g‘alabaning 75 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni» ga bag‘ishlab
o‘tkazilgan tantanali tadbirda davlatimiz rahbari quyidagilarni qayd etdi: «Men
avvalgi chiqishlarimda el-yurtimizning buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi hali
to‘liq o‘rganilmagani haqida gapirib, jaoatchiligimiz e’tiborini shu masalaga
qaratgan edim. Bugun mamnuniyat bilan aytmoqchimaniki keyingi yillarda shu
yo‘nalishda juda katta ishlarni amalga oshirdik.
Avvalo, ilgari yopiq bo‘lgan arxiv hujjatlarini ilmiy jamoachilik uchun
ma’lum bo‘lmagan materiallarni o‘rganish uchun imkoniyat yaratildi. Bu borada
sobiq ittifoq respublikalari va chet ellardagi arxiv tashkilotlari, muzeylar va
fondlar, tarixchi olimlar va mutaxassislar, keng jamoatchilik bilan hamkorlik
kuchaytirildi.
Ana shunday ilmiy izlanishlar natijasida xalqimizning ikkinchi jahon
urushidagi ishtiroki haqida, qahramon ajdodlarimiz haqida juda muhim yangi
ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Hozirgi vaqtda ular ommaviy axborot vositalarida,
kitob va albomlarda keng yoritilmoqda.
Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tariximizni o‘rganishda tom ma’noda yangi
davr boshlandi, deb aytishga bugun barcha asoslarimiz bor. Masalan, shu vaqtga
qadar urush boshlangan paytda yurtimiz aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil
etgan va ularning 1 million 500 mingga yaqini urushda ishtirok etgan, deb
hisoblanar edi. Yangi topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondan 1 million
Do'stlaringiz bilan baham: |