1-mavzu: Kirish. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb xunar ta’lim tizimida tarix fani o‘qitishning maqsad va vazifalari Reja


Download 396.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana10.01.2023
Hajmi396.59 Kb.
#1087282
  1   2   3
Bog'liq
1- mavzu (1)



1-mavzu: Kirish. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb xunar ta’lim tizimida 
tarix fani o‘qitishning maqsad va vazifalari 
Reja: 
1. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida tarix fani o‘qitishning maqsad va vazifalari. 
2.O‘rta maxsus va kasb hunar ta’limi tizimida tarix fani o‘qitishning o‘ziga hos 
hususiyatlari. 
3.Tarixni bilish metodologiyasiga oid bilimlar. 
4.Tushuncalarni shakllantirish yo‘llari: induktiv va deduktiv. 
5.Tushunchalar va qonuniyatlar: o‘quvchilarning nazariy bilimlari va ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida. 
Tayanch so’z va iboralar: 
Ixtiyoriy tanlash huquqi. Akademik lisey. Kasb-hunar kolleji. O’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi Nizomi. Ta’lim standarti tushunchasi. Didaktik vositalar. Evristik 
xarakter. Tarixiy fikrlash. Tarixiy fikrlashning vosita va usullari. O’quvchilarning 
malaka va ko’nikmalari. Nutq o’stira borish. Tarix darsidagi manba. Fikr-
mulohaza. Bahs jarayoni. Fikrlash qobiliyati. Fikr erkinligi. O’quvchining kasb-
hunarga moyilligini o’rganish.
Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari 
Umumiy o‘rta va o‘rta ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning 
asosiy maqsadi: 
O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo 
xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va 
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash; 
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas 
qismi ekanligini anglatish; 
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy kompetensiyalarni 
shakllantirishdan iboratdir. 
Umumiy o‘rta va o‘rta ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning 
vazifalari
O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas 
qismi ekanligini anglatish; 
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga 
munosib voris bo‘lishga o‘rgatish; 


o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning 
o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, 
milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat. 
Metodika - pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanni o‘qitish 
qonuniyatlarini tadqiq kiladi.Fanni o‘qitish metodikasi – ta’lim tizimida ushbu 
o‘quv fanining ahamiyati va o‘rnini belgilaydi, uning vazifalari, o‘qitish mazmuni 
va hajmini aniqlaydi, ushbu fan bo‘yicha qo‘llanilayotgan usul, shakl va vositalarini 
o‘z ichiga oladi.

Download 396.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling