1-mavzu: kirish. Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari reja
Download 58.16 Kb.
|
1-mavzu kirish. Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqi
siderik oy deb yuritiladi (siderik oy yulduzga nisbatan hisoblanadi). Oyning bir xil fazasi takrorlanishiga ketgan vaqt esa 29.5 sutkani tashkil etadi. Bu vaqt sinodik oy deb yuritiladi (sinodik oy yerga nisbatan hisoblanadi). Siderik oy muddati bilan sinodik oy muddati bir-biridan farq qiladi.
Oy o‘z o’qi atrofida 27.3 sutkada aylanib chiqsa ham yerdan ko’rinadigan bir xildagi ikki fazasi oralig'idagi vaqt 29.5 sutkaga teng bo’ladi. Demak, bir oy 29.5 sutkani tashkil etadi. Yer asosan ikki xil harakatlanadi: o’z o’qi atrofida (sutkalik harakat) va quyosh atrofida (yillik harakat). Yerning o’z o’qi atrofidagi sutkalik harakati natijasida kun va tun vujudga kelsa, yillik harakati natijasida yil fasllari vujudga keladi. Yerning quyosh atrofidagi yillik harakat yo’li uning orbitasi deb ataladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln. km. Yer bu yo’lni o`rta hisobda soatiga 1070 kilometr (yoki sekundiga 29,8 km) tezlikda bosib o’tadi. Bu tezlik artilleriya o’qining uchish tezligidan o’n baravar katta. Yer ana shunday tezlik bilan quyosh atrofini 36,5 kun 5 soat 48 minut 46 sekundda aylanib chiqadi. Yerning quyosh atrofidan bir marta to’la aylanib chiqishiga ketgan vaqt (365 kun-u 6 soat) yil deb ataladi. Yil fasllarining almashinuviga Yerning quyosh atrofidan aylanishi va yer o’qining orbita yuzasiga - tekisligiga nisbatan og'ishganligiga sababchidir. Yer o’qi orbita tekisligiga nisbatan 66, 30 burchak tashkil etadi. 21-mart kuni kun bilan tun chegarasi ikkala qutbdan o’tgan, ya'ni sayyoramizning har ikkala yarim sharida kun bilan tunning o’z o’nligi bir-biriga teng. Quyosh nuri shu kuni, ya'ni 21-martda ekvatorga tik tushadi, yer o’qiga nisbatan to’g’ri burchak hosil qiladi. Tush paytida quyosh tik tepamizda bo’ladi, shu kuni yer quyoshga nisbatan shunday vaziyatni egallaydiki, quyosh nuri shimoliy va janubiy yarim sharlarga bir tekisda tarqaladi. Quyosh o’zining bizga ko’rinadigan yo’lining tepa yarmida ufq tepasida, ikkinchi yarmini esa ufq tagida, ya'ni yer sharining bizga nisbatan orqa tomonida bosib o’tadi. Faqat shu kuni quyosh haqiqatan ham sharqdan chiqib g'aringa botadi. Mart oyida sayyoramizning shimoliy yarim sharida bahor, janubiy yarim sharida kuz bo’ladi. 22-martdan boshlab kunlar uzayadi va tunlar qisqara boshlaydi. quyosh shimoli-sharqdan chiqib shimoli-g'aringa bota boshlaydi. Kunning uzayishi va tunning qisqarishi 22-iyunigacha davom etadi. 22-iyunda sayyoramizning shimoliy yarim shari quyoshga qaragan bo’ladi, shu tufayli bu yarim shar janubiy yarim sharga nisbatan quyoshdan ko’proq yorug'lik, issiqlik oladi. Demak, shimoliy yarim sharda yoz boshlanadi, kunlar uzun, tunlar qisqa bo’ladi, ekvatordan janubda, ya'ni janubiy yarim sharda esa qish kiradi va kunlar qisqa, tunlar uzun bo‘ladi. 23-sentabr yer sharida yil fasllarining taqsimlanishi jixatdan 21-martdan farq qiladi. 21-martda shimoliy yarim sharda bahor, janubiy yarim sharda kuz bo‘lsa, 23-sentabr shimoliy yarim sharda kuz, janubiy yarim sharda kuz bo’ladi. 24-sentabrdan kunlar qisqarib, tunlar uzaya boshlaydi. quyoshning ertalab chiqishdan kechqurun botishigacha bosib o’tadigan yo’li qisqara boradi, qisqarish 22-dekabrgacha davom etadi. Demak, yerning o’qi quyosh atrofidagi aylanish yo’liga orbita tekisligiga nisbatan og'ishganligi natijasida yil fasllari almashinadi, quyosh atrofidagi yillik harakatning turli davrlarida yer yuzasining yoritilishi va isitilishidagi farqlar kelib chiqadi. Har kuni quyosh chiqadi va botadi. quyosh chiqishi ulug'vor, go’zal manzara, butun borliq, tabiat, barcha tirik mavjudot quyosh chiqishini tantana bilan kutib oladi. Quyosh - osmondagi son-sanoqsiz yulduzlarning biri, yerga eng yaqin yulduz, quyosh ulkan yoritgich, qizigan gaz holidagi osmon jismidir. quyosh nuri har sekundda 300 000 km tezlikda tarqalib, yerga 8,5 minutda yetib kelsa, yerga yaqin turgan boshqa yulduzning nuri 4,5 yildagina yetib keladi. Quyosh bilan yerning oralig'i Download 58.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling