1-mavzu: Kirish uslubmetdiReja
Download 1.97 Mb.
|
Paradigma maruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Parallel dasturlash Reja
- OpenMP
Umumiy o’zgaruvchi har doim bir nusxada bo’ladi va barcha oqimlarga bir nom ostida murojaat qilish imkoniga ega bo’ladi.
Lokal o’zgaruvchini e’lon qilish mazkur o’zgaruvchining nusxalarini har bir oqimda yaratadi Lokal o’zgaruvchinng qiymati bir oqimda o’zgarsa boshqa oqimdagi nusaxsining qiymatiga ta’sir qilmaydi. Mavzu: Parallel dasturlash Reja: 1. OpenMP kutubxonasi. 2. Sinxronizatsiya 3.Masalalarni oqimlarga taqsimlash Turli xil ko’rinishdagi parallel hisoblash tizimlari mavjud-ko’p yadroli/protsessorli kompyuterlar, klasterlar, videokartali tizimlar, dasturlanadigan integral sxemalar va b. OpenMP-C,C++,Fortran tillari uchun parallel dastur yaratishga mo’ljallangan standart kutubxona hisoblanadi. OpenMP faqat umumiy xotirali arxitekturada ishlaydi. OpenMP kutubxonasi faqatgina umumiy xotirali tizimlar uchun dasturlashga mo’ljallangan. Shuning uchun oqimlar parallelizmidan foydalaniladi. Oqimlar yagona jarayon ichida yaratiladi va o’zining xususiy xotirasiga ega bo’ladi. Bundan tashqari barcha oqimlar protsessor xotirasiga murojaat qilish imkoniga ega. OpenMP da xotira modeli OpenMP kutubxonasidan foydalanish uchun “omp.h” sarlavhasini dastur kodiga qo’shish zarur. Dastur ishga tushirilgandan so’ng ketma-ket bajariluvchi yagona jarayon yaratiladi va #pragma omp parallel direktivali soha uchrashi bilan jarayon bir nechta parallel oqimlarni hosil qiladi. Bunda oqimlarning sonini ko’rsatish mumkin. Jimlik holati bo’yicha oqimlar soni hisoblash tizmi yadrolari soniga teng bo’ladi. Dastur kodida parallel soha figurali qavslar bilan chegaralanadi. Soha tugashi bilan oqimlar o’chirib yuboriladi. Qora chiziqlar bilan oqimlarning yashash davri ko’rsatilgan, qizil chiziqlar bilan ularning yaratilish davri tasvirlangan. Ko’rinib turibdiki, barcha oqimlar jarayon ishining barcha davrida mavjud bitta (asosiy) oqimdan yaratiladi. Bunday oqim OpenMP da master deb ataladi, qolgan barcha oqimlar ko’p marta yaratiladi va o’chiriladi. Shuni qayd etish joizki, parallel direktivasi ichki joylashtirilgan bo’lishi mumkin, buning uchun sozlashlarga bog’liq ravishda ichki oqim yaratish mumkin. Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling