1-mavzu: Kirish. Yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari. Reja


Download 30.64 Kb.
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi30.64 Kb.
#223937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu maruza matni

Sfragistika - (yunoncha sphragis - muhr), sigillografiya (lotincha sigillum - muhr va yunoncha grafo - yozaman) tarix fanining muhrlarni o‘rganadigan sohasi. Muhr deb qattiq materialdan yasalgan shtamp - matritsa va uning hujjatdagi izi, tasviriga aytiiadi. Sfragistika XVIII asrda diplomatiyaning bo'limi sifatida shakllangan va uning vazifasi hujjatning vaqtini aniqlash va undagi muhrga qarab haqiqiyligini tasdiqlashdangina iborat bolgan. XIX asrning oxiridan boshlab, ilmiy doiralarga qazishmalar chog‘ida topilgan va hujjatdan alohida bo‘lgan muhrlarning (qadimgi Misr, Bobil, Hind, Parfiya, Rus muhrlari va h.k.) ko‘plab kirib kelishi bilan sfragistika alohida fan sifatida yangi davrni boshladi. Davlat apparatining har qanday islohotlarini xronologik turkumlash orqali qadim davlat institutlarining shakllanishini o‘rganishda sfragistikaning ahamiyati kuchaydi. Sfragistika fanining asoschisi sifatida Mixail Geyneksiy (1709) ning nomini keltirish mumkin. logann Geymann, F.Gerken, Gatterer, Ledebur, knyaz Gogenloe-Valdenburg, Zeyler (sfragistikaga oid «Abriss der Sphragistik» (Vena, 1884) va «Geschichte der Siegel» (Lits., 1894) asarlarining muallifi) kabi olimlar bu fanning rivojlanishiga katta hissa qo‘shishgan. Sfaragistikaning o‘rganish obyekti haqidagi fikrlar fransuz olimi G.Shlyumberje, rus olimi N.P.Lixachyovlarning asarlarida o‘z ifodasini topdi. Sfragistikaning vazifasi hujjatlardagi muhrlarni o‘rganish orqali ularning aslini aniqlash va tasdiqlashdan iborat. Ammo uning vazifasi faqat shu bilangina cheklanmaydi. Davlat va davlat organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va davlatning shakllanish bosqichlarini o‘rganishda ham sfragistik ma’lumotlar muhim ahamiyatga ega. Sfragistika materiallari amaliy san’at, geraldika, numizmatika, onomastikani o‘rganishda, qadimgi arxivlar tarkibini aniqlashda ham muhim manba hisoblanadi.


Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling