1-mavzu kirish standartlash maqsadi va asosiy tushunchalar. Reja


Download 192 Kb.
bet2/15
Sana30.01.2023
Hajmi192 Kb.
#1140798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1-Mavzu (1)

Savollar
1.Standartlashrtrish bu nima ?
2.Standartning turlari qanday ?
3.Standartlashtruvchi yetakchi tyashkilotlar qayerlarda joylashgan?
4.Fanni o’rganishdan maqsad nima?
O’zbekiston Respublikasining Standartlashtrish to’g’risidagi qonuni
Reja
1.O’zbekiston respublikasini standartlashtrish to’g’risidagi qonuni .
2.Qonuning maqsad va vazifalari
3 Qonunda korsatib o’tilgan shart va murojatlar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
STANDARTLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari:
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda “mahsulot” deb yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan;
mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan;
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan;
barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan;
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan;
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlashdan;
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan;
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan;
o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
2-modda. Davlat standartlashtirish tizimi
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi davlat standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublikada standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
Oldingi tahrirga qarang.
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi);
(2-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi);
(2-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda)
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi (Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi);
tibbiy maqsadlardagi mahsulotlar, tibbiy texnika ashyolari, dori-darmonlar sohasida hamda respublika sanoati ishlab chiqarayotgan, shuningdek import bo‘yicha respublikaga yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar miqdorini aniqlash masalalarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlar va texnik shartlarni (bundan buyon matnda “standartlar” deb yuritiladi), shuningdek ushbu Qonunni qo‘llashga doir yo‘riqnomalar va izohlarni ishlab chiqadilar, tasdiqlaydilar, nashr etadilar.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.

Download 192 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling