1-mavzu: Kirish uslubmetdiReja
Download 1.97 Mb.
|
Paradigma maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Dasturlash paradigmasi Paradigma
- Dasturlash paradigmasi
- Paradigmalarni qo’llanilishiga misol.
- 1. Deklarativ uslub.
- 2. Imperativ uslub.
Dasturlash tillari haqida umumiy ma’lumot
2. Dasturlash paradigmasi Paradigma – (yunoncha paradigma - “namuna”, “o’rnak” ma’nolarini anglatadi) - ilmiy muammolarni hal etish na’munasi sifatida qabul qilingan nazariya. Masalan, Al –Xorazmiyning sonlar nazariyasida buyuk inqilob (0 –nol sonini arab raqamlariga (1,2,3,4,5,6,7,8,9) qo’shib pozitsion sanoq sistemasini kashf qilganligi) yasaganligi, ayniqsa - algoritm terminining fanga kiritilishi, V.Q.Qobilovning algoritmlash nazariyasi va shu kabi ta‘limotlar ham paradigmaga misol bo’la oladi. Demak, paradigma – ilmiy faoliyatning muayyan bir bosqichida aniq ilmiy tadqiqotni olib borishda foydalanish uchun nazariy metodologik asosdan iboratdir. Dasturlash paradigmasi - bu kompyuter dasturlarini yozish uslubini aniqlovchi fikr yoki tushunchalar tizimi, shuningdek dasturchinig fikr yuritish obrazi. Dasturlash paradigmasi - bu dasturlash yo’lini belgilab beruvchi g’oyalar va tushunchalar to’plami. Paradigma “dasturchi yozishi kerak bo’lgan dasturlash uslubi” kabi ta’riflanadi. Bryus Shrayver (Bruce Shriver) paradigmani “muammo yechimiga model va yondashuv” kabi ta’riflaydi, Linda Friedman — “dasturlash muammosi yechimiga yondashuv” kabi aniqlaydi. Pamela Zave paradigmani “kompyuter sistemalari haqida fikrlash usuli” kabi ta’riflashni beradi. Paradigma ta’riflanadi: Hisoblash modellari asosida Bazaviy dasturiy birliklar asosida Abstraksiyalarga bo’lish metodlari asosida Quyidagicha asosiy hisoblash modellari mavjud: Tyuring mashinasi(imperativ dasturlash) λ-hisoblashlar (funksional dasturlash) Xarnovskiy dezyunktasiga asoslangan rezolyutsiyalar (mantiqiy dasturlash) Eng keng tarqalgan paradigmalar quyidagilar: Imperativ dasturlash Strukturaviy dasturlash Funksional dasturlash Mantiqiy dasturlash Obyektga yo’naltirilgan dasturlash Aspektga yo’naltirilgan dasturlash Dasturlash tiliga yo’naltirilgan metadasturlash. Amaliy jihatdan olganda ko’pgina dasturlash tillari imperative va deklarativ paradigmali dasturlash tillariga bo’linadi. Paradigmalarni qo’llanilishiga misol. Aytaylik, bizda quyidagicha elementlarga ega massiv berilgan bo’lsin: 5, 1, 3, 9, 12, 583, 998, 7538, 72, 53, 71, 85, 7, 2, 9 Mazkur massivdan 3 dan katta va 100 dan kichik sonlarni ajratib olish talab qilingan bo’lsin. 1. Deklarativ uslub. Deklarativ dasturlashda buni dasturchi quyidagicha yozadi: 3 dan katta va 100 dan kichik sonlarni massivdan ajratib ol. Bunda dasturchi berilgan shartga ko’ra sonlar qanday ajratib olinishi kerak ekanligini yozmaydi, balki unga qanaqa natija kerak ekanligini yozadi. 2. Imperativ uslub. Imperativ dasturlashda esa massivdagi barcha sonlarni berilgan shartga tekshirib chiqish buyruqlarini yoziladi va shartni qanoatlantirganlarni ajratiladi: N ta elementdan iborat massiv yaratiladi. i o’zgarovchini 0 qiymat bilan e’lon qilinadi. siklni boshi: i nomerdagi massivning qiymati 3 dan katta va 100 dan kichik bo’lsa uni ekranga chiqar. i ga 1 ni qo’shib uni 1 taga oshir. Takrorla toki i ning qiymati N dan kichik ekan. Sikl tugadi; Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, demak, deklarativ dasturlashda dasturchi NIMA kerak ekanligini yozadi, imperative dasturlashda esa QANDAY olish kerak ekanligini yozadi. Bu real dasturlash tillarida quyidagicha bo’ladi:
Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling