Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


-modda Xalqaro izlash organi tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

17-modda
Xalqaro izlash organi tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil
(1) Xalqaro izlash organi tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil ushbu Shartnoma,
Yo‘riqnomaning va Xalqaro byuro ushbu Organ bilan mazkur Shartnoma va Yo‘riqnomaga muvofiq
tuzadigan kelishuvning qoidalari bilan belgilanadi.
(2) (a) Agar Xalqaro izlash organi:
(i) xalqaro talabnoma Yo‘riqnomaga muvofiq Xalqaro izlash organi xalqaro izlashni o‘tkazishi
shart bo‘lmagan obyektga taalluqli deb hisoblasa va mazkur holatda u bunday izlashni o‘tkazmaslik
haqida qaror qabul qilsa yoki
(ii) ixtiro tavsifi, ixtiro formulasi yoki chizmalar belgilangan talablarni to‘laqonli izlashni
o‘tkazish mumkin bo‘lmaydigan darajada qanoatlantirmasa, mazkur Organ bunday faktni
deklaratsiyada qayd etadi va talabnoma beruvchi hamda Xalqaro byuroni xalqaro izlash
to‘g‘risidagi hisobot tayyorlanmasligi haqida xabardor qiladi.
(b) Agar (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan vaziyatlardan istalgani faqat formulaning ayrim
bandlari munosabati bilan aniqlangan bo‘lsa, u holda xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobot bunday
bandlarga nisbatan tegishli mulohazani o‘z ichiga oladi, ayni vaqtda ixtironing boshqa bandlari
bo‘yicha mazkur hisobot 18-moddaga muvofiq tayyorlanadi.
(3) (a) Agar Xalqaro izlash organi xalqaro talabnoma Yo‘riqnoma bilan belgilangan ixtironing
birligi talabini qanoatlantirmaydi deb hisoblasa, u talabnoma beruvchiga qo‘shimcha bojlar
to‘lashni taklif qiladi. Xalqaro izlash organi xalqaro izlash to‘g‘risidagi hisobotni xalqaro
talabnomaning formulada birinchi bo‘lib qayd etilgan ixtiroga (“bosh ixtiro”) taalluqli qismlari
bo‘yicha, shuningdek talab qilingan qo‘shimcha bojlarni belgilangan muddatda to‘lanishi sharti
bilan xalqaro talabnomaning bunday bojlar to‘langan ixtirolarga taalluqli qismlari bo‘yicha
tayyorlaydi.
(b) Har qanday ko‘rsatilgan davlatning milliy qonunchiligi ushbu davlatning milliy idorasi
Xalqaro izlash organining (a) kichik bandida qayd etib o‘tilgan taklifini asosli deb topgan va
talabnoma beruvchi barcha qo‘shimcha bojlarni to‘lamagan taqdirda, agar talabnoma beruvchi
ushbu davlatning milliy idorasiga maxsus bojni to‘lamasa, xalqaro talabnomaning izlash
o‘tkazilmagan qismlari ushbu davlatda amal qilishiga nisbatan olib qo‘yilgan deb hisoblanishini
nazarda tutishi mumkin.



Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling