1-mavzu: Kirish. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb xunar ta’lim tizimida tarix fani o‘qitishning maqsad va vazifalari Reja


O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentyabr kuni «Ta’lim


Download 396.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana10.01.2023
Hajmi396.59 Kb.
#1087282
1   2   3
Bog'liq
1- mavzu (1)

 
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 sentyabr kuni «Ta’lim 
to‘g‘risida»gi qonunni imzolandi. Mazkur hujjat 19 may kuni Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilinib, 7 
avgustda Senat tomonidan ma’qullangan edi. 
Qonunga muvofiq, ta’lim turlari quyidagilardan iborat: 

maktabgacha ta’lim va tarbiya; 

umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 

professional ta’lim; 

oliy ta’lim; 

oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; 

maktabdan tashqari ta’lim. 

Umumiy o‘rta ta’lim I-XI sinflarni o‘z ichiga oladi. 
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi “Tа’lim to‘g‘risidа”gi Qоnuni, O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi Prеzidеntining “O‘zbеkistоn Rеspublikаsini yanаdа rivоjlаntirish 
bo‘yichа Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi to‘g‘risidа” 2017-yil 7-fеvrаldаgi PF4947-sоn 
Fаrmоni, “Хаlq tа’limi tizimigа bоshqаruvning yangi tаmоyillаrini jоriy etish 


chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа” 2018-yil 5-sеntabrdаgi PQ3931-sоn qаrоri, 
“O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Хаlq tа’limi tizimini 2030-yilgаchа rivоjlаntirish 
kоntsеpsiyasini tаsdiqlаsh to‘g‘risidа” 2019-yil 29-аprеldаgi PF5712-sоn 
Fаrmоni, “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan 
sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PF– 
6108-son Farmoni, “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 6-noyabrdagi PQ–4884-son 
qarorlari hamda “O‘zbеk tilining dаvlаt tili sifаtidаgi nufuzi vа mаvqеini tubdаn 
оshirish chоrа-tаdbirlаri to‘g‘risidа” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Fаrmоnlаri, shunigdek, “2020-2030-yillаrdа 
o‘zbеk tilini rivоjlаntirish vа til siyosаtini tаkоmillаshtirish kоntsеpsiyasi”dа 
bеlgilаngаn ustuvor vazifalar o`quv kursimizning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. 
Maktabda tarix o‘qitish vazifasi o‘quvchilarda ongli dunyoqarashini 
shakllantirishdan iboratdir. Tarix o‘qitish jarayonida yoshlarni mehnatga ongli 
munosabatda bo‘lishi ruhida, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi, milliy ma’naviyati 
ruhida hamda ularni bilish va ijodiy ishlash va malakalarini ham amalga oshirib 
borish ko’zga tutiladi. 
Tarix o‘qitish jarayoni ikki yo‘l bilan o‘rganiladi.
Birinchisi - kuzatish metodidir. Bu metoddan foydalanganda, turli xildagi 
o‘quv-metodik adabiyotlar, o‘quvchilarning yozma ishlari, ma’ruzalari, ularning 
javoblari, o‘qitishga berilgan baho va xulosalar bilan tanishib chiqiladi, darslar 
kuzatiladi, o‘quvchilarning bilimi va malakalari o‘rganiladi. SHunday qilib, 
kuzatish metodidan foydalanganda, tadqiqotchi tarix o‘qitishning mavjud tajribasi 
doirasidan chetga chiqmaydi, uni tabiiy ravishda kuzatadi va o‘rganadi. 
Ikkinchisi - tajriba metodi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonini o‘zi xohlaganicha 
uyushtiradi. Xullas, ijodiy ish qiladi va uning bu ishi ilmiy tajribaga o‘xshab 
ketadi. Biroq, o‘qituvchi qilgan ijodiy izlanishlarning ilmiy tajribadan farqi, avvalo 
shundaki o‘qituvchi darsda amaliy vazifani hal qiladi, uning xulosalari esa o‘z 
faoliyatining natijasi bo‘ladi. Ilmiy tajribada ko‘pchilik o‘qituvchilarning ishi 
uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar tadqiq etiladi, chiqarilgan xulosalar ilmiy 
asosda rasmiylashtiriladi. Shuning uchun ham, tarix o‘qitish jarayonini tadqiq 
etishdagi kuzatish metodini eksperimental tadqiqotdan farq qila bilish kerak. 

Download 396.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling