Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida
Download 318.62 Kb. Pdf ko'rish
|
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISh QOIDALARI 1-modda Ittifoqni ta’sis etish
Norasmiy tarjima PATENT KOOPERATSIYASI TO‘G‘RISIDA SHARTNOMA 1970-yil 19-iyun, Vashington (O‘zbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirdi) Ahdlashuvchi davlatlar, Fan va texnika taraqqiyotiga hissa qo‘shishni istagan holda, Ixtirolarning huquqiy jihatdan muhofaza qilinishini takomillashtirishga intilgan holda, Ixtirolarga muhofaza bir nechta mamlakatda so‘ralganda muhofaza olishni soddalashtirishga va tejamli qilishga intilgan holda, Yangi ixtirolarni tavsiflovchi hujjatlarda mavjud bo‘lgan texnik axborotdan jamoat foydalana olishini yengillashtirishga va jadallashtirishga intilgan holda, Rivojlanayotgan mamlakatlarda mavjud, milliy yoki mintaqaviy tizimlar bo‘lishidan qat’i nazar, ularning o‘ziga xos ehtiyojlariga javob beradigan mavjud texnik yechimlar to‘g‘risidagi axborotdan yanada tezda foydalana olishni ta’minlash hamda doimiy oshib boradigan zamonaviy texnik yutuqlardan foydalanishni yengillashtirish vositasida ixtirolarni muhofaza qilishning huquqiy tizimlari samaradorligini oshirishga mo‘ljallangan choralarni ko‘rish yo‘li bilan mazkur mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini rag‘batlantirish va jadallashtirishni istagan holda, Davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik ushbu maqsadlarga erishishda sezilarli darajada yordam berishiga qat’iy ishonch qilgan holda, ushbu Shartnomani tuzdilar. KIRISh QOIDALARI 1-modda Ittifoqni ta’sis etish (1) Ushbu Shartnomaning ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar (bundan buyon “Ahdlashuvchi davlatlar” deb nomlanadi) ixtirolarni muhofaza qilish uchun talabnomalar topshirish sohasida hamkorlik qilish, ular bo‘yicha izlash va ekspertiza o‘tkazish, shuningdek maxsus texnik xizmatlarni ko‘rsatish uchun Ittifoq tashkil qiladilar. Ushbu Ittifoq Xalqaro patent kooperatsiyasi ittifoqi deb nomlanadi. (2) Ushbu Shartnomaning hech bir qoidalari Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasida nazarda tutilgan huquqlarni, ushbu Konvensiya ishtirokchisi bo‘lgan davlatning har qanday fuqarosi yoki ushbu mamlakatda yashayotgan shaxs huquqlarini cheklash sifatida tushunmasligi kerak. Download 318.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling