1-мавзу: Кириш. Тупроқ экологиясининг асосий тушунчалари. Тупроқ экологияси, асосий деградация муаммолари ва уларнинг ечимлари тўғрисида умумий тушунчалар


Download 7.01 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi7.01 Kb.
#1580290
Bog'liq
6-mavzu

O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instuti Aniq va tabiiy jismoniy madaniyati fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi 146-guruh talabasi Boltaboyeva Maysaraning “Zonallikning davriy qonuni va zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi” mavzusida tayyorlagan taqdimoti


REJA
1. Kirish.
2. «Zonallikning davriy qonuni» nima.
3. «Zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi.»
KIRISH
«Umumiy yer bilimi» mamlakatimizda geografiya ta’limining muhim asosi bo'lib hisoblanadi. Geografiya ta’limida tabiatni qo'riqlash masalalariga ko'proq ahamiyat berilishi, atrofmuhitni muhofaza qilishning xalqaro strategiyasi va BMT ning «Inson va muhit» dasturida ko'rsatilgan halqaro dasturlarining bajarilishi Umumiy yer bilimi fanining mavqeini va obro'sini yanada oshirib yubordi. 6 Hozirgi davrning asosiy hususiyatlaridan biri fanning juda tez sur’atlar bilan rivojlanishidir. Hech qachon hozirgidek fanga insoniyat va jamiyat oldida bunchalik buyuk mas’uliyat tushmagan edi. Jamiyatning rivojlanishini, tabiiy va ijtimoiy hodisalarning boshqarish hamda ularni sodir bo‘lishini va oqibatlarini bashorat qilishni faqat fan yordamida hal qilish mumkin.
«Zonallikning davriy qonuni» nima.

XX asrning o'rtalarida A.A. Grigorev va M.I.Budiko zonallik ta’limotini yanada rivojlantrib geografik zonallikning davriy qonunini ishlab chiqishdi. Ular tomonidan issiqlik va namlikning nisbatiga qarab bir xil tabiat zonalarini turli iqlim mintaqalarida qonuniy qaytarilishini aniqlashdi, Masalan, o'rmon zonalari ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo'tadil mintaqada uchraydi. Xuddi shunday qaytarilishlarni boshqa tabiat zonalarida uchratish mumkin.


Masalan, cho'l, chala cho'l va dashtlar ham turli mintaqalarda qaytariladi. Tabiat zonalarini turli mintaqalarda takrorlanishi issiqlik va namlik nisbatini takrorlanishi bilan bog'liq. Bunday nisbat issiqlik, yog'in, bug'lanish, tuproq namligi va boshqalarni nisbatini ifodalovchi koeffitsiyentlarda aniq ifodalanadi
M.I.Budiko geografik zonallikning davriy qonunini asoslash maqsadida qurg'oqchilikning radioatsion indeksi tushunchasini kiritadi. Mazkur indeks radioatsion budjetni yoqqan atmosfera yog'inlarini bug'latishga sarflangan issiqlik miqdoriga nisbatidan iborat.
Zonallikning umumsayyoraviy tuzilishi.
Geografik zonallikni to'la tushunib olish uchun hamma joyi bir xil bo'lgan gipotetik 156 materikda zonalarni joylanishini ко‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Gipotetik materikning hajmi yer yuzasidagi quruqlik maydoning yarmiga, shakli esa quruqlikning kengliklar buylab joylashishiga to‘g‘ri kelsin deb faraz qilinadi. Bundan tashqari gipotetik materikda tog'lar ham yo‘q deb faraz qilinadi. Gipotetik materikning qiyofasi shimoliy yarim sharda Shimoliy Amerika va Yevrosiyo bilan Shimoliy Afrika, janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerika, Janubiy Afrika va Avstraliyaga o'xshab ketadi. Gipotetik materikda tabiat zonalarini joylanishi geografik zonalarni Yer yuzasida tarqalishi aniq qiyofasini beradi.
Geografik qobiq doirasida juda ko‘p tabiiy va akval majmualar mavjud. Landshaft atamasi fanga 1805-yilda nemis geografi A.Gommeyer tomonidan olib kirildi. Ammo Germaniyada landshaftshunoslik XX asrdan boshlab shakllana boshladi. Yirik nemis landshaftshunoslari hisoblangan Z.Passerge, K.Troll, E.Neef asarlari ko‘p tillarga tarjima qilingan. Hozirgi paytda landshaftshunoslik muammolari bilan Buyuk Britaniya, Fransiya, AKSH, Rossiya, Ukraina, 0 ‘zbekiston va boshqa davlatlar geograflari shug‘ullanishmoqda
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • Geografik qobiqning ко ‘ndalang tuzilishining asosiy omillarini aniqlang.
  • 2. Geografik qobiqning planetar va regional hamda lokal miqyosda tabaqalanishining asosiy omillari nimalardan iborat?
  • 3. Mintaqaviy zonal tizimlarga nimlar kiradi? 4. Issiqlik, iqlim mintaqalari va tabiat zonalari jadvalini tuzing.

ADABIYOTLAR
  • Аношко В. С., Трофимов А. М., Широков В. М. Основы географического прогнозирования. Минск., 1985. \
  • 2. Боков В. А., Селиверстов Ю.П., Черванов И. Г. Общее землеведение. СПБ. — 1999, 268 с.
  • 3. Геренчук К.И., Боков В.А., Черванов И.Г. Общее землеведение. М.: Высшая школа, 1984, 256 с.
  • 4. Калесник С. В. Умумий ер билими к.искд курси. Т.: Ук,итувчи. — 1966, 268 б.
  • 5. Криволуцкий А.Е. Голубая планета. М.: Мысль. — 1985, 335 с.
  • 6. Мильков Ф.Н. Общее землеведение. М.: Высшая. школа. — 1990, 335 с.
  • 7. Мирзалиев Т. Картография. Т., 2002, 230 б.
  • 8. Неклюкова П.П. Общее землеведение. М.: Просвещение. — 1967, I и II часть. 9. Шубаев Л. П. Умумий ер билими. Т.: Ук;итувчи. — 1975, 388 б.

Boltaboyeva Maysara
Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay!
Imom Buxoriy
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
Download 7.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling