1 mavzu. Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida
Download 31.56 Kb.
|
1 мавзу
1 mavzu. KIRISH. SANOAT KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI SUB’EKTI SIFATIDA KIRISH. FANNING MOHIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI "Soha iqtisodiyoti va menejmenti" fanida biz bozor iqtisodiyoti va raqobatchilik sharoitida korxona faoliyatini amalga oshirishni, kadrlar potensiali va kadrlar siyosati, mexnatga haq to’lash, resurslar va ulardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish, investision va innovatsion faoliyat, xarajat, daromad va rentabellik, bahoni shakillantirish, menejmentning tashkiliy strukturasi, menejmentning boshqaruv usullari, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, korxonani strategik boshqarish kabi masalalarni ko’rib chiqamiz "Iqtisodiyot" atamasi birinchi bor ARISTOTEL tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish, ayirboshlashdagi xo’jalik faoliyatini anglatgan. Tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish qanchalik yaxshi tashkil qilingan bo’lsa, iqtisodiyot ko’rsatkaichlari va aholining turmush tarzi shuncha yuqori bo’ladi. Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma'naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog’liq bo’lgan har bir jabhani qamrab oladi (oziq-ovqat,kiyim-bosh, turar joy). "Soha iqtisodiyoti va menejmenti" fani izlanish, boshqarish va uslubiy vazifalarni bajaradi hamda jamiyat hayotining barcha soha va tarmoqlarida qabul qilinuvchi amaliy qarorlar uchun nazariy asos bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy asoslab berilgan hisob-kitob va bashoratlar "Soha iqtisodiyoti va menejmenti" faning muhim tarkibiy qismi sifatida xo’jalik tavakkalchiligini kamaytirishga, ishlab chiqarish va resurslardan foydalanishni optimallashtirishga, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishda eng to’g’ri tanlov olib borish imkonini yaratadi. Istalgan korxonaning faoliyatida turlicha savollar yuzaga keladi. Masalan, korxona qay tarzda faoliyat yuritishi kerak va daromad nimaga boqliq bo’ladi? Samaradorlik va iqtisodiy barqarorlik nimalarga boqliq? Xomashyo yetkazib beruvchilar va istemolchsilar bilan qanday ishlash kerak? Mahsulotni sotishda fondchilardan foydalanish zarurmi? Ishlab chiqarish sur'atlarini qanday oshirish mumkin? Raqobatchilik kurashida nima, va qanday omillar muvaffaqiyat keltiradi? Ishlab chiqarish va sotishni boshqarish tizimi qanday bo’lishi lozim? va h.k. Korxona faoliyatida biron-bir mahsulotni qachon, qaerda, kimga sotish, nimani, qancha, qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona qaysi tarmoqqa mansubligidan qat'iy nazar, qanchalik yaxshi tashkil etilsa va samarali ishlasa, iqtisodiyot ko’rsatkichlari hamda aholining turmush tarzi shunchalik yuqori bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi va korxonalarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga kadrlarga, ularning bilimlari, ko’nikmalari va malakalariga katta talablar qo’ymoqda. Bir tomondan fan-texnika taraqqiyoti, ikkinchi tomondan esa bozor munosabatlari va raqobatchilikning rivojlanib borish sharoitlarida mehnat bozorida faqatgina zamonaviy korxonalar iqtisodiyotini yaxshi biluvchi, uning balansini to’g’ri tushunuvchi, biznes-reja ishlab chiqishga qodir, investision, innovatsion va xo’jalikning boshqa faoliyati bilan bog’liq qarorlarni qabul qilishni to’g’ri amalga oshiruvchi mutaxassislar muvaffaqiyatga erishishi mumkin. Mashhur iborada aytilishicha "Daraxtlarning ortida o’rmonni ko’ra olish zarur". Malakali mutaxassis korxona iqtisodiyotini yaxshi bilishdan tashqari amaliyotda tez-tez uchrab turuvchi nima yoki qaysi variant yaxshiroq? qanday yo’l bilan daromadni oshirish va rentabellikni ko’tarish mumkin? Korxonaning ish kuchiga bo’lgan ehtiyoji qancha va ularga qanday haq to’lash kerak? Ishlab chiqarilayotgan tovarga yoki mahsulotga bo’lgan talabni qay tarzda oshirish mumkin? Korxona kredit olishi kerakmi, agar olsa qanday shartlar bilan olish mumkin? kabi savollarga o’z vaqtida to’g’ri javob bera olishi lozim. Mazkur fanning tadqiqotlar ob'ekti bu turli mulk shakliga ega bo’lgan kichik, o’rta va yirik korxonalar bo’lib, ular O’zbkuiston Respublikasining "Korxonalar to’g’risida"gi qonuni asosida tashkil qilinadi. Korxona iqtisodiyotning bir bo’g’ini bo’lib, unda eng malakali kadrlar mujassamlashgan hamda samarali boshqaruv-menejment qo’llanilib, resurslardan oqilona foydalanish, zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalanish masalalari hal qilinadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori sifat ko’rsatkichlari saqlangan holda xarajatlarni minimallashtirish va daromadni maksimallashtirish har bir korxonaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Fanning maqsadi ta'lim olayotganlarga amaliy-iqtisodiy bilimlarni, shuningdek, mustaqil fikrlash hamda olingan axborotlar va mustaqil o’rganish yordamida korxona iqtisodiyoti muammolari bo’yicha qaror qabul qilish ko’nikmalarini singdirishdadir. Fanning vazifasi korxona faoliyatida uchraydigan savollarga javob bera oladigan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdir. Download 31.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling