1-mavzu: Kirish. «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari. Reja


  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoev  barkamol


Download 338.47 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/17
Sana24.11.2021
Hajmi338.47 Kb.
#176931
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
1-mavzu

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoev  barkamol 

avlod  va  ma’naviy  etuk  shaxsni  tarbiyalashda  tarix  fanining  o‘rni  va 

saboqlari  xususida.  Tarix  fanini  o‘rganishda  ma’lum  nazariy-metodologik 

tamoyillar,  ilmiy  g‘oya  va  nazariyalarning  o‘rni  va  ahamiyati  katta.  Ular  tarix 

fanining  mazmun  va  mohiyatini  chuqurroq  anglashga  shuningdek  fanni 

o‘rganishning  maqsad  va  vazifalarini  kengroq  ochib  berishga  yordam  beradi. 

Shuning  uchun  ham  uni  ma’lum  nazariy-metodologik  tamoyillar,  ilmiy-nazariy 

asoslariga  tayangan  holda  o‘rganish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Shu  boisdan 

respublikamizning  birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  tarixning  eng  muqaddas 

milliy  va  umuminsoniy  xotira  hamda  qadriyat  ekanligini  ta’kidlab,  «Tarixiy 

xotirasiz  kelajak  yo‘q»,  «Yuksak  ma’naviyat-engilmas  kuch»  nomli  asarlarida 

«O‘zlikni  anglash  tarixni  bilishdan  boshlanadi»,  «Tarix-xalq  ma’naviyatining 

asosidir»  degan  so‘zlarida  tarixiy  haqiqatni  va  ma’naviy  o‘zlikni  angalashga 

undovchi, teran ilmiy-nazariy fikrlarni ilgari surgan edilar.  

Ushbu  tamoyillar  Prezident  Shavkat  Mirziyoev  tomonidan  izchil  davom 

ettirilib,  mustaqillik  yillarida  haqqoniy  tariximizni  o‘rganish  borasida  ko‘plab 

ilmiy  va  nazariy  xulosalarni  berib  kelmoqda. Ayniqsa uzoq  yillar  mobaynida  yo‘l 



 

qo‘yilgan  ayrim  xato  va  kamchiliklarni  ro‘y  rost  tanqidiy  tahlil  qilinishi  ham 



muhim  voqea  bo‘ldi.  Bu  borada  Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoev  2018-yil  28-

dekabrda Oliy Majlisga  qilgan Murojaatnomada bildirgan  o‘z  fikr  mulohazalarida 

quyidagilarni qayd etadi: «Afsuski, yurtimiz tarixini o‘rganishda o‘tgan davrlarda 

arxeologik  tadqiqotlar  etarli  darajada  olib  borilmadi.  Shuning  uchun  Fanlar 

akademiyasining Arxeologiya va San’atshunoslik institutlari faoliyatini, oliy o‘quv 

yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga 

tashkil etish zarur.  

Buyuk  alloma  va  adiblarimiz,  aziz-avliyolarimizning  bebaho  merosi, 

engilmas  sarkarda  va  arboblarimizning  jasoratini  yoshlar  ongiga  singdirish, 

ularda  milliy  g‘urur  va  iftixor  tuyg‘ularini  kuchaytirishga  alohida  e’tibor 

qaratishimiz  kerak.  Shu  maqsadda,  O‘zbekiston  Milliy  teleradio  kompaniyasi 

tarkibida  «O‘zbekiston  tarixi»  kanalini  tashkil  etib,  ilmiy  jamoatchilik,  ijodkor 

ziyolilarimiz  bilan  birgalikda  uning  dasturlarini  puxta  shakllantirish  kerak. 

Mamlakatimiz  muzeylarida  saqlanayotgan  tarixiy  eksponatlarni  to‘liq  xatlovdan 

o‘tkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim».  

Tarix fani va unga oid bilimlar jamiyat manfaatlariga, insonlarning ma’naviy 

dunyosiga  ijobiy  ta’sir  qilishi,  kishilarda  tarixiy  xotira,  ajdodlar  merosidan 

faxrlanish  tuyg‘usini  uyg‘ota  olishi  lozim.  Bu  borada  Prezidentimiz  Shavkat 

Mirziyoev  2018-yil  28-dekabrda  Oliy  Majlisga  qilgan  Murojaatnomada  o‘z 

fikrlarini  bayon  qilgan:  «…Vatanimizning  qadimiy  va  boy  tarixini  o‘rganish,  bu 



borada  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  kuchaytirish,  gumanitar  soha  olimlari  faoliyatini 

har  tomonlama  qo‘llab-quvvatlashimiz  lozim.  O‘tmishga  berilgan  baho  albatta 

xolisona,  eng  muhimi,  turli  mafkuraviy  qarashlardan  xoli  bo‘lishi  zarur»,  degan 

edi.  


Aynan  ushbu  Murojaatnomada  xalqimiz  tarixi,  moddiy  va  ma’naviy 

madaniyatini  keng  jamoatchilikka  etkazish  hamda  jahon  miqyosida  targ‘ib  qilish 

maqsadida  O‘zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi  negizida  «O‘zbekiston 


Download 338.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling