1-mavzu: Kirish. «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


Download 338.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/17
Sana24.11.2021
Hajmi338.47 Kb.
#176931
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1-mavzu

telekanali» ni tashkil qilish taklifini ilgari surgan edi. Mazkur taklif asosida 2019-

yil 1-sentyabrdan boshlab ushbu telekanal o‘z ish faoliyatini boshladi.  

Davlat rahbari o‘z chiqishlari va 2020-yil 25-yanvarda Oliy Majlisga qilgan 

Murojaatnomasida  xalqimiz  tarixining  murakkab  damlarida,  ma’rifat  mash’alini 

baland  ko‘tarib  chiqqan  alloma  va  adib  Mahmudxo‘ja  Behbudiyning  145  yillik 

tavallud  sanasini  keng  nishonlanishini  bildirib  o‘tdi.  Xususan,  Prezidentimizning 

ta’kidlashicha,  «...biz  jadidchilik  harakati,  ma’rifatparvar  bobolarimiz  merosini 

chuqur  o‘rganishimiz  kerak.  Bu  ma’naviy  xazinani  qancha  ko‘p  o‘rgansak, 

bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob 

topamiz.  Bu  bebaho  boylikni  qancha  faol  targ‘ib  etsak,  xalqimiz,  ayniqsa, 

yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab etadi».  

Prezident  Shavkat  Mirziyoev  2020-yilda  Oliy  Majlisga  qilingan 

Murojaatnomada  aytib  o‘tganidek,  «Bir  haqiqatni  hech  qachon  unutmaylik:  Biz 

buyuk tarix, buyuk davlat, buyuk madaniyat yaratgan xalqmiz. Biz  – hech qachon 

mehnatdan  qochmaydigan,  qiyinchilikdan  qo‘rqmaydigan,  adolatni  qadrlaydigan, 

azmu  shijoatli  buyuk  xalqmiz.  Barchamiz  bir  tanu  bir  jon  bo‘lib,  yakdil  va  ahil 

bo‘lib  harakat  qilsak,  halol-pok  bo‘lib,  yaxshi  niyat  bilan  mehnat  qilsak,  har 



 



qanday  marralarni  egallashga,  boshqacha  aytganda,  tarixning  yangi  sahifasini 



yaratishga  qodirmiz.  Bu  yo‘lda  qanday  qiyinchilik  va  mashaqqatlar  bo‘lmasin, 

barchasini  mardona  engib  o‘tishga  tayyormiz.  Bunday  ezgu  ishlarda  bizga 

Yaratganning  o‘zi,  buyuk  ajdodlarimizning  pok  ruhlari  madadkor  bo‘ladi,  deb 

ishonaman», deganligi yanada ahamiyatli bo‘ldi.  

Xalqimiz  yangi  tarixining  muhim  voqelaridan  biri  sifatida  Prezidentimiz 

tashabbusi  bilan  poytaxt  Toshkent  shahrining  Olmazor  tumanida  ikkinchi  jahon 

urushida  qozonilgan  buyuk  g‘alabaning  75  yilligiga  bag‘ishlab  «G‘alaba  bog‘i», 




Download 338.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling