1-mavzu: Kirish uslubmetdiReja


Download 1.97 Mb.
bet34/39
Sana05.01.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1078956
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Paradigma maruzalar

Umumiy o’zgaruvchi har doim bir nusxada bo’ladi va barcha oqimlarga bir nom ostida murojaat qilish imkoniga ega bo’ladi.

  • Lokal o’zgaruvchini e’lon qilish mazkur o’zgaruvchining nusxalarini har bir oqimda yaratadi

  • Lokal o’zgaruvchinng qiymati bir oqimda o’zgarsa boshqa oqimdagi nusaxsining qiymatiga ta’sir qilmaydi.



    Dasturlash modeli- aniq bir sinfdagi algoritmlarni bajarish uchun mo’ljallangan abstrakt kompyuterlarning arxitekturasiga javob beruvchi dasturlash usullarining majmuasidir.
    Dasturlash modeli kompyuter arxitekturasini uning mantiqiy qurilishini ma’lum bir yo’nalishda ifodalanishiga asoslangan.
    Ma’lumotlar va buyruqlarning o’zaro aloqasini axborot graf shaklida ifodalash mumkin. Axborot graf turli xil makrooperatsiyalar yoki operatsiyalar bloki o’rtasida o’zaro bog’liqlikni va ketma-ket operatsiyalarni bajarilshini ifodalaydi.

    9.1-rasm. Dasturning axborot grafi
    Axborot grafning tugunlari makrooperatsiyalar, bir tomonga yo’nalgan yoylar ma’lumotlar almashish kanali hisoblanadi. Har bir tugun (n,s) juftliklari bilan xarakterlanadi, bu yerda n-tugun nomi, s-uning o’lchami. Tugun o’lchami uning tarkibiga kiruvchi elementar operatsiyalarsoni bilan belgilanadi.
    Yoylar (v,d) juftlik bilan xarakterlanadi, bu yerda v-jo’natiladigan ma’lumot, d-jo’natish uchun sarflangan vaqt.
    Ketma-ket dasturlash modeli quyidagi xususiyatlari bilan xarakterlanadi:
    -Nisbatan yuqori bo’lmagan unumdorlik;
    -Standart dasturlash tillarining qo’llanilishi;
    -Dastur kodining yaxshi ko’chirilishi;
    Parallel dasturlash modeli quyidagicha xarakterlanadi:
    -dasturning juda yuqori unumdorligiga erishish imkoniyati;
    -dasturlashning maxsus usullari qo’llanilishi;
    -juda katta hajmli mehnatni sarflanishi;
    -dasturni ko’chirish bilan bog’liq muammolarning mavjudligi;
    Parallel dasturlashda yuzaga keladigan muammolar:
    -Protsessorlar to’plamining ishlashini boshqarish;
    -Protsessorlar o’rtasida ma’lumotlar almashinishni tashkillashtirish;
    -Tupikli vaziyatni hosil bo’lish ehtimoli mavjudligi;

    Download 1.97 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling