1-mavzu: Kirish uslubmetdiReja
Dasturlash tilining formal ta'rifi
Download 1.97 Mb.
|
Paradigma maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgilar Denotat
- Xato haqida xabarlarlarning tasnifi Dasturlash tilining texnologik ta’rifi Dasturlash tili
- Mavzu
- 1. Assemblerda tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun dasturlash
Dasturlash tilining formal ta'rifi
Dasturlash tili - bu kompyuter holatini(bajaradigan ishini) rejalashtirish uchun mo’ljallangan belgilar tizimi. Belgilar tizimi- belgili vaziyatlar to’plamini aniqlovchi belgilashlar to’plami. Belgili vaziyatlar-semiotikaning birlamchi tushunchasi bo’lib, uning elementlari belgi va denotatlar hisoblanadi. Belgi- bu nom yoki ifoda, denotat-qiymat, mazmun. Belgilar va denotatlarlarga misollar:
Dasturlash tilining sintaksisi va semantikasi: Ruxsat etilgan belgilar tuzilmasini tavsiflovchi qoida tilning sinktaksisi deb ataladi. Ruxsat etlgan belgilarga mos keluvchi denotatlarni tavsiflovchi qoida tilning semantikasi deb ataladi. Dasturlash tilining amaliy ta’rifi Dasturlash tili –bu inson(foydalanuvchi) va kompyuter(bajaruvchi) o’rtasida muloqotni ta’minlovchi vosita. Dasturlash tili yordamida kompyuter uchun xabarlar yaratiladi. Bu xabarlar kompyuterga tushunarli bo’lishi kerak. Mumkin bo’lgan xatolar sintaktik, semantik va pragmatik turlarga bo’linadi. Xato haqida xabarlarlarning tasnifi Dasturlash tilining texnologik ta’rifi Dasturlash tili-bu dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish vositasi. Dastur quyidagi xusussiyatlarga ega bo’lishi kerak: -ishonchlilik(xatolar kam bo’lishi kerak); -bardoshlilik(foydalanuvchi xato qilganda, resurslar yetishmaganda, qurilmalar qisman buzilganda o’zining ishlash qobilaytini saqlab qolishi kerak); -javobgalik ( o’zining va foydalanuvchining xatolarini tushuntirib berishi kerak.) Mavzu: Quyi darajali dasturlash tillari Reja: 1. Assembler tilida tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun dasturlash. 2. Assembler tilida takrorlanuvchi jarayonlar uchun dasturlash. Tayanch iboralar: shartli o’tish,shartsiz o’tish,taqqoslash buyrug’i, nishon, loop, cycle, iteration Ushbu ma’ruzada dasturlashning eng muhim tushunchalaridan biri boshqaruv buyruqlari haqida so’z boradi. Boshqaruv deganda biz ma’lum bir shartlar bajarilishiga qarab dasturning turli bo’laklari ishga tushishini tushunamiz. Masalan, ikki sonni katta-kichikligini taqqoslash natijasiga ko’ra dasturni tarmoqlash shular jumlasidandir. 1. Assemblerda tarmoqlanuvchi jarayonlar uchun dasturlash Qandaydir shart bajarilishi yoki bajarilmasligiga qarab dasturning qaysi bo’lagini ishlatish boshqarilib turiladi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: -Agar mantiqiy shart haqiqat bo’lsa, u holda birinchi amallar ketma-ketligi -Aks holda ikkinchi amallar ketma-ketligi bajariladi. Yuqori darajali tillarda bunday holatlarni amalga oshirish uchun if... then ... else yoki if ... else kabi ifodlardan foydalniladi. Ammo assemblerda bunday “murakkab” buyruqlar yo’q. Buning o’rniga mantiqiy shart yoki ifodani haqiqat yoki yolg’on ekanligini tekshirish uchun qiymatlar oddiy usulda taqqoslanadi. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling