1-mavzu: kirish. Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari reja
Download 58.16 Kb.
|
1-mavzu kirish. Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqi
450 000 marta kuchsizdir, oyning kuni ham tuni ham yerdan ikki xaftaga teng. Shu sababdan quyosh nurlari oy yuzasini kunduzi 120 C dan ziyod qizdirib yuboradi, tunda esa u -170 C gacha soviydi.
Quyosh sutkalarining o’rtacha uzunligi, ya'ni quyosh markazining ikkita yuqori (yoki quyi) kulminatsiyalari oralig'ida o’tgan o’rtacha vaqt qisqa vaqt oraliqlarini o’lchashda asosiy birlik hisoblanadi. Yil davomida bunday ikki kulminatsiya oralig'ida o’tadigan vaqt bir oz o’zgarib turadi. Bunga sabab yerning quyosh atrofida aylana bo’ylab emas, balki ellips bo’ylab harakatlanishi va buning natijasida uning harakat tezligining bir oz o’zgarib turishidir. Bu quyoshning yil davomida ekliptika bo’ylab qiladigan ko’rinma harakatidagi kichik notekisliklarini keltirib chiqardi. quyosh markazining yuqori kulminatsiyasidagi paytda haqiqiy tun payti deb ataladi. Biroq soatlarni tekshirish, aniq vaqtni belgilash uchun ularga qarab, albatta quyoshning kulminatsiya paytini belgilashga hech zaruriyat yo’q. Yulduzlarning kulminatsiya paytini belgilash aniqroq va qulayroq bo’ladi. Istalgan yulduzning va quyoshning kulminatsiyalari paytlarining farqi esa istalgan vaqt uchun belgilangan. Haqiqatan, yerning harakati quyoshning ko’rinma vaziyatining yulduzlarga nisbatan o’zgarishi juda aniq topilgan. Masalan, observatoriyalarda yulduzlarni kuzatib, muntazam ravishda asosiy soatlar tekshirib boriladi, bunda ularning vaqt tuzatmasi, ya'ni aniq vaqtni topish uchun soatning ko’rsatishga (Q yoki - ishorasi bilan) qo‘shilishi zarur bo’lgan kattalik amalda aniqlanadi. Vaqt tuzatmalarini aniqlash oraliqlarida aniq vaqtni kvars yoki boshqa (birorta tebranma harakatning chastotasini juda aniq ushlab turadigan) soatlar “saqlab” boradi. Hozirgi vaqtda nixoyat aniq “yuradigan” atom soatlari yaratilgan. Ular aniq vaqtni saqlashda ishlatiladi. Astronomik kuzatishlarda aniq vaqtni belgilash, uni saqlash va radio orqali butun xalqqa eshittirib turish ko’p mamlakatlarda mavjud bo’lgan aniq vaqt xizmatining vazifasidir. Aniq vaqt signallarini dengiz va havo flotining shturmanlari va aniq vaqtni bilish zarur bo’lgan juda ko’p ilmiy hamda ishlab chiqarish korxonalari radio orqali qabul qiladi. Aniq vaqtni bilish, xususan, turli joylarning geografik uzunliklarini aniqlashda zarurdir. Sayyoramiz o‘z o‘qi atrofida aylanib turadi, shuning uchun quyosh yerimizning turli nuqtalarini turli vaqtda yoritadi. Yerning bir meridianida joylashgan barcha nuqtalarida soat bir xil vaqtni ko’rsatsa, boshqat meridianida boshqacha vaqtni ko’rsatadi. Demak, bir meridianning o’zidagi vaqt shu meridian atrofidagi joylar uchun mahalliy vaqt hisoblanadi. Grinvich meridiani (meridianlar sanog'i boshlangan 0 meridian) da tush payti bo’lganda 180 geografik uzunlikda yarim tun, Grinvichdan sharqdagi 90 geografik uzunlikda kech payti, Grinvichdan g'arbdagi 90 geografik uzunlikda tong payti bo‘ladi. Download 58.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling