Davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti va uning o'ziga xos xususiyatlari reja
Download 12.25 Kb.
|
davlat va huquq nazariyasi fanining predmeti va uning o\'ziga xos xususiyatlari
DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Reja: Davlat va huquq tarixi – umumnazariy fan Davlat va huquq tarixi fanining predmeti Davlat va huquq tarixi fanining metodologiyasi Dunyo jadal rivojlanayotgan bugungi sharoitda insonlarda barcha ijtimoiy voqelik va hodisalarga nisbatan qiziqish ortmoqda. Bu, o‘z navbatida, ularni o‘rganishni, chuqur tadqiq etishni taqozo etadi. Insonlarni qiziqtirib kelayotgan shunday muhim ijtimoiy masalalar qatorida davlat va huquq alohida o‘rin egallaydi. Inson o‘zi tug‘ilgan zaminning, o‘z mamlakatining xususiyatlarini, dunyo davlatlari o‘rtasidagi mavqeini o‘rganishga harakat qiladi. Binobarin, davlat va huquq masalasi doimo jamiyat a’zolari diqqat markazida turadi. Har bir ijtimoiy hodisani tadqiq etish ma’lum ilmiy yo‘nalish, biron-bir fan tomonidan amalga oshiriladi. Davlat va huquq hodisalari – “Davlat va huquq nazariyasi” fani yordamida o‘rganiladi. Xo‘sh, “nazariya” so‘zining ma’nosi nimadan iborat? “Nazariya” iborasi “ko‘rib chiqmoq”, “tadqiq etmoq”, “tahlil qilmoq” degan ma’nolarni anglatadi. ”Nazariya” – keng ma’noda voqeahodisalarning o‘zaro aloqasi va qonuniyatlari haqida yaxlit tasavvur hosil qiluvchi ilmiy bilim shaklidir. Tor ma’noda esa u yoki bu sohadagi bilimning asosiy g‘oyalari, tushunchalari va qonunlari tizimidir. Davlat va huquq nazariyasi asosiy yuridik o‘quv fani sifatida quyidagi xususiyatlarga ega: – birinchidan, o‘zining aniq predmetiga, o‘rganadigan mavzulariga ega; – ikkinchidan, davlat va huquq haqida yaxlit umumiy bilim beradi, davlat va huquqning mohiyatini, taraqqiyot bosqichlari va qonuniyatlarini ochib beradi; – uchinchidan, davlat va huquq sohasida to‘plangan bilimlarni «davlat», «huquq», «qonun», «hokimiyat», «demokratiya» va boshqa kategoriyalarda (tushunchalarda) ifoda etadi; – to‘rtinchidan, davlat va huquqning ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanishidagi obyektiv jarayonlarni va taraqqiyot qonuniyatlarini aks ettiradi. Xullas, davlat va huquq nazariyasi yuridik ta’lim tizimidagi o‘quv fanlari orasida markaziy o‘rin egallaydi. Bu fan bo‘lajak huquqshunoslarda huquqiy tafakkur va dunyoqarashni, 7 huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Davlat va huquq nazariyasini huquqshunoslikning alifbosi, deyish mumkin. U umumyuridik fan sifatida sohaviy huquq fanlari uchun poydevor bo‘luvchi xulosa va tavsiyalarni shakllantirib beradi. Ushbu fanning quyidagi jihatlariga e’tibor qaratish lozim: – davlat va huquq nazariyasi jamiyatdagi muhim ijtimoiy hodisalar – davlat va huquqni o‘rganadi; – davlat va huquq inson hayotining asosiy hamrohi va mezoni hisoblanadi; – davlat va huquq bir necha asrlik tarixiy davrni bosib o‘tgan; – inson o‘zi istiqomat qilayotgan zaminga, davlatga hamisha qiziqish bilan qaraydi; – inson o‘z faoliyati davomida muayyan qoida, norma, ya’ni huquqqa amal qilish barobarida uning mohiyatini anglashga ehtiyoj sezadi; – davlat va huquq jamiyat taraqqiyoti bilan aloqadorlikda rivojlanib boradi. Davlat va huquq nazariyasi – davlat va huquqning eng umumiy qonuniyatlari, vujudga kelishi, mohiyati, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fundamental bilimlar tizimi. Shuningdek, bu fan davlat va huquq haqidagi qarashlar, g‘oyalar, fikrlar va bilimlarni mantiqiy tarzda umumlashtirilgan tizimidir. Turli tarixiy davrda, muayyan makonda istiqomat qilgan insonlar o‘sha davrning siyosiy tuzumi, mafkuraviy-g‘oyaviy jihatlari, boshqaruv xususiyatlari, ijtimoiy ong taraqqiyotidan kelib chiqqan holda davlat va huquqqa munosabat bildiradilar, baho beradilar. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng jamiyat hayotining barcha jabhalarida bo‘lgani kabi davlat va huquqqa ham yangicha qarash, yangicha yondashuv paydo bo‘ldi. Mamlakatimiz sobiq Ittifoq tarkibiga kirgan vaqtda davlatga iqtisodiy hukmron sinflarning tashkiloti, huquqqa esa ijtimoiy tartibga solishning zo‘ravonlik quroli sifatida munosabat bildirilgan. Bugungi kunga kelib, ya’ni demokratiya sharoitida davlat ijtimoiy qarama-qarshiliklarni zo‘rlik va bostirish yo‘li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanmoqda. Zamonaviy huquqqa esa, ijtimoiy hamjihatlik va kelishuvga asoslangan ijtimoiy tartibintizomga erishish, erkinlik, adolatparvarlik va tenglikni vujudga keltirish vositasi sifatida yondashilmoqda. 8 Davlat va huquq nazariyasi ham o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra taraqqiy etmoqda. Unga yangicha zamonaviy qarash, yondashuv shakllanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi o‘z oldiga demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishdek buyuk maqsadni qo‘yar ekan, davlat va huquqqa, uni o‘rganishga, tadqiq etishga alohida ehtiyoj sezila boshladi. Huquqiy davlatda qonun ustuvorligi eng asosiy tamoyil sifatida e’tirof etilsa, fuqarolik jamiyatining zaruriy sharti – fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va madaniyati, qonunlardan xabardorlik darajasi hamda huquqqa nisbatan chuqur hurmatidir. Bu tushunchalar albatta, davlat va huquq nazariyasining obyekti hisoblanadi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, davlat va huquq nazariyasi zamonaviy, dunyo taraqqiyoti, sivilizatsiya bilan hamohang harakatlanuvchi muhim ijtimoiy fan sifatida maydonga chiqadi. Davlat va huquq nazariyasi nafaqat mamlakatimizda, balki jahon hamjamiyatida yuz berayotgan yangilanish va yuksalishlar ta’sirida rivojlanmoqda. Davlat va huquqning paydo bo‘lishi va rivojlanishidagi umumiylik, o‘zaro aloqadorlik davlat bilan bir qatorda huquq ham jadal takomillashib borayotganligidan dalolat beradi. Huquqqa liberal yondashuv, uning insonlar hayotiga yanada yaqinlashayotganida, ularning manfaatlarini yanada mukammal aks ettirayotganligida namoyon bo‘lmoqda. Insoniyat ongi va tafakkurining yuksalishi barcha ijtimoiy hodisa kabi davlat va huquqni ham yangicha talqin etmoqda. Davlat ham, huquq ham inson uchun, uning manfaati uchun mavjudligi va faoliyat olib borishi fuqarolar tomonidan tobora anglab yetilmoqda. Turli tarixiy davrlarda davlat va huquqdan turli guruhlar, tabaqalar yoki alohida shaxslar manfaatining himoyachisi, ijtimoiy qaramaqarshiliklarni bostirish quroli sifatida foydalanilgan bo‘lsa, bugunga kelib, ular inson uchun farovon hayotni ta’minlash vositasiga aylanmoqda. Davlatning mohiyatini anglash, huquqqa zamonaviy yondashuv, huquqiy davlatning mazmun-mohiyatini ochish, fuqarolik jamiyati barpo etishni, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlarini tadqiq etish aynan davlat va huquq nazariyasining vazifasidir. Bu, o‘z navbatida, fanning xususiyatlarini ochib berish bilan bir qatorda, uning ijtimoiy ahamiyatini, dolzarbligini namoyon etadi Dunyoning hozirgi ijtimoiy taraqqiyotida ilm-fan katta o‘rin tutmoqda. Olamshumul kashfiyotlar, misli ko‘rilmagan ixtirolar turli fanlarning yutug‘idir. Bugungi sivilizatsiya sharoitida fanning yangi-yangi tarmoqlari paydo bo‘lishi bilan bir qatorda avval mavjud bo‘lgan fanlar takomillashtirib borilmoqda. Davlat va huquq nazariyasi fani ham shular jumlasidandir. Shu o‘rinda “fan” iborasi xususida to‘xtalib o‘tish o‘rinli. Fan – bu muayyan soha bo‘yicha tizimli bilimlar berishga ixtisoslashtirilgan ilm yo‘nalishi hisoblanadi. Yanada aniqroq aytganda, fan – tizimlashtirilgan bilimlar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida fanning nazariya, qonun, tushunchalar (kategoriyalar) turkumida ifodalanadi. «Fan – tabiat, jamiyat va inson tafakkuri to‘g‘risidagi tushunchalarda, kategoriyalarda, qonunlarda aks ettirilgan, haqqoniyligi amaliyotda tasdiqlangan bilimlar tizimidir. Har bir fan o‘ziga xos obyekti va unga mos keluvchi predmeti bilan ajralib turadi»1 . Fan jamiyat va tabiatni, umuman borliqni anglashning kalitidir. Shundan kelib chiqqan holda, davlat va huquq nazariyasi fani davlat va huquqni jamiyatning, ijtimoiy hayotning bir bo‘lagi, ya’ni ijtimoiy mazmundagi muhim hodisalar sifatida o‘rganadi. Bu fan go‘yoki, davlat va huquqni butun jamiyat hodisalari ichidan (tizimidan) ajratib olib, ularning mazmun-mohiyatini, ichki qonuniyatlarini, amal qilish xususiyatlarini tahlil qiladi. Shu bilan birga davlat va huquq iqtisod, siyosat, axloq, madaniyat kabi bir qator ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadorlikda o‘rganiladi. Bunda fanimiz davlat va huquqning nafaqat iqtisod tomonidan belgilanishiga, balki davlat-huquqiy hodisalarining iqtisodiyotga, ijtimoiy va ma’naviy hayotga faol ta’sir etishiga ham e’tibor qaratadi. Davlat va huquq nazariyasining predmetini ushbu fan o‘rganadigan obyekt, ya’ni ijtimoiy masalalar tashkil etadi. Bunday masalalar jumlasiga davlatning jamiyat bilan bo‘ladigan serqirra va murakkab aloqalari, davlat va huquqning jamiyat siyosiy tizimidagi roli va o‘rni, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid masalalar kiradi. Fanimiz nafaqat davlat-huquqiy mazmundagi voqea-hodisalarni va jarayonlarni, balki insonlarning davlat va huquq hodisalari haqidagi tasavvurlarini ham o‘rganadi. Demak, davlat va huquq nazariyasi o‘rganadigan masalalar qatoriga aholining ijtimoiy, jamoaviy va individual huquqiy hamda siyosiy ongi (siyosiy-huquqiy madaniyati) ham kiradi. Download 12.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling