Bekorchilik insonni to'g'ri yo'ldan adashtiradi


Download 15.18 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi15.18 Kb.
#1436974
Bog'liq
Bekorchilik



Bekorchilik insonni to'g'ri yo'ldan adashtiradi .
Hayot davomida har bir insonning ichida biror narsa qilish istagi, muvaffaqiyat va farovonlikka intilish va buning aksi - harakatsizlik, umuman hech narsa qilishni istamaslik o'rtasida kurash bor. Ikkinchisi past motivatsiyadan kelib chiqadi. Psixologlarning ta'kidlashicha, agar inson zarur bo'lgan vaziyatlarda ham hech narsa qilishni xohlamasa, unda iroda kuchsizdir. Hayotda bu hodisa dangasalik deb ataladi. Apatiya va dangasalik ruh va tanani chinakam muzlatishdir. degan edi N. Belinskiy .
Darhaqiqat, bekorchilik dangasalik mahsulidir.Insonning nafas olib nafas chiqarishiga e'tibor bersa, vaqtning o‘tib borayotganini sezadi. Demak, insonning umri qisqa vaqtlardan tashkil topgan ekan. Vaqtning har bir soniyasi g‘animat! Qiyomatda so‘raladigan eng avvalgi narsalardan biri ham vaqtdir. Shuning uchun keksalarimiz “...vaqting ketdi-baxting ketdi”, deb bejiz aytishmagan. Ulug‘larimiz ham: “Ey odam farzandi, sen vaqtlardan iboratsan, agar bir kuning bekor o‘tsa, sening bir qisming ketibdi”, degan. Dangasaning omadi chopmasligi, uning erinchoqligidadir. Ba'zan sa'y-harakatni to‘g‘ri taqsimlash qanchadan-qancha insonlar hayotini baxtu-omadga to‘ldiradi. Aksincha, ayrim kishilarning g‘ayratining so‘nishi, uni tanballikka eltadi. Bekorchilik ko‘paygani sayin dangasalik kuchayadi. Inson doim harakatda bo‘lsa, dangasalikdan asar ham qolmaydi.
Mas'uliyat, jiddiyat, jur'at, harakat bir-biriga bog‘liq. Ulardan biri insonda topilsa, boshqa uchtasi ham topiladi. Barcha ulug‘ zotlar o‘z vazifalariga o‘ta jiddiy va katta mas'uliyat bilan yondoshishgan, butun diqqatlarini shu ishlariga qaratishgan. Yer yuzini obod qilish odam farzandining azaliy burchidir.
Mehnat qilish, kasb-hunar o‘rganish haqida Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: « Alloh taolo hunarmand bandani yaxshi ko‘radi». Hunar, kasb-kor esa insonni kamolot sari yetaklaydi.
Bugun yoshlarning aksariyati bekorchilik oqibatida xulqi buzilib, vaqtini isrof qilmoqda. Bejizga: «Bekorchidan Xudo bezor» deyilmagan. Ko‘p hollarda yoshlar internetdan ko‘ngilochar vosita sifatida foydalanib, ertayu kech g‘animat vaqtini besamar, behuda sarf qilmoqda. Afsuski, turli ijtimoiy tarmoqlar buzg‘unchilik, hayosizlik, loqaydlikka targ‘ib qiladi. U yoshlar tafakkurini zaiflashtirib, ongini buzuq g‘oyalar bilan zaharlaydi.Telefon xotirasidagi turli videolavhalar, internet orqali namoyish etilayotgan har xil ma'lumotlar yoshlarni manqurtlikka yetaklayapti. Axir umr, vaqt, yoshlik, sog‘lik g‘animat emasmi? .Bekorchi odam orzu-umidlarining hayolida yashaydi. Bunday kishilar hech qachon hayotda o‘z istagiga erisha olmagan. Shunday ekan bu illatning davosi inson qalbini poklashi bilan bo‘ladi.Demak, inson bekorchilikdan saqlanishi uchun butun a'zolarini sog‘lom bo‘lishiga sababchi bo‘lgan qalbini sog‘lom qilishi juda ham muhim ekan.Afsuski, bizga berilgan vaqtning qadrini , uning ahamiyatini ,ketgandan keyin qaytib kelmasligini anglamaymiz. Har kuni o'zimizga aytadigan eng katta yolg'on bu "hali vaqt borligi"dir. Chunki mana shu so'z bilan har kuni o'zimizni aldaymiz hali yoshman, vaqtim bor deb ,lekin bilmaymizki, vaqtni shundoqligicha yo'qotayotganimizni. Vaqtni bizga do'st yoki dushman bo'lishini o'zimiz tanlaymiz. Chunki vaqt biz o'ylaganimizdanda shiddatli va tez o'tib ketadi. Shu vaqt oralig'ida nimadir unumli va manfaatli ishga ulgurib qolishimiz ham yoki hech narsaga erishmasdan ,biror foydali narsani qilmasdan vaqtni qo'ldan boy berishimiz ham o'zimizga bog'liq. Vaqt qadrini umri poyoniga yetgan odamdan so'rash kerak. Negaki, faqat ulargina vaqtning qadrini, qanchalik tez o'tishini bilishadi. Shuning uchun bekorchilikdan, bizni juda behuda ishlarga qimmatli vaqtimizni sarflashdan qochishimiz lozim.Vaqt oqar daryo deb bejiz aytishmaydi, chunki bizni ko'p narsalardan mahrum qiladigan ham bizga malham bo'luvchi ham mana shu vaqt! Bizdan bolaligimizni, o'smirligimizni, navqiron va chiroyimizni qanday bizga muhayyo qilgan bo'lsa ,shundoqqina tortib oladi. Vaqt bebahodir, shu boisdan uni qo'ldan kelgancha samarali o'tkazishimiz lozim.
Download 15.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling