13-mavzu. Tarixiy jarayon va tarix falsafasi. Reja: Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar
Tarixiy rivojlanishning ma’nosi va yo‘nalishlari
Download 44.98 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “jonni ozod qilish” konsepsiyasidir
- Tarix ma’nosining idealistik konsepsiyasi
Tarixiy rivojlanishning ma’nosi va yo‘nalishlari. Tarixiy rivojlanish ma’nosi muammolari to‘g‘risida gap ketganda qo‘yidagi savol ko‘zda tutiladi: nima (nima uchun) tarixiy jarayon rivojlanadi (yashaydi)? Bu savol bilan boshqasi ham bog‘liq: jamiyat tarixi qaysi tomonga progressiv yoki regressiv tomonga harakatlanadimi? Bu savollarga faylasuflarning qanday javob berganligini qarab chiqamiz.
Insoniyat tarixi ma’nosi to‘g‘risidagi qadimgi qarashlardan biri “jonni ozod qilish” konsepsiyasidir. U klassik hind falsafasida, Platon va yangi platonchilar va ba’zi bir boshqa falsafiy ta’limotlarda rivojlantirildi. Bu konsepsiyaga binoan, insoniyat tarixi va odamlarning dunyoviy hayotining moddiy dunyoga bog‘liqlikni tugatish va ma’naviy dunyo amaliyotni qo‘llashdan iboratdir. Ularning fikricha «tana - bu jonning zindoni», «yerdagi dunyo – bu hayot haqiqiy emas – oliy dunyodagi asl ma’naviy hayotga tayyorgarlikdir. Odam o‘zining ma’naviy kuchi bilan moddiy borliqqa bog‘liqlikni tugatadi va ozodlikka erishadi». Jonni ozod qilish konsepsiyasi ko‘proq ma’naviy koinot evolyutsiyasi konsepsiyasiga yaqin bo‘lib, bu yerda tarixning ma’nosi odamning ma’naviy mohiyati rivojlanishida va uning ongining kengayishida ko‘rinadi. Bu unga moddiy va ma’naviy dunyoda yashashga qodir, yuqori ongli ma’naviy kosmik mavjudotga o‘zgarishiga va jismoniy, aqliy chegaralanganlikni tugatish imkoniyatini beradi. Yuqorida qayd qilingan ikkita qarashlarning ma’lum ko‘rinishlaridan biri nasroniy faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan providensializm diniy konsepsiyasidir. Bu konsepsiyaning dastlabki asosiy fikri qo‘yidagilarda: «ilohiy ko‘rabilish» (qandaydir oliy kuch - xudo), u odamga noma’lum maqsadlarni taqib qilib, insoniyat tarixini boshqaradi. Shu bilan birga, Xudo ta’siri ostida tarixiy jarayon mavjud bo‘lgan oliy, takomillashgan jamiyat holatiga harakatlanadi deb faraz qilinadi. Tarix ma’nosining idealistik konsepsiyasi uni g‘ayriinsoniy kelib chiqishning oliy tamoyillarini amalga oshirish sifatida qaraydi. Insoniyat tarixi – bu dunyoviy jarayonning bosqichlaridan biridir. Uning maqsadi – insoniyat jamiyati va odam orqali kechadigan mutlaq Ruhning ozod bo‘lishi va o‘zini bilishdir. Tarixning ma’nosi marksistik konsepsiyasi nemis faylasuf-materialisti K.Marks izdoshlari tomonidan rivojlantirildi.Ularning fikricha, tarixning ma’nosi inson va uning mohiyatli kuchlarining rivojlanishidadir. Bu nuqtayi nazarning tashqi o‘xshashligiga qaramasdan ruhiy-koinot evolyutsiyasi konsepsiyasi undan ancha farq qiladi. Bu yerda insonning rivojlanishi sifat ma’nosiga nisbatan tezroq miqdor ma’nosida ko‘rib chiqiladi. Hech qanday uning ontologik o‘zgarishi oliy ma’naviy mavjudot deb qarab chiqilmaydi. Endi tarix yo‘nalishlari masalasiga murojaat qilamiz.Albatta agar biz tarixda qandaydir ma’no mavjud deb faraz qilsak, Shu bilan biz tarixiy jarayonlarning ma’lum bir yo‘nalishlari borligini tan olamiz Bu yashirin ma’noni amalga oshirish tomon yo‘nalganligini anglaymiz. Shu bilan birga, ba’zi faylasuflar tarixning yo‘nalganligi to‘g‘risidagi masalani sal boshqacha qo‘ydilar. Mana shunday: tarixning rivojlanishi progressiv yoki regressiv yo‘nalishda bo‘ladi. Bu savol o‘tmishda to‘rtta asosiy javobni oldi. Tabiatda va jamiyatda hodisa va jarayonlarning doimiy doiraviy aylanishi sodir bo‘ladi. Hammasi ertami kech “o‘z qatoriga” qaytadi. Qadimgi hind va yunon faylasuflari shunday deb o‘ylaganlar. Jamiyat yuksalish (oltin asr) va emirilish (Temir yoki Qora, asr) davrlariga ega. Jamiyatning progressiv rivojlanishi mavjud – unga takomillashmagan holatdan yuqori takomillashgan holatga ko‘tarilishi. Bu fikr har xil dunyoqarash yo‘nalishidagi faylasuflar ishlarida uchraydi – Kondorse, Gerder, Gegel, Marks, Lenin, Blavatskaya, Rerix va boshqalar. Bu yerda tarixiy jarayonlarining mezonlari (ko‘rsatkichlari) to‘g‘risidagi masala katta ahamiyatga ega. Jamiyatning progressiv rivojlanganligini nima ko‘rsatadi? Eng ma’lum javoblar qo‘yidagicha. Insonning ma’naviy rivojlanishi (yetuklik, aql, axloqiy tamoyillar, ma’naviy kuchlar, ongning kengayishi). Inson erkinligining kengayishi. Tabiat kuchlarini egallash. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi. Yagona hamjamiyatga birlashish yo‘lida harakat qilish. 3. Tarixiy taraqqiyotning yagona yo‘li mavjud emas. XX asrda ba’zi G‘arb faylasuflari shunday deb o‘yladilar. Ular progress va regress – ikki o‘zaro bog‘liq tendensiyalar ekanligini qayd qildilar. Birdagi progress boshqada regressni ifodalaydi. Masalan, XX asrda fan va texnikaning rivolanishi (progress), hozirgacha tugatilmagan ekologik inqirozga (regress) aylandi. Umuman jamiyat tarixiy rivojlanishini qanday baholash mumkin, u progressivmi yoki regressiv? Bunday fikrlash ma’lum ma’noda so‘zsiz adolatlidir. Ammo, bu insoniyat tarixining umumiy yo‘nalishini aniqlash mumkin emas degani emas. 4. Jamiyatning regressiv rivojlanishi ham mavjud deb faraz qiluvchilar. Nemis faylasuflari Nitsshe va Shpenglerlar jamiyatning inqiroziga, salbiy ijtimoiy hodisalarning (madaniyatning, axloqning, huquqiy ongning, dinning va boshq.) ko‘payishiga ishongan holda, jamiyatning emirilish va regress foydasiga guvohlik beradilar. Shuni ham qayd qilish kerakki, bu nuqtayi nazarning vakillari, yemirilish davridan keyin, ma’lum sharoitlarda jamiyat tarixiy ko‘tarilishining yangi davri boshlanishini ham inkor qilmadilar. Ko‘pchilik hozirgi faylasuflar tarixda yo‘nalishlikning mavjudligini faraz qiladilar. Tarixiy progress ham mavjud. Shu bilan birga, real kuzatishlar insoniyat tarixining ziddiyatli rivolanishiga guvohlik beradi. Unda ham progressiv, ham regressiv tendensiyalar birga yashaydi. Agar inson va jamiyat tarixiy rivojlanishining qandaydir oliy ma’nosi bo‘lsa, unda u avtomatik amalga oshirilmay, har bir odamning faol zo‘r berishini talab qiladi. Download 44.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling