13-mavzu. Tarixiy jarayon va tarix falsafasi. Reja: Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar


Download 44.98 Kb.
bet1/6
Sana23.12.2022
Hajmi44.98 Kb.
#1047439
  1   2   3   4   5   6

13-mavzu. Tarixiy jarayon va tarix falsafasi.
Reja:
1. Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar.
2. Jamiyat tarixiy rivojlanishining andozalari (modellari
3. Tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari.


Tayanch tushunchalar
Jamiyat, qadriyat, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong, tarix, falsafa tarixi, tarix falsafasi,tarixiy taraqqiyot modellari, madaniyat, sivilizatsiya, ommaviy madaniyat, shaxs madaniyati,madaniyat turlari.


1. Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar. Tarix falsafasi insoniyat tarixiy rivojlanishining eng fundamental qonunlari va tamoyillarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bu yerda quyidagi masalalarga: tarixning ma’nosi va maqsadi, tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari va mexanizmlari, ijtimoiy progress yokm regress mavjudmi va uning mezonlari qanday, insoniyat tarixining yagonaligi va ko‘pxilligi masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Tarix falsafasi falsafa tarixdan nimasi bilan farq qiladi? Falsafa tarixi, asosan, tavsif xarakterga ega. U real tarixiy voqealar, uning sabablari va oqibatlari, ularning bevosita va bilvosita qatnashchilari, ularning jamiyat hayotining har xil sohalarga ta’sirini aniqlaydi va ko‘rsatadi. Tarix falsafasining vazifalari alohida tarixiy voqealarni o‘rganishdan iborat emas, balki, konkret ijtimoiy fanlar yutuqlari asosida fundamental, eng umumiy tarixiy qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
Masalan, Falsafa tarixining ma’nosi masalasi konkret ijtimoiy fanlar uchun odatda, ilmiy ahamiyatga ega emas. Pozitivistlar, xususan, fan bunday savollarga javob bera olmaydi deb faraz qiladilar. Bu metafizik masalalar, ilmiy bilish sohasi doirasidan chiqadilar. Tabiiy va ijtimoiy hayotning xususiy faktlarini o‘rganuvchi konkret fanlardan asl falsafa shunga o‘xshash «chegaradan tashqari» savollarga murojaat qilishi bilan farq qiladi.
Shunday qilib, tarix falsafasi fundamental tarixiy qonuniyatlarni bilishda nafaqat odamga yordam beradi, balki, pozitivistik fan voz kechayotgan, jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan odam ruhiyatini to‘lqinlantiradigan savollarga javoblarni izlaydi.

Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling