1-Mavzu: Kirish. Proyeksiyalash usullari. Reja


Ikkinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana19.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1033315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Kirish. Proyeksiyalash usullari.

Ikkinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazoda berilgan B nuqtaning (2.2-rasm) 
proyeksiyalarini yasash uchun bu nuqtadan H va V tekisliklarga perpendikulyarlar o'tkazamiz, bu 
perpendikulyarlarning proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishgan B' va B" asoslari B nuqtaning gorizontal 
va frontal proyeksiyalari bo'ladi. B nuqtaning chizmasini tuzish uchun H tekislikni 2.2-rasmda 
ko'rsatilganidek V tekislikka jipslashtiramiz. 
B nuqtaning B" frontal proyeksiyasining vaziyati o'zgarmay qoladi. Uning B' gorizontal proyeksiyasi 
esa H tekislik bilan V tekislikka jipslashadi va Ox o'qiga perpendikulyar bo'lgan, chiziqda bo'ladi (2.3-
rasm). Demak, II chorakda joylashgan har qanday nuqtaning gorizontal va frontal proyeksiyalari Ox 
o'qiga perpendikulyar bo'lgan bir bog'lovchi chiziqda va Ox o'qining yuqorisida joylashadi. 
2.3-rasm 
Uchinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. Fazodagi C nuqta III chorakda joylashgan 
(2.3-rasm). Bu nuqtaning gorizontal va frontal proyeksiyalarini yasash uchun H va V tekisliklarga 
perpendikulyar tushiramiz. Bu perpendikulyarlarning H va V tekisliklardagi C'va C" asoslari C 
nuqtaning gorizontal va frontal proyeksiyalari bo'ladi. Nuqtaning epyurini yasash uchun H tekislikni 
qabul qilingan qoidaga muvofiq V tekislikning davomi bilan jipslashtiramiz Bunda H tekislik yuqorida 
joylashadi. C nuqtaning C" frontal proyeksiyasi V tekislikda bo'lgani uchun vaziyati o'zgarmay qoladi, 
C gorizontal proyeksiyasi esa H tekislik bilan birga V 1 R. Xorunov tekislikka jipslashadiva 2.3-rasmda 
ko'rsatilgan vaziyatni egallaydi. 
Demak, III chorakda joylashgan har qanday nuqtaning gorizontal proyeksiyasi Ox o'qining 
yuqorisida, frontal proyeksiyasi esa uning ostida, Ox o 'qiga perpendikulyar bo'lgan bir bog'lovchi 
chiziqda joylashadi. 


2.4-rasm. 
To'rtinchi chorakda joylashgan nuqtaning chizmasi. D nuqta fazoda IV chorakda joylashgan (2.4-
rasm). Uning H va V tekisliklardagi proyeksiyalarini yasash uchun D nuqtadan bu tekisliklarga 
perendikulyar o'tkazamiz. 
Perpendikulyarlarning H va V tekisliklar bilan kesishgan D' va D" asoslari D nuqtaning gorizontal 
va frontal proyeksiyalari bo'ladi. 
2.5-rasm. 
Shunday qilib, IV chorakda joylashgan har qanday nuqtaning gorizontal va frontal proyeksiyalari Ox 
o'qiga perpendikulyar bo 'lgan bir bog'lovchi chiziqda va Ox o'qining ostida bo’ladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling