Mavzu: To’yinmagan bir asosli karbon kislotalar
Download 22.43 Kb.
|
inbound2676609785825058234
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. To’yinmagan kislotalar
Mavzu: To’yinmagan bir asosli karbon kislotalar Mavzu: To’yinmagan bir asosli karbon kislotalar Re’ja: KIRISH I. ASOSIY QISM 1.1. To’yinmagan karbon kislotalar 1.2. To’yinmagan monokarbon kislotalarning ayrim vakillari 1.3. Aromatik karbon kislotalar 1.4. Ishlatilishi va ahamiyati XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Kirish Tarkibida karboksil gurahi -COOH tutgan birikmalar karbon kislotalar deb ataladi. Karboksil guruhlar soniga ko‘ra bir asosli (monokarbon), ikki asosli (dikarbon) va ko‘p asosli (polikarbon) kislotalarga bo’linadi. Bir asosli to‘yingan karbon kislotalar (umumiy formulasi RCOOH, CnH2nO2 yoki CnH2n+1COOH) gomologik qatori chumoli kislotadan (HCOOH) boshlanadi. Kislotalarni lUPAC qoidasi bo‘yicha nomlashda ulaming tarixiy va ratsional nomlari ham ishlatiladi. Ilmiy nomenklaturada murakkab tarkibli kislotalar nomi tegishli uglevodorod nomiga kislota qo‘shimchasi qo‘shib hosil qilinadi: Tabiatda karbon kislotalar erkin holda yoki murakkab efirlar, yog‘lar va h. ko‘rinishlarida uchraydi. Ularni sintez qilishning bir necha usullari mavjud. Aromatik kislotalarda karboksil guruh bevosita aromatik halqaga bog’langan. Ularni dastlabki vakili benzoy kislota odatda toluoldan sintez qilib olinadi. Agar karbon kislota molekulasi tarkibida to’yinmagan bog’ mavjud bo’lsa bunday moddalar to’yin toyinmagan karbon kislotalar deyiladi. Karbon kislota tarkibida aromatik xalqa mavjud bo’lsa aromatik karbon kislotalar deb ataladi. 1.1. To’yinmagan kislotalar Tarkibida qo‘sh bog‘ va uch bog‘ tutgan karbon kislotalar to‘yinmagan karbon kislotalarga kiradi. To‘yinmagan kislotalar ratsional va halqaro nomenklaturalar asosida nomlanadi: CH2=CH-COOH propen kislota, akril kislota. CH3-CH=CH-COOH buten-2 kislota, kroton yoki β-metilakril kislota CH2=C(CH3)-COOH 2-metilpropen kislota, metakril kislota yoki α-metilakril kislota. Tarkibida ikkita karboksil guruh va qo‘sh bog‘ yoki uch bog‘ bo‘lgan kislotalar to‘yinmagan dikarbon kislotalar deyiladi. To‘yinmagan ikki asosli kislotalar sis-trans shaklidagi fazoviy izomerlar hosil qiladi. Bunday kislotalarga misol qilib malein va fumar kislotalarni ko‘rsatish mumkin. Fumar kislota-xlorqahrabo kislotasiga ishqorning spirtli eritmasi ta’sir ettirib olinadi. Olma kislotasi sulfat kislotasi bilan yuqori haroratda qizdirilsa, fumar va malein kislotalari aralashmasi hosil bo‘ladi:
Tarkibida aromatik xalqa saqlagan kislotalar ham to’yinmagan kislotalarga misol qilib keltirishimiz mumkin: Qo‘sh bоg‘(lar)i karbоksil guruhdan uzоqda jоylashgan to‘yinmagan karbоn kislоtalarning muhim vakillari оlein, linоl va linоlein kislоtalarni kiritish mumkin. Download 22.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling