Mavzu. Transport qonunlari va multi-modal transport o‘qitilishi. (4 soat)
Download 78.18 Kb.
|
MAVZU -3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transport jarayonlari
MAVZU. TRANSPORT QONUNLARI VA MULTI-MODAL TRANSPORT O‘QITILISHI. (4 - soat). Reja: 1.Avtomobil transportida yuklarni etkazib berishda transport tizimlari. 2. Mikro tizimlar. Juda kichik tizimlar. O‘rtacha tizimlar. Katta tizimlar. Juda katta tizimlar. 4.Transport jarayonlari. 5.Transport jarayonlarini bayon qilish texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari. Transport jarayonlari Transport tizimining faoliyat ko‘rsatishi transport jarayonlarining bajarilishi vositasida amalga oshadi. U yoki bu transport jarayonlarini bajarish bilan tizim o‘zining maqsadlariga erishadi. Bunda transport jarayonlari har doim ajratilgan resurslar doirasida va transport tarmog‘ining o‘tkazish qobiliyati, transport tugunlarining o‘tkazish qobiliyati, qayta yuklash qurilmalari va almashish punktlari yoki to‘xtash punktlarining quvvati, omborlarning sig‘imi bilan bog‘liq bo‘ladigan chegaralashlar tizimida amalga oshishini hisobga olish zarur bo‘ladi. Transport jarayonlari skalyar va vektorli (oqimli) bo‘lishi mumkin. Bu berilgan jarayon tizimning holatini o‘zgartirish-o‘zgartirmasligiga bog‘liq bo‘ladi. Tabiiyki, turli tizimlarda xuddi o‘sha birta jarayon ikkita shaklda mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, tashishlarni boshqarish tizimida omborda yuk birligini yiriklashtirish jarayoni skalyar jarayon bo‘lib hisolblanadi, chunki yuk omborda qoladi, tashish tizimi nuqtai-nazaridan yuk tashishga tayyorlash jarayonida bo‘ladi va tizimning holatini hech qandayiga o‘zgartirmaydi. Jarayon skalyar formada bajariladi. Omborni boshqarish tizimida yuk birligini yiriklashtirish jarayoni alohida yuk o‘rinlarining ko‘chishini chaqiradi, saqlash yacheykalaridagi yukning miqdori o‘zgaradi yoki yacheyka butunlay bo‘shaydi – tizimning tuzilishi (holati) o‘zgaradi. Jarayon vektorli formada bajariladi. Transport tizimining asosiy sub’ektlari sifatida yuk jo‘natuvchi, yukni qabul qilib oluvchi, ekspeditor, operator va tashuvchini ajratish mumkin. Transport tizimida transport jarayonlari eng yuqorigi (ko‘proq umumiy) darajada rejalashtirish, boshqarish, etkazib berish, transport vositalarini kuzatib borish (vehicle tracking) va trassalash (vehicle tracing) jarayonlari bilan taqdim qilinadi. YUqoridagi darajaning jarayonlari ko‘proq detalli funksiyalarni amalga oshiradigan jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Har bir sub’ekt uning faoliyatini maqsadlariga mos keladigan jarayonlarning ma’lum bir jamlanmasini amalga oshiradi. Etkazib berish jarayonini tarkib toptiradigan asosiy jarayonlar sifatida yukning yuk jo‘natuvchi tomonidan jo‘natilishi – tashish – qayta yuklash – tashish – yukni qabul qilib oluvchiga topshirish zanjirini ajratish mumkin. Transport va qayta yuklash jarayonlarini kombinatsiyalash bilan etkazib berish zanjirlarining mumkin bo‘lgan sonini aniqlash mumkin. Tagjarayonlar o‘rtasidagi o‘tishlar yuk uchun javobgarlikning o‘tish nuqtalarini ko‘rsatadi. Etkazib berish jarayoni va boshqarish jarayoni o‘zaro chambarchas bog‘langan va xuddi o‘sha bir xil tarkibiy qismlardan foydalanadi. SHu bilan birgalikda, yuklarni etkazib berishni boshqarish jarayoni etkazib berish zanjirini boshqarishning tarkibiy qismlarini to‘ldiradi. Rejalashtirish, kuzatib borish va oqimlar harakatini ta’minlash jarayonlari tashuvchi yoki butun etkazib berishlar zanjirining faoliyat ko‘rsatishi uchun mas’ul bo‘lgan ekspeditor va operatorning faoliyatiga tegishli bo‘ladi. Moddiy oqimlar va axborot oqimlari ikkita jarayon o‘rtasida bo‘linadi. Moddiy oqim etkazib berish doirasida amal qiladi va etkazib berishlar zanjiri bo‘ylab birta sub’ektdan boshqasiga ko‘chadi. Axborot oqimi transport tizimining sub’ektlariga boshqarish jarayoni doirasida zarur bo‘ladi. Boshqarish, rejalashtirish, kuzatib borish va trassalash jarayonlari shajaraviy hisoblanadi, chunki butun etkazib berish zanjiri uchun mas’ul bo‘lgan sub’ektlar bilan alohida operatsiyalar va funksiyalarning bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunday bo‘linish alohida operatsiyalarning bajarilishini optimallashtirishdan manfaatdor bo‘lgan operatorlarni va butun transport tizimini optimallashtirishdan manfaatdor bo‘lgan operatorlarni ajratishga ko‘maklashadi. Ma’lumotlar oqimlarini jarayonlar o‘rtasida ularning semantikasiga (mazmuniga) muvofiq quyidagi guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi: buyurtmalar va tashish shartnomalari xujjatlariga ega bo‘lgan ma’lumotlar oqimlari. Bu ma’lumotlarning asosiy hajmi yuklarni tashish jarayonlaridan tashqarida sirkulyasiyalanadi (aylanadi); transport vositalariga buyurtma berish to‘g‘risidagi axborotga ega bo‘lgan ma’lumotlar oqimlari; nakladnoylar (konosamentlar), yukka hamrohlik qiladigan hujjatlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar oqimlari; boshqarish axborotlariga ega bo‘lgan ma’lumotlar oqimlari. Bu ma’lumotlarning asosiy qismi transport tizimining ob’ektlari yoki sub’ektlarining ichida aylanadi; transport vositalari va yuklarni kuzatib borishga taaalluqli bo‘lgan ma’lumotlar oqimlari; boshqa axborotlarga ega bo‘lgan ma’lumotlar oqimlari. Transport tizimida ma’lumotlar oqimlarini tasvirlash uchun ularni shajaralashni bajarish va ma’lumotlar oqimlarini shajaraning har bir darajasiga bog‘lash imkonini beradigan jarayonlarni tasvirlash tizimini aniqlash zarur bo‘ladi. Transport tizimining jarayonlarini tasvirlash tizimi 6.1 rasmda sxematik ko‘rinishda keltirilgan. Jarayonning qoplanish sohasi Жараённинг бажарилиш соҳаси . ................................................................................................................................. Жараён Jarayonning darajasi . Тагжараён ...................................................................................................................................... Tagjarayonning darajasi Жараённинг таркибий қисми Faoliyatning darajasi . Жараённинг таркибий қисмларининг бажарилиши ...................................................................................................................................... 6.1 rasm Jarayonlarni tasvirlash shajarasining sxemasi. Jarayonlarni jarayonlar jadvali yordamida tasvirlash qulay bo‘ladi, unga misol 6.2 jadvalda keltirilgan. Jarayoning qisqacha tasvirlanishini unda tagjarayonlar, shuningdek, ma’lumotlar oqimlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar ko‘rsatilgan diagramma bilan to‘ldirish qulay bo‘ladi. Bunday diagrammaga misol 6.1 rasmda keltirilgan. Ushbu diagrammada jarayonning fragmenti (bir qismi) ikkita tagjarayonlar bilan taqdim qilingan, ular transport tizimining ikkita sub’ekti tomonidan bajariladi. 1.1.1 va 1.2.1 jarayonlar o‘rtasida moddiy oqimi uzatiladi, u sxemada tasvirlangan barcha jarayonlar o‘rtasidagi axborot oqimlari bilan qo‘llab-quvvatlanadi va kuzatib boriladi. Jadval 6.2.
6.2 rasm. Jarayon diagrammasiga misol. 6.2 rasmda yuklarni etkazib berishning asosiy jarayonlari keltirilgan.Ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni axborot oqimlariga mos keladigan ingichka strelkalar va moddiy oqimlarga (yukning ko‘chishiga) mos keladigan qalin strelkalar ko‘rsatadi, O‘z-o‘zidan etkazib berish jarayonida bir nechta operatorlar (tashuvchilar) ishtirok etadi. Biznes-jarayonlar etkazib berish bosqichlaridan birida joriy tashuvchi uchun ko‘proq batafsil ochib berilgan. Transport infratuzilmasining operatorlari (yo‘l xizmatlari, yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi) transport vositasining harakatlanuvchi harakatini boshqarishning umumiy funksiyalaridan tashqari xavfli, nogabarit va boshqa me’yorlanmagan yuklarni tashishda tobora faol rol o‘ynamoqda. Bunday holda harakat marshruti, tashish vaqti va hokazolarni ular bilan kelishish lozim bo‘ladi. Transport jarayonlarining miqdoriy bajarilishi mos keluvchi ko‘rstkichlar bilan tavsiflanadi. Ulardan asosiylari: transport massasi – tashishlar hajmi (tonnalarda) yoki tashilgan yo‘lovchilar soni Q; transport yo‘li – amalda tashish masofasi L, km; transport vaqti – tashishni bajarish uchun zarur bo‘ladigan T vaqt oralig‘i. Minutlar, soatlar yoki sutkalarda o‘lchanishi mumkin. Bu uchta asosiy ko‘rsatkichlardan quyidagi formula bo‘yicha boshqa hosilaviy ko‘rsatkichlarni olish mumkin: I = Q xL yT z, bunda x, y, z – bosqich ko‘rsatkichlari. Misol sifatida uchta asosiylaridan olingan bir nechta ko‘rsatkichlarni keltiramiz: x = 0, y = 1, z = –1 bo‘lganda, I = L/T – tashish tezligi, km/soat; pri x = 1, y = 0, z = –1 bo‘lganda, I = Q/T – yuk oqimi, t/soat; pri x = 1, y = 1, z = 0 bo‘lganda, I = QL – transport ishi, tkm; pri x = 1, y = 3, z = –2 bo‘lganda, I = QLv2 – tran, tkm3/soat2. 6.3 rasm. YUklarni etkazib berish jarayonida amalga oshiriladigan asosiy operatsiyalarning o‘zaro bog‘lanishlarning bir ko‘rinishi. Download 78.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling