1-Mavzu: Kirish. Xavfsizlik texnikasini o‘rganish va tekshirish. Reja


Download 210.91 Kb.
Sana05.10.2023
Hajmi210.91 Kb.
#1692748
Bog'liq
Ma\'ruzalar matni


1-Mavzu: Kirish. Xavfsizlik texnikasini o‘rganish va tekshirish.
Reja
1.O‘quv ustaxonalari bilan tanishish
2.Texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari bilan tanishish
3.Ish o‘rni bilan tanishish va ish o‘rnini tashkillashtirish
Tayanch iboralar:
Texnika xavsizlik qoidalari,yong’in xavsizligi,elektr tokidan saqlanish, standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar, mexanizator, travmatizm, shovqinlar, nurlanish.


1.Ustaxonalar odatda birinchi qavatda joylashtiriladi. Ustaxona uchun ajratiladigan maydon kelajakda ustaxona kengayishi mumkinligi nazarda tutilgan holda rejalashtiriladi. SHovqin beradigan jixozlar aloxida nazariy bilim berish joyidan uzoqroqqa joylashtirish kerak.
O‘quv ustaxonalaridagi xavoning harorati qishda 150–160 past bo‘lmasligi yozda 200 oshmasligi kerak. Bunday harorat ishlash uchun yaxshi imkoniyatni ta’minlaydi.
Ustaxonani sun’iy xavo almashtirgich orqali xavo bilan ta’minlanadi. Ustaxona poli ilik, yuzasi tozalash uchun kulay, sirpanmaydigan bo‘ladi. Devorlari sillik bo‘lishi kerak. Devorlar ochiq rangga, ship esa binoni yaxshi yoritish uchun ok rangga buyaladi.O‘quv ishlab chiqarish ustaxonalari va bo‘limlarining maydon hamda sanitariya texnika me’yorlari o‘quv maskanida o‘rgatiladigan kasb (tokorlar, chilangarlar, mexanizatorlar va x.k.z) ga qarab me’yorlar bilan belgilanadi. O‘quv ustaxonalarini rejasini tuzishda qo‘yiladigan umumiy talablar quyidagilardan iborat:O‘quv ustaxonalari mashғulotlarni ishlab chiqarish ta’limi dasturiga muvofiq o‘tkazishga moslashtirilgan va operasion komplnks tizimga muvofiq bo‘lishi kerak.Har bir bo‘lim maydoni va asbob uskunalari mikdoriga ko‘ra hamda beriladigan kasbga muvofiq 25 – 30 yoki 12 – 15 kishilik o‘quvchilarni bir vaqtda o‘qitishga munjallanadi.Ustaxonalar umumgurux (frontal) o‘qitishga moslangan bo‘lishi kerak.Uchastkalarni bir – biridan to‘siqlar bilan ajratish kerakKasblarga xos bo‘lgan asbob va materiallar saqlanadigan omborxona, mexaniqa bo‘limi va xokazolar tashkil qilinadi.Bir – biriga boғliq ish bajaradigan bo‘limlar bir – biriga yaqin joylashtiriladi.Silliklaydigan, jilvirlaydigan va charxlaydigan stanoklar aloxida binolarga o‘rnatiladi, buni imkoni bo‘lmasa xavoni almashtirish uchun xavo tozalagich o‘rnatiladi.Ish vaqtida gaz, chang yoki kuchli shovkin chiqadigan, travmatizm xavfi bo‘lgan bo‘limlar (temirchilik quymakorlik, qoliplash, payvandlash, yoғochga ishlov beradigan, kuch qurilmalari va xokazo) to‘liq (izolyasiya) ajratiladi.O‘quv ishlab chiqarish ishlarining ro‘yxati bilan ko‘rsatmali harita, davlat andozasi GOSTlar bilan ta’minlanadi.Devorning bir tomoniga o‘rnak ko‘rsatgan o‘quvchilar familiyalari va suratlari o‘rnatiladi.Ustaxonani ko‘rinadigan joyiga birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori solingan aptechka va qaynatib sovutilgan suvli bak qo‘yiladi.
2. Xavfsizlik texnikasi - mehnat muhofazasi boʻlimlaridan biri ishchidagi jarayonlarda vujudga keladigan xavfli omillarning ishlovchilarga zararli taʼsiri oldini olishga doir tashkiliy va texnik tadbirlar hamda vositalar majmui. Ularni yaratish va ishlab chiqarishda qoʻllash ishlari belgilangan tartibda tasdiqlangan meʼyoriy texnik hujjatlar (standartlar, qoidalar, meʼyorlar, instruksiyalar) asosida amalga oshiriladi. Tashkiliy tadbirlar: ishchilarga xavfsiz va zararsiz ish usullari toʻgʻrisida yoʻl yoʻriqlar berish, ishlab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigiyenasi asoslarini oʻrgatish, mehnat qilish va dam olish qonun qoidalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tatbiq qilish.Texnik tadbirlar maʼlum meʼyorlar va qoidalarga asoslanadi. Bunda insonning ruhiy, anatomik, fiziologik xususiyatlari hisobga olinadi. Masalan mashinaning boshqarish organlarini inson uchun qulay yerga joylashtirish, ish vaqtida zararli chang, gaz chiqmasligini taʼminlash zarur, xavfli taʼsirlardan himoya qilish uchun toʻsiqlar qilinadi, ogohlantiruvchi belgilar va plakatlar osib qoʻyiladi. Koʻpincha ishlayotgan mashinalarning uzellari bilan bogʻliq qurilmalar (elektron qurilmalar, fotoelement, avtomatik saqlagich) dan foydalaniladi. Bularga saqlagich klapanlari, vklyuchatellar, eruvchan saqdagichlar, shtiftlar va boshqa kiradi. Xavfli, zararli ishlarni bajarishda jarayonlarni uzokdan turib boshqarish usuli yaxshi samara beradi. Himoya qilishda signalizatsshdan foydalaniladi. Jihozlarni yurgizib yuborishdan oldin ularning ishi tekshiriladi hamda sinaladi. Juda xavfli jihozlar (bosim ostida ishlaydigan idishlar, yuk koʻtarish mashinalari) davlat inspeksiyasi nazorati ostida boʻladi, namlik, tra, havoning tozaligi, shovqinlar, nurlanish taʼsiri va boshqa doimo nazorat qilinadi. Xavfsizlik texnikasi ning muayyan sohalarida ishlaydigan kishilar qoidalarga muvofiq shaxsiy himoya vositalari (kiyimbosh, poyabzal, ehtiyot belbogʻi, koʻzoynak va boshqalar)dan foydalanadi. Xar bir korxonada Xavfsizlik texnikasi uchun maʼmuriyat javobgar hisoblanadi.
O‘quv ustaxonalarida talabalar quyidagi talablarga amal qilishlari kerak
1.Mahsus kiyimdagi barcha tugmalar qadalishi, ro‘mol va bog’ichlarning qisilib turuvchi qismi yig’ishtirilgan bo‘lishi, kiyim yengidagi manjet qo‘l uchini siqib turishi kerak.
2. O‘quvchilarlarning sochlari uni qoplab turuvchi bosh kiyim tagida bo‘lishi kerak.
3. Faqatgina o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni, zarur tartibga rioya qilgan holda bajaring. Vazifalarni bajarishda tana holatini to‘g’ri saqlashga e’tibor bering.
4. O‘qituvchi ruhsatisiz stanokda ishlamang, ularning siz uchun notanish bo‘lgan qurilmalariga tegmang. Faqat o‘qituvchi tomonidan ish bajarish tartibi tushuntirilgan asbob-uskunalardan foydalaning.
5. Faqat soz holatdagi asbob-uskunalardan fiydalaning, ularni belgilangan vazifasiga ko‘ra ishlating. Asbob-uskunalarni o‘z ishingizni tashkil qilish qulayligini ta’minlagan holda joylashtiring.
6. Ish joyidagi qirindi, chang va chiqitlarni faqat ilgak, shotka va boshqa yordamchi vositalar bilan tozalang.
7. Ish vaqtida chalg’imang, o‘rtoqlaringizning vazifani bajarishiga halaqit bermang.
8. Mehnat havfsizligi qoidalari buzilganligi yoki shikastlanish holatlarida tezlik bilan o‘qituvchiga habar qiling.
3. O‘quvchilar ish o‘rinlarida aloxida asboblar komplekti va tozalash uchun supurgi, ko‘rak, ilgaqlar bo‘lishi kerak.Yong’inga karshi zaruriy jixozlar bo‘lishi shart.O‘quv ustaxonalarini jixozlash. O‘quv ustaxonalari o‘quvchilar ishlab chiqarish ta’limi dasturi talablariga muvofiq topshiriqlarni bajarishlari uchun zarur bo‘ladigan, mehnatni muxofaza qilish va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beradigan yakka va ommaviy foydalanishga muldallangan asosiy hamda yordamchi o‘quv ishlab chiqarish asbob – uskunalari bilan jixozlanadi.O‘quvchilarning yakka tartibda shu kabilar.Umumiy foydalanishga muljallangan yordamchi o‘quv ishlab chiqarish – uskunalari, parmalash va charxlash stanoklari, rejalash va to‘ғrilash plitkalaridan iborat.O‘quv ishlab chiqarish asbob – uskunalari, shuningdek mexanizasiya vositalari hozirgi zamon texnikasi talablariga javob berishi va o‘quvchilarga o‘quv dasturidagi barcha mavzularni o‘rganish imkoniyatini yaratishi kerak.Yakka tartibda foydalanishga muljallangan asosiy o‘quv ishlab chiqarish asbob – uskunalarining mikdori o‘quvchilarning ko‘pi bilan ikki smenada ishlashlarini nazarda tutib belgilanadi. Har bir kasb uchun aloxida, keraqli asbob – uskunalar bilan jixozlangan ish o‘rni bo‘lishi shart.


Ishchi yoki guruhlarni qiynalmay ishlashi uchun qulay joy va moslamalar (oyoq ostiga qo‘yiladigan tagliklar, stullar).
Ish joyini tashkil qilishda rejalashtirish muhim bo‘lib, ish vaqtining xar bir daqiqasida samarali foydalanish talab etiladi. Ish vaqtining qadriga yetishga ko‘nikish uchun qo‘yidagi asosiy qoidalarni esda tutish zarur: xar bir talaba o‘z maqsadini aniq bilishi va ishga darhol kirishishi, butun e’tiborini eng asosiy ishga qaratishi, dadil harakat qilishi, ishni keyinga qoldirmasligi, yozuv daftari tutishga odatlanishi kerak.
Ish o‘rnida joy va asbob-uskunalar joylashishining qo‘layligini aniqlash, maqbul ish doirasi, qurish doirasi va ish usullarini ta’minlay olish - olmasligini tekshirib ko‘rishi kerak. Masalan, yetarli yoritilmaslik, jihozlarning noqulay joylashishi, ko‘p chang chiqishi, xaroratning keskin o‘zgarishi, shovqin, titrash va x.k. ish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ish o‘rnini rejalashtirishda maqbul ish doirasi radiusi 300 mm bo‘lgan, xar qaysi qo‘l uchun yey bilan chegaralanishi zarur (4-rasm, a). Yordamchi asbob va moslamalar o‘rnatiladigan joy radiusi taxminan 430 mm bo‘lgan yoy bilan chegaralanishi kerak. Ayniqsa, qo‘l yetadigan doira radiusi 650 mm. dan kam bo‘lmasligi, shuningdek, qo‘llar maksimal yetadigan joy radiusi 850 mm bo‘lishi lozim. Kerakli asbob va moslamalarning ko‘rsatilgan chegaralardan tashqarida joylashuvi ishchining ortiqcha harakat qilib, gavdasini tez-tez egishiga olib keladi.
Metallga ishlov berish ustaxonasida ish o‘rni doim tartibli bo‘lishi, faqat o‘tiladigan dars uchun zarur asbob-uskunalar joylashtirilishi kerak. Kesuvchi,zarb beruvchi, tig’li hamda o‘lchovchi asboblardan foydalanishda ehtiyot bo‘lib,o‘zi va yon-atrofdagi o‘rtoqlarini jarohat qilishdan saqlagan holda munosabatda bo‘lish kerak.
Nazorat savollari:
1.Texnika xavfsizligi deganda nimani tushunasiz?
2.Ustaxonalarda maxsus kiyimlar qanday kiyiladi?
3.Ustaxonada gurux soniga qarab ishlatiladigan jihozlar soni qancha bo‘lishi kerak?
4.Ish o‘rnida asbob-uskunalarning noto‘g’ri joylashishi qanday salbiy ta’sir qiladi?


2-Mavzu Avtomobillarga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda qo‘llaniladigan jihozlar bilan ishlashni o`rganish.
Reja
1
Download 210.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling