega  bo‘lamiz  hamda  yoshlarga  ibrat  sifatida 

ko‘rsatamiz, buyuk zotlarga munosib bo‘lishga undaymiz.  

Ta’lim 


tuzilishini 

modernizatsiyalash, 

uni 

demokratlashtirish, 



kompyuterlashtirish  va  insonparvarlashtirish,  ta’lim  dasturini  erkin  tanlash, 

uzluksiz  ta’lim  tizimini  rivojlantirish  tobora  kuchayib  bormoqda.  Ta’limni 

fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki 

fikrlashni  o‘rgatish  zarurligi  yaqqol  ko‘zga  tashlanmoqda.  Zero,  yosh  avlodning 

har  tomonlama  kamol  topishi  uchun  zamon  ruhiga  mos  yangidan-yangi  qonun 

loyihalarini  ishlab  chiqish  va  ularni  amaliyotga  tadbiq  etish  bo‘yicha  innovatsion 

loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga 

erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish zarur. 

Yoshlar  bilan  ishlashda  asosiy  e’tiborni,  avvalo,  ularni  tabiatimizga  begona 

bo‘lgan  g‘arazli  oqimlardan  asrab,  zamonaviy  bilim  va  tajribaga,  intellektual 

salohiyat  va  ilg‘or  texnologiyalarga  ega,  ma’naviy  yuksak,  komil  insonlar  etib 

voyaga  etkazish,  jamiyatda  o‘z  oldiga  qo‘ygan  strategik  maqsadlarga  erisha 

olishiga va munosib o‘rin egallashiga qaratadi. 

Bugungi  hayotimizni  Internet,  kompyuter  tarmog‘isiz  tasavvur  etib 

bo‘maydi.  Axborot  texnologiyalari  tufayli  uzog‘imiz  yaqin,  mushkulimiz  oson 

bo‘lmoqda.  Jahon  axborot  maydoni  tobora  kengayib  borayotgan  shunday  bir 

sharoitda yoshlarning ongini faqat o‘rab-chirmab, uni o‘qima, buni ko‘rma, deb bir 

tomonlama  tarbiya  berish,  ularning  atrofini    temir  devor  bilan  o‘rab  olish,  hech 

shubhasiz,  zamonning  talabiga  ham,  bizning  ezgu  maqsad-muddaolarimizga  ham 

to‘g‘ri  kelmaydi.  Bu  borada  Prezident  Sh.Mirziyoev  shunday  deydi:  «Bugungi 




Download 338.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling