1-mavzu: Kirish. Yordamchi tarix fanlarining maqsad va vazifalari. Reja


Download 30.64 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi30.64 Kb.
#223937
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-mavzu maruza matni

Geraldika - (Heraldry) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, ramzlar, nishonlar, gerblar, kompozitsiyalarning alohida belgilarini o‘rganadi, shuningdek, ularning o‘ziga xos tarixiy manba sifatida o‘rganadi. Geraldika atamasi lotincha «heraldus» - jarchi so‘zidan kelib chiqqan. Polyakcha «herb», nemischa «erbo» atamalari meros va merosxo‘r ma’nolarida qo‘llanilgan. Geraldika gerblar va ular haqidagi bilimlar tizimidir. Gerb biron-bir mamlakat yoki hududning siyosiy va tarixiy xarakterdagi g‘oyalari majmuasini, o‘ziga xos tabiiy va xo‘jalik xususiyatlari, tabaqaviy tavofutlarini, shaxs, urug‘ va boshqalarning shajaralarini ifodalovchi alohida ramziy belgidir. Geraldika moddiy madaniyat yodgorliklarini: gerb, tamg‘a, muhr, nishoniarni hamda gerbli va ramzli yozma manbalarni o‘rganadi, milliy an’analar, ijtimoiy xususiyatlar, mamlakatlararo iqtisodiy va madaniy aloqalarni o‘rganishga yordam beradi. Gerblar tarixiy bilimlarning ko‘plab sohalari: diplomatiya, sfragistika, numizmatika va boshqalarda o‘ziga xos manba vazifasini bajaradi. Geraldika vujudga kelgan ittifoqlar, hududiy o‘zgarishlar, sulolaviy nikohlarni aks ettirgan holda siyosiy tarix haqida, hukmron tabaqa o‘rtasidagi demografik jarayon va boshqalar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar bera oladi. Nafaqat siyosiy va ijtimoiy tarix sohasida, balki o‘rganilayotgan davrning psixologik muhitini qayta tiklashda ham geraldik materiallardan samarali foydalanish mumkin. Masalan, o‘rta asrlar xronikasi, siyosiy va badiiy adabiyotida gerblar tavsifi ko‘p uchraydi. Ular umuman o‘sha davr mentaliteti yoki turli toifalar mentalitetiga xos bo‘lgan xususiyatlarni ham o‘zida aks ettiradi.

Genealogiya - (yunoncha genealogiya - shajara, geneos - avlod va logos - bilim) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, avlodning (sulolaning) kelib chiqishi, urug‘ va oilalarning kelib chiqishi, ayrim shaxslar tarixi va qarindoshlik aloqalarini o‘rganadi. Uning amaliy sohasi shajaralar tuzishdir

Bonistika - (fr.Bonistique) yordamchi tarix fani sohasi bo‘lib, qog‘oz pul belgilarini o‘rganadi, bonlar tarixiy hujjatlar hisoblanib, numizmatika bilan uzviy bog‘langan.

Arxeologiya - (yunon. Archaios - qadimgi va logos - bilim) insoniyat tarixini moddiy ashyolar va inson faoliyati izlari o‘rqali o‘rganadigan fan. Arxeologiya alohida qadimgi ashyolar va butun majmualarni arxeologik qazuvlar yordamida o‘rganadi.


Download 30.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling