1 mavzu. Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida


O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari


Download 31.56 Kb.
bet2/13
Sana19.12.2022
Hajmi31.56 Kb.
#1033615
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1 мавзу

1.2.O‘zbekiston iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
I. Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
II. Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar


1.3.Korxona – iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini
Korxona – ijtimoiy ishlab chiqarishning bosh bo’g῾ini bo’lib, unda ilmiy iqtisodiyotning asosiy iqtisodiy masalalari hal etiladi.
Korxona ish o’rinlarini beradi ish haqi to’laydi soliqlar to’lash yo’li bilan davlat va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishda qatnashadi.
Korxona faoliyatining samaradorligi ishlab chiqarishni quyidagicha tashkil etish shakllariga ega:
Konsentratsiyalash, bir joyga jamlash;
Ixtisoslashtirish;
Kooperatsiyalash;
Ishlab chiqarishni murakkablashtirish kabi usullardan foydalanishga bog῾liq.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan, korxona bu - huquqiy shaxs maqomiga ega, mustaqil ravishda xo’jalik faoliyati yurituvchi subyekt bo’lib, o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkidan foydalanish asosida iste῾molchilar (xaridorlar) talabini qondirish va daromad (foyda) olish maqsadida mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqaradi va sotadi yoki ayirboshlaydi.
Korxona – ijtimoiy talablarni qondiruvchi va sof foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar bajaruvchi, xizmat ko’rsatuvchi mustaqil xo’jalik yurituvchi iqtisodiyot subyektidir.
Korxonaning markaziy holati quyidagilarga bog῾liq:

  • korxona inson hayotini tashkil etishning asosiy shaklidir. Bu yerda xodim o’zining ijodiy salohiyatini anglaydi, ijtimoiy ishlab chiqarishga hissa qo’shadi; bu yerda u o’zini o’zi va oila a῾zolarini moliyaviy ta῾minlab berganligi uchun mukofot oladi;

  • korxona turli xil ishtirokchilar o’rtasida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonida rivojlanadigan ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy sub῾ekti vazifasini bajaradi;

  • korxona nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy tashkilot hamdir, chunki uning poydevori shaxs va mehnat jamoasidan iborat; korxonada jamiyat, mulkdor, jamoa va ishchining manfaatlari o’zaro bog῾liq, ularning qarama-qarshiliklari ishlab chiqilgan va hal qilingan;

  • ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiradigan korxona tabiiy muhitga ta῾sir ko’rsatib, inson yashash joyining holatini belgilaydi.

Korxonani turli belgilariga ko’ra tavsiflash mumkin:

  • ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi;

  • ijtimoiy munosabatlarda korxona – bu, turli kategoriyadagi xodimlar o’rtasida ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar ;

  • tashkiliy-huquqiy munosabatlarda korxona huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadi;

  • moliyaviy-iqtisodiy munosabatlarda korxona – bu, tarmoqning mustaqil bo’ini bo’lib, o’z-o’zini moliya bilan ta῾minlash, o’z-o’zini boshqarish, ya῾ni bozor munosabatlari tamoyillarida faoliyat yuritadi.

Korxona o’ziga xos bo’lgan ma῾lum xususiyatlarga ega:

Download 31.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling