13-mavzu. Tarixiy jarayon va tarix falsafasi. Reja: Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar


Jamiyat to‘g‘ri chiziqli rivojlanadi deb hisoblaydi tarixning chiziqli andozasi


Download 44.98 Kb.
bet4/6
Sana23.12.2022
Hajmi44.98 Kb.
#1047439
1   2   3   4   5   6
Jamiyat to‘g‘ri chiziqli rivojlanadi deb hisoblaydi tarixning chiziqli andozasi. Geometrik sxema – chiziq yoki kesma. Ma’lumki, bu yerda yo‘nalganlik progressiv yoki regressiv tomonga bo‘lishi mumkin.
Bunday qarashlarga klassik misol – tarixni o‘rta asr xristiancha tushunish (Avgustin va boshqalar). Xristian texnologiyasi uchun tarixda ikki vaqt muhim ahamiyatga ega: Xudoning o‘g‘li (Iso)ning eramizgacha I asr chegerasida Erga kelishi va eramizning birinchi asrida kutilayotgan uning ikkinchi kelishi, u uzoq bo‘lmagan kelajakda amalga oshishi faraz qilinadi. shunday qilib, insoniyat tarixi, insoniyat ustidan sud, ikkinchi kelishi “vaqtning oxiri” ga tarang intilgan holda, kesmaga(vektor) tortilmoqda.
Nasroniylik konsepsiyasi progress yoki regress bilan aniq o‘zaro nisbatga ega emas. Uning hammasi boshqa tekislikda joylashgan. Fransuz faylasufi Mari Kondersening tarixning chiziqli andozasi ijtimoiy taraqqiyotning aniq g‘oyasiga ega bo‘lib, ularning mezoni inson aqlining «bilim, fan, maorif va ma’rifat» rivolanishidir. U taraqqiyot harakatlantiruvchisidir. Yevropa faylasuf – pozitivistlari O.Kont va G. Spenser tarix chiziqli – progressiv andozasi tarafdorlaridir.
Tarixning spiral(burama) andozasi dialektik falsafa uning har xil ko‘rinishlari (G.Gegel, K.Marks va boshqalar) yoqlovchilari uchun xosdir. Bu andoza yuqorida ifodalangan, sikllilik va chiziqlilikni o‘zida sintezlashtiradi. U ma’lum tarixiy sikllarning mavjudligini ko‘rsatib, shu bilan birga spiralning har bir yangi aylanishi oldingisini takrorlamaydi – o‘tmishga to‘la qaytishni nazarda tutmaydi. Spiral rivojlanish progressiv ham, regressiv ham bo‘lishi mumkin.
Masalan, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya to`g`risidagi marksistcha nazariyani qarab chiqamiz. Marks bu atama bilan, ishlab chiqarish usuli asos bo‘lgan jamiyatning konkret tarixiy tipini ifodaladi. Beshta formatsiya – (ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal, kapitalistik, kommunistik) ko‘rsatildi. Ularning barchasi tarix spiral rivojlanishining ma’lum aylanasini ko‘rsatadi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari o‘rtasidagi ziddiyat sababli ijtimoiy inqiloblar orqali biri boshqasiga o‘tadi. Tarix rivojlanishi bu «erkinlik podSholigi» (kommunizm) tomon yo‘l deb faraz qildi K.Marks. K.Marks – tarixiy progress g‘oyasi tarafdori bo‘lgan edi.

Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling