SUG`ORILADIGAN YERLARNING SHO'RLANISH DARAJASI,
maydoni foiz hisobida
Qiyin melioratsiyalanuvchi yerlar - shohli, arziqli, gipsli qatlamlari yer yuzasiga yaqin joylashgan, gumus va oziqa elementlari juda kam, ekinlar hosildorligi hamda tuproqlar unumdorligi va mahsuldorligi past, ko'p mehnat va mablag` talab etuvchi tuproqlar maydoni sug`oriladigan va lalmi yer maydonlarida ham kuzatiladi. Haydalma lalmi tuproqlarning 5,18 foizi u yoki bu darajada gipslashgan bo'lib, shundan o'rtacha gipslashgan lalmi tuproqlar -3,28 %, kuchsiz gipslashgan -0,93 %, kuchli gipslashgan -0,97 % ni tashkil etadi va asosan tog` osti yassi tekisliklarini egallagan och tusli bo'z tuproqlar hududlarida uchraydi. Turli darajali gipslashgan tuproqlar maydoni Sirdaryo, Jizzah, Navoiy, Buhoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining ayrim tumanlarida kuzatiladi.
So'ngi yillarda Namangan, Farg`ona, Navoiy va bir qator boshqa viloyatlarda toshloq adir yerlar o'zlashtirilgan, bu esa mazkur toifadagi sug`oriladigan yerlar maydonining ko'payishiga olib keldi. Respublika sug`oriladigan qishloq ho'jalik yerlarining 8,85 foizi turli darajada toshloqli bo'lib, shundan kam tosh aralashgan yerlar 49,0 foizni, o'rtacha tosh aralashgan yerlar 38,0 foizni va kuchli tosh aralashgan yerlar 13,0 foizni tashkil etadi.
SUG`ORILADIGAN YERLARNING GUMUS BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASI, maydoni foiz hisobida
YAYLOVLARNI BALANDLIK MINTAQALARI BO'YICHA TAQSIMLANISHI,
% hisobida
-qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida intensiv foydalaniladigan sug`oriladigan yerlarning meliorativ holatini tubdan yahshilash, ayniqsa tuproq sho'rlanishining oldini olish, kollektor-drenaj tarmoqlarining to'la ishlashini ta'minlash, eroziyaga uchragan yerlarda esa uning oldini olish uchun kompleks tadbirlarni amalga oshirish, ekinlarni hududlarning tabiiy-geografik o'rni, suv bilan ta'minlanganligi darajasi, tuproqlarning sifatiga qarab tabaqalashtirib joylashtirish va bunda almashlab va navbatlab ekish tizimiga qat'iy amal qilish, unumdorligi past yerlarda suvni ko'p talab qilmaydigan ekinlarni joylashtirish, yerlarga zarur organik va mineral o'g`itlarni talab etilgan miqdorda solish;
-sug`oriladigan tuproqlarning shamol va suv (irrigatsion) eroziyasidan, lalmi tuproqlarning rel`ef sharoitidan kelib chiqib, suv (kuchli yog`ingarchilik, sel) eroziyasi va jarlanishdan himoyalash, sug`orish usullarini takomillashtirish, tomchilatib, yomg`irlatib sug`orish usullarini joriy etish va ihota daraxtzorlarini barpo etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |