Patent kooperatsiyasi to‘G‘risida


Download 318.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/36
Sana26.10.2023
Hajmi318.62 Kb.
#1725684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
19.06.1970. Patent kooperatsiyasi to‘g‘risida

5-modda
Ixtiro tavsifi
Tavsif ixtiro ushbu sohadagi mutaxassis tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lishi uchun
ixtironi yetarli darajada aniq va to‘liq ochib berishi kerak.


6-modda
Ixtiro formulasi
Ixtiro formulasining bandi yoki bandlari muhofaza so‘ralayotgan obyektni aniqlashi kerak.
Ixtiro formulasining bandlari ravshan va aniq bo‘lishi kerak. Ular ixtiro tavsifi bilan to‘liq asoslanishi
kerak.
7-modda
Chizmalar
(1) Chizmalar (2)(ii)-bandining qoidalarini inobatga olgan holda, ular ixtironi tushunish uchun
zarur bo‘lganda taqdim etiladi.
(2) Agar chizmalar ixtironi tushunish uchun zarur bo‘lmasa, ammo ixtiro tabiati chizmalar
ko‘rinishidagi rasmlarga yo‘l qo‘ysa:
(i) talabnoma beruvchi bunday chizmalarni xalqaro talabnomaga uni berish chog‘ida
qo‘shishi mumkin;
(ii) har qanday ko‘rsatilgan idora talabnoma beruvchi bunday chizmalarni belgilangan
muddatda taqdim etishini talab qilishi mumkin.
8-modda
Ustuvorlikni da’vo qilish
(1) Xalqaro talabnoma Yo‘riqnomada belgilangan tartibda Sanoat mulkini muhofaza qilishga
doir Parij konvensiyasining ishtirokchisi bo‘lgan har qanday davlatga yoki har qanday bunday
davlatga nisbatan berilgan bitta yoki ilgarigi bir nechta talabnomaning ustuvorligi to‘g‘risida arizani
ichiga olishi mumkin.
(2) (a) (1)-bandiga muvofiq bayon qilingan ustuvorlikka har qanday da’voning shartlari va
oqibatlari (b) kichik bandi qoidalarini inobatga olgan holda Sanoat mulkini muhofaza qilishga doir
Parij konvensiyasining Stokgolm Hujjatining 4-moddasida nazarda tutilgani kabi bo‘lishi kerak.
(b) Ahdlashuvchi davlatga yoki bunday davlatga nisbatan berilgan bitta yoki ilgarigi bir
nechta talabnomaning ustuvorligi so‘ralayotgan xalqaro talabnoma ushbu davlat ko‘rsatilishini
ichiga olishi mumkin. Agar xalqaro talabnoma biror-bir ko‘rsatilgan davlatga yoki bunday davlatga
nisbatan berilgan bitta yoki bir nechta milliy talabnoma ustuvorligi so‘ralayotgan bo‘lsa yoki faqat
bitta davlat ko‘rsatilgan boshqa xalqaro talabnomaning ustuvorligi so‘ralayotgan bo‘lsa, ushbu
davlatda ustuvorlikka da’vo shartlari va oqibatlari uning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadi.

Download 318.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling