1-mavzu: Kirish. «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev barkamol
Download 338.47 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev barkamol
avlod va ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarix fanining o‘rni va saboqlari xususida. Tarix fanini o‘rganishda ma’lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy g‘oya va nazariyalarning o‘rni va ahamiyati katta. Ular tarix fanining mazmun va mohiyatini chuqurroq anglashga shuningdek fanni o‘rganishning maqsad va vazifalarini kengroq ochib berishga yordam beradi. Shuning uchun ham uni ma’lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy-nazariy asoslariga tayangan holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta’kidlab, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q», «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» nomli asarlarida «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi», «Tarix-xalq ma’naviyatining asosidir» degan so‘zlarida tarixiy haqiqatni va ma’naviy o‘zlikni angalashga undovchi, teran ilmiy-nazariy fikrlarni ilgari surgan edilar. Ushbu tamoyillar Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan izchil davom ettirilib, mustaqillik yillarida haqqoniy tariximizni o‘rganish borasida ko‘plab ilmiy va nazariy xulosalarni berib kelmoqda. Ayniqsa uzoq yillar mobaynida yo‘l
7 qo‘yilgan ayrim xato va kamchiliklarni ro‘y rost tanqidiy tahlil qilinishi ham muhim voqea bo‘ldi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2018-yil 28- dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomada bildirgan o‘z fikr mulohazalarida quyidagilarni qayd etadi: «Afsuski, yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘tgan davrlarda
Tarix fani va unga oid bilimlar jamiyat manfaatlariga, insonlarning ma’naviy dunyosiga ijobiy ta’sir qilishi, kishilarda tarixiy xotira, ajdodlar merosidan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘ota olishi lozim. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2018-yil 28-dekabrda Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomada o‘z fikrlarini bayon qilgan: «…Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim. O‘tmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli bo‘lishi zarur», degan edi.
Aynan ushbu Murojaatnomada xalqimiz tarixi, moddiy va ma’naviy madaniyatini keng jamoatchilikka etkazish hamda jahon miqyosida targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi negizida «O‘zbekiston
Download 338.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling