1-Mavzu: Kirish. Proyeksiyalash usullari. Reja


Bissektor tekisliklarda joylashgan nuqtalarning chizmalari 2.6-rasm


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana19.12.2022
Hajmi0.62 Mb.
#1033315
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 Kirish. Proyeksiyalash usullari.

 Bissektor tekisliklarda joylashgan nuqtalarning chizmalari 2.6-rasm 
 
 
 
2.6-rasm 
QI –birinchi bissektor tekisligi, bu fazoning I va III choraklaridan o'tuvchi tekislikdir. ┴(┴) A€Q1 € 
|AH| = |AV| . 
Q2-ikkinchi bissektor tekisligi, bu fazoning II va IV choraklaridan o'tuvchi tekislikdir. A€Q1 va 
C€Q1, epyurda ularning gorizontal va frontal proyeksiyalari [0x) o'qidan teng masofada bo'ladi. B€Q2 
va D€Q2, epyurda ularning gorizontal va frontal proyeksiyalari ustma–ust tushadi. 


2.7-rasm. 
Proyeksiyalar tekisligida va koordinatalar o’qida joylashgan nuqtalarning chizmalari. 
Proyeksiyalar tekisligida yotuvchi nuqtaning bir proyeksiyasi o'zida, ikkinchisi esa [0x) o'qida 
bo'ladi. 
Proyeksiya o'qlarida yotuvchi nuqtalarning epyuri Agar nuqta proyeksiya o'qlaridan birida yotgan 
bo'lsa, uning ikki proyeksiyasi o’zi yotgan joyda, bir proyeksiyasi esa doimo koordintalar boshida 
bo'ladi. 
Turli choraklarda joylashgan nuqtalarni H va V proyeksiyalar tekisliklariga proyeksiyalash va 
ularning chizmalarini tuzishdan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
• Nuqtaning fazodagi vaziyatini uning ikki ortogonal proyeksiyasi to'la aniqlaydi. 
• Nag qanday nuqtaning gorizontal va frontal proyeksiyalari Ox o'qiga perpendikulyar bo'lgan bir 
bog'lovchi chiziqda joylashadi. 
• Fazodagi har qanday nuqtaning H va V proyeksiyalar tekisliklaridan uzoqliklarini nuqta gorizontal 
va frontal proyeksiyalarining Ox o'qigacha bo'lgan masofalari aniqlaydi. 
Fazoning sakkiz oktantga bo'linishi. Fazoda o'zaro perpendikular bo'lgan uchta tekislik H, V va W 
(Hgorizontal proyeksiyalar tekisligi, V- frontal proyeksiyalar tekisligi, W-profil proyeksiyalar tekisligi) 
olamiz. Ular fazoni sakkiz qismga bo'ladi, fazoning sakkizdan bir qismi oktant (okto-sakkiz, oktant-
sakkizdan bir) deyiladi. Oktantlar 21-rasmda ko'rsatilgan tartibda rim raqamlari bilan belgilanadi. 2.8-
rasm 


2.8-rasm 
H,V,W tekisliklarning kesishuv chiziqlari: H∩V=[Ox), H∩W=[Oy),V∩W=[Oz) - proyeksiya o'qlari 
deyiladi. 
Proyeksiya o'qlarining umumiy kesishuv nuqtasi 0=[0x)∩[0y)∩[0z) koordinatalar boshi deyiladi. 
I oktant H,V va W, tekisliklardan hosil bo'ladi. Bunda koordinatalar o'qlari [0x),[0y),[0z) musbat 
(x,y,z). 
II oktant H1,V va W1 tekisliklardan hosil bo'ladi va [0y) manfiy, [0x) va [0z) o'qlar musbatdir (x,-
y,z). 
III oktant H1,V1va W1 tekisliklardan tashkil topgan bo'lib, [0y) va [0z) o'qlar manfiy [0x) esa musbat 
(x,-y,-z). 
IV oktant H,V1 va W tekisliklardan tashkil topib, faqat [0z) o'q manfiy, qolganlari musbat (x,y,-z) 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling